Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 03.02.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish, yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni to‘plash hamda o‘zaro almashishning respublika hududida yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom “Davlat statistikasi to‘g‘risida” va “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni to‘plash hamda o‘zaro almashishning yagona tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
idoraviy statistik hisobga olish ushbu Nizomning 6-bandi “b”, “v”, “g” va “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan tegishli davlat yong‘in nazorati hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi va sodir bo‘lgan yong‘inlar haqidagi ma’lumotlar belgilangan shaklda ular tomonidan har oyning 10-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.
har yilda — mazkur Nizomning 6-bandi “g” va “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan vakolatli organlar tomonidan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hollardan tashqari, barcha yong‘inlar, ularning qayerda sodir bo‘lganidan, kelib chiqish sababidan va oqibatidan qat’i nazar hisobga olinadi.
9. Ushbu Nizomning 8-bandida sanab o‘tilgan holatlar yonishning boshqa obyektlarga tarqalishiga olib kelsa va uning oqibatida odamlarning tan jarohati olishi, halok bo‘lishiga, yoxud moddiy boyliklarning nobud bo‘lishi yoki shikastlanishiga olib kelsa to‘liq hisobga olinadi. Boshqa hollarda esa, ushbu Nizomning 8-bandi “j” kichik bandidan tashqari, barcha holatlar va ularning oqibatlari ko‘ngilsiz hodisa deb hisoblanadi va tegishli organlar tomonidan belgilangan tartibda tekshirish ishlari olib boriladi va hisobga olinadi.
14. Yong‘inda halok bo‘lganlarni va tan jarohati olganlarni ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan vakolatli organlar, yong‘inni tekshirish bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga hamda tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan ma’lumotlarga asosan hisobga oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan organlar, tibbiyot muassasalarining mansabdor shaxslari va sug‘urtalovchilar yong‘inlar to‘liq va to‘g‘ri hisobga olinishi hamda hisobot ma’lumotlari o‘z vaqtida taqdim etilishi va ularning haqqoniyligi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Ushbu Nizomning 6-bandi “g” va “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘zlariga qarashli obyektlar va tashkilotlarda sodir bo‘lgan yong‘inlar hisobi yuritilishini nazorat qiladilar.
29. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan subyektlarning mansabdor shaxslari tomonidan statistik ma’lumotlar noto‘g‘ri berilganligi va (yoki) ularni taqdim etish tartibi buzilganligi aniqlansa, aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun zarur choralar ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi