Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023
Hujjat 05.12.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
1. Xo‘jalik sudlarining e’tibori O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) 3-moddasiga muvofiq xo‘jalik sudida sud ishlarini yuritish vazifalari bo‘lib nafaqat iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, balki qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashishdan ham iborat ekanligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. XPK 152-moddasining birinchi qismiga muvofiq xo‘jalik sudi nizoni ko‘rish vaqtida tashkilotlar, davlat organi va boshqa organ, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda xususiy ajrim chiqarishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga sudlar nazarda tutishlari kerakki, ushbu Farmon bunday choralarni qo‘llashning protsessual qoidalarini belgilamaydi, uni qo‘llash qoidalari esa tegishli qonunlar (Xo‘jalik protsessual, Fuqarolik, Mehnat, Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks)ga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Shundan kelib chiqib, Farmonda sanab o‘tilgan vakolatlarni amalga oshirishda sudlar ushbu qonunlarni qo‘llashlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
5. XPK 14-moddasining birinchi qismiga muvofiq xo‘jalik sudi hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrug‘i shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi. Sudlar xususiy ajrim ajrimlarning turlaridan biri hisoblanishi hamda unga ushbu modda ikkinchi qismining sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiyligi haqidagi talablari joriy etilishini inobatga olishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mansabdor shaxsni intizomiy javobgarlikka tortish har qanday boshqa xodim kabi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (bundan buyon matnda MK deb yuritiladi) XI bobining normalariga muvofiq yoki xalq xo‘jaligining ba’zi tarmoqlarida ayrim toifadagi xodimlar uchun amalda bo‘lgan intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7.1. MK 198-moddasining birinchi qismiga muvofiq xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashi shart.
MK 198-moddasining uchinchi qismi xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar uchun ham, ish beruvchi boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni to‘lashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javobgar bo‘lishini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8.1. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) 242, 245-1-moddalariga muvofiq xo‘jalik sudlari nizolarni hal etish chog‘ida ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda qayd etilgan Kodeks 175-moddasining uchinchi qismida, 176-1, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
8.2. MJtK 175-moddasining uchinchi qismida, 176-1-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
MJtK 175-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun ma’muriy javobgarlikka xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, kassa operatsiyalarini yuritish va to‘lov intizomiga rioya etilishini, shu jumladan soliq organlarining inkasso topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash vazifalari yuklangan mansabdor shaxslari tortilishi mumkin. Bunday mansabdor shaxslarga xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari, bosh hisobchisi yoki ustav, mehnat shartnomasi yoxud rahbarning farmoyishi bilan ushbu vazifalarni bajarish yuklatilgan boshqa mansabdor shaxslar kiradi.
MJtK 176-1-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun ma’muriy javobgarlikka xo‘jalik yurituvchi subyektlarning to‘lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash vazifalari yuklatilgan mansabdor shaxslari ham, tovarlar berish va xizmatlar ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar ham tortilishi mumkin. Ushbu huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortishning majburiy sharti bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan shartnoma majburiyatlarining lozim darajada bajarilmaslik holatining o‘zi emas, balki bunday bajarmaslik (lozim darajada bajarmaslik) oqibatida mulkiy zarar yetkazilishi hisoblanadi.
Bunda nazarda tutish kerakki, paxta xomashyosini sotib olish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektga mulkiy zarar yetkazish holatlari yuzasidan MJtKning 176-1-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar MJtKning 245-2-moddasiga muvofiq adliya organlari tomonidan MJtKning 282-moddasida belgilangan tartibda tuzilgan va xo‘jalik sudlariga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalarga asosan xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar aniqnangan zarar qayd etilgan miqdordan oshsa, u MJtK 38-moddasining uchinchi qismiga muvofiq fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida qoplanadi, bu haqda xo‘jalik sudi jabrlanuvchiga zarur tushuntirishlarni berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8.4. MJtKning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklardir.
Bunda shaxs tomonidan MJtKning 180-moddasida nazarda tutilgan shakllarda sudga hurmatsizlik qilingan holda, ushbu holat sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi va aybdorni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror huquqbuzarlik sodir etilgan sud jarayoni bosqichida chiqariladi. Xo‘jalik ishining keyingi ko‘rilishi umumiy tartibda davom etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8.5. MJtKning 181-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlikka faqat sudning qonuniy kuchga kirgan xususiy ajrimi yuborilgan mansabdor shaxs, qachonki xususiy ajrim u tomonidan qabul qilinib, ko‘rmasdan qoldirilgan (ko‘rsatilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmagan) yoxud unga o‘z vaqtida javob berilmagan bo‘lsagina, tortilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8.6. XPK aybdor shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish tartibini belgilovchi normalarni o‘z ichiga olmaganligi sababli, u xo‘jalik sudi tomonidan MJtKda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish MJtKning XIX, XXII, XXIII boblari, ma’muriy jazo qo‘llanilishi esa — shu Kodeksning IV bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
8.7. Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsga MJtKning 294-moddasida nazarda tutilgan barcha huquqlar ta’minlanishi kerak.
8.8. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish bayonnomasi MJtKning 308-moddasida belgilangan qoidalar bo‘yicha tuziladi. MJtKning 180-moddasida nazarda tutilgan sudga hurmatsizlik qilish shaklida namoyon bo‘lgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish ushbu qoidadan mustasno hisoblanadi. Bunday holda ushbu holat sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi va aybdorni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror huquqbuzarlik sodir etilgan sud protsessi bosqichida chiqariladi.
8.10. MJtK 315-moddasining birinchi qismiga muvofiq iqtisodiy sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan IPKda belgilangan tartibda shikoyat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8.11. MJtK 317-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq xo‘jalik sudining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan XPKda belgilangan tartibda protest keltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8.14. MJtKning 275-moddasida nazarda tutilgan prokuror vakolatlarini ta’minlash maqsadida xo‘jalik sudi ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qarorning nusxasini u qabul qilingan kundan boshlab besh kunlik muddat ichida tegishli prokurorga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. XPK 152-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, agar sud xo‘jalik nizosini ko‘rayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. XPK xususiy ajrim chiqarilishi mumkin bo‘lgan aniq paytni belgilamaydi, shuning uchun u xo‘jalik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va xo‘jalik sudining har qanday instansiyasida chiqarilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10.3. Xususiy ajrim shakli va mazmuni bo‘yicha XPKning 151-moddasi talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish bilan bog‘liq bo‘lgan xususiy ajrimlarni chiqarishda tegishli kodekslarda (MJtK) nazarda tutilgan bunday protsessual hujjatlarning shakliga nisbatan qo‘yilayotgan talablar inobatga olinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi