Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
ITALIYA RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIKNI YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi o‘rtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi

Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 22.02.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi

T/r

Maqsadi

Tadbirlar

Muddatlari

Bajaruvchilar

I. Siyosiy soha

1.1

Siyosiy-diplomatik munosabatlarni faollashtirish

1.1.1. Elchining bo‘sh lavozimini to‘ldirish va qo‘shimcha ikkinchi kotib shtat birligini joriy etish hisobiga O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasini (Rim shahri) kuchaytirish

2007-yil I yarim yilligi

Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati

1.1.2. Italiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari J.Vernyettining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, O‘zbekiston va Italiya tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish

2007-yil I yarim yilligi

Tashqi ishlar vazirligi

1.1.3. O‘zbekiston va Italiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnomani tayyorlash va imzolash

2007-yil

Tashqi ishlar vazirligi

1.2

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish

1.2.1. Italiya tomoni bilan kelishgan holda “O‘zbekiston-Italiya” parlamentlararo hamkorlik guruhini tuzish va delegatsiyalar ayirboshlanishini tashkil etish

2007-yil

Tashqi ishlar vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv bo‘yicha)

1.2.2. “Italiya-O‘zbekiston” do‘stlik va hamkorlik uyushmasi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga, “O‘zbekiston-Italiya” do‘stlik jamiyati delegatsiyasining Italiyaga tashrifini tashkil etish

2007-yil

Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi

II. Xavfsizlik sohasi

2.1

Xalqaro terrorizmga, diniy ekstremizmga, giyohvand moddalar aylanishiga va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish

2.2.1. Italiya Ichki ishlar vazirligining Giyohvand moddalarga qarshi kurashish markaziy boshqarmasi boshlig‘i K.Gualdining O‘zbekistonga amaliy tashrifini tashkil etish

2007-yil I yarim yilligi

Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi

2.1.2. Italiyaning mafiyaga qarshi kurash olib borish Milliy prokuraturasining taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi delegatsiyasining javob tashrifini amalga oshirish

2007-yil II yarim yilligi

Bosh prokuratura, Tashqi ishlar vazirligi

III. Iqtisodiy hamkorlik sohasi

3.1

Institutsional hamkorlikni rivojlantirish

3.1.1. Toshkentda savdo, iqtisodiy va sanoat hamkorligi va eksport kreditlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Italiya hukumatlararo ishchi guruhning 3-majlisini o‘tkazish

2007-yil aprel-may

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda

3.1.2. O‘zbekistonning umumta’lim maktablari, akademik litseylari va kasb-hunar kollejlarini qurish va ularni jihozlash uchun Italiya hukumatining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etish masalasini ishlab chiqish

2007-yil

Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’lim� vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

3.2

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini mustahkamlash

3.2.1. “O‘zstandart” agentligi bilan Italiyaning tegishli milliy organi o‘rtasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash va akkreditatsiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni imzolashga tayyorlash

2007-2008-yillar

Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zstandart” agentligi

3.2.2. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Italiyaning “Yunionkamera” Savdo-sanoat palatasi uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashga tayyorlash

2007-yil

Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi

3.3

Savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini kengaytirish

3.3.1. Italiyaning “Konfindustriya” sanoatchilar va ishlab chiqaruvchilar konfederatsiyasi shafeligi ostida O‘zbekiston va Italiyaning ishbilarmon doiralari ishtirokida iqtisodiy forum va kooperatsiya birjasi o‘tkazish

2007-yil II yarim yilligi

Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

3.3.2. Italiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotiga, eng avvalo qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, tikuv, charm-mo‘yna va poyabzal sanoati, elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari va xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish singari tarmoqlarga jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. O‘zbekistonga mashina va asbob-uskunalar yetkazib berish uchun Italiya banklarining kredit liniyalari SAChE tomonidan sug‘urta qoplamasi ostiga olinishini ta’minlash

2007-2008-yillar

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda

3.3.3. Italiyaning ko‘p shoxobchali distribyuterlik tarmog‘iga ega bo‘lgan yirik eksport-import kompaniyalari va savdo uylari bilan aloqalar o‘rnatish

2006 — 2008-yillar

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

3.4

Kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish

3.4.1. Eksport mahsulotni standartlashtirish va sertifikatsiyalash va boshqalar sohasida menejyerlar, mutaxassislarning malakasini oshirish sohasida Italiya bilan texnik hamkorlikni rivojlantirish

2007-2008-yillar

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda

IV. Madaniy-gumanitar hamkorlik

4.1

Madaniy-gumanitar sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish

4.1.1. 2006 — 2010-yillarda O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasida madaniy va ilmiy hamkorlik hukumatlararo dasturini amalga oshirish

2006 — 2010-yillar

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

4.1.2. Orol dengizi muammosi bo‘yicha Italiyaning Vazirliklararo komissiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish

2007-yil I yarim yilligi

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

4.1.3. Italiyada O‘zbekistonning tarixi va zamonaviy hayoti to‘g‘risida foto-ko‘rgazma o‘tkazish

2007-yil

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent rasmlar uyi

4.2

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohas�da dasturlarni amalga oshirishga Italiyaning tegishli tashkilotlari va muassasalarini jalb etish

4.2.1. Italiyaning jarrohlik, onkologiya, onalik va bolalikni muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish, sanitariya-epidemiologiya nazorati sohasida ixtisoslashgan muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish

2007-2008-yillar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

4.2.2. “Sog‘lom avlod uchun”, “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armalari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan Italiyaning tegishli tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish

2006 — 2008-yillar

“Sog‘lom avlod uchun”, “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armalari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi

4.3

Turizm sohasidagi hamkorlikni faollashtirish

4.3.1. Mehmonxonalar qurish va ulardan foydalanish hamda ularning menejmenti sohasida ixtisoslashayotgan Italiya investorlarini jalb etish

2007-2008-yillar

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi

4.4

O‘zbekiston va Italiya mintaqalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish

4.4.1. Samarqand viloyati bilan Umbriya mintaqasi, shuningdek Buxoro viloyati bilan Toskana mintaqasi o‘rtasida sheriklik aloqalari o‘rnatish

2007-yil

Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari, Tashqi ishlar vazirligi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi