Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 27.03.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat № 1232, 15.04.2003y.) shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi shaharlari va aholi yashaydigan punktlarida uy-joy fondini saqlash, ta’mirlash va kommunal xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni to‘lash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi buyruqqa (ro‘yxat № 1173-1, 01.08.2003-y.) qarang.

Shaxslar toifalari ro‘yxati

Oylik kompensatsiya to‘lovlari mikdori (eng kam ish haqiga nisbatan % hisobida)

1. Barcha turdagi umumiy ta’lim maktablarining pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan o‘qituvchilari, direktorlari, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tarbiyachilari, konsertmeysterlari. 45
2. Akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari, direktorlari, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, ishlab chiqarish ta’limi ustozlari, psixologlari, uslubiyotchilari, konsertmeysterlari.45
3. “Mehribonlik uylari”ning pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachilari, direktorlari, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, psixologlari.45
4. Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-bolalar bog‘chalarining pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan tarbiyachilari, o‘qituvchilari, mudirlari, direktorlari, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, psixologlari.45
5. Maktabdan tashqari bolalar muassasalarining pedagogik ma’lumotga yoki trenerlik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilari, tarbiyachilari, trener-o‘qituvchilari, direktorlari, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, yo‘riqchi-uslubiyotchilari, konsertmeysterlari.45
6. Oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilar tarkibi, rektorlari, ta’lim, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari, filiallarning direktorlari hamda direktorning ta’lim, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, ilmiy kotiblari, ishlab chiqarish ta’limi ustozlari, hisoblash markazlarining boshliqlari va muhandislari.45
7. Ushbu ro‘yxatning 1—6-banlarida ko‘rsatilgan, kamida 10 yil pedagogik va ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar toifalariga mansub pensionerlar.45
8. Qishloq joylarda va ishchilar shaharchalarida ishlovchi shifokorlar, provizorlar, o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari. Shu sohada kamida 10 yil ish stajiga ega bo‘lgan mazkur toifalardagi shaxslarga mansub pensionerlar.45
9. O‘zgalar qaramog‘iga muxtoj bo‘lgan yolg‘iz pensionerlar.45
10. 1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi nogironlari, qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar.45
11. Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va Shuhrat ordenlarining uchala darajalari bilan mukofotlangan shaxslar. Fashistlar konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan tutqunlari, Leningrad shahri blokadasi davrida ishlagan fuqarolar, ko‘zi ojiz I guruh nogironlari, Chernobil halokati oqibatida ziyon ko‘rgan fuqarolar, yadro poligonlarida va boshqa yadroviy-radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.45
12. 1941—1945-yillar Ikkinchi jahon urushi davridagi mehnat fronti qatnashchilari.18
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi