Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2004-yil 10-iyuldagi 323-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 28-son, 321-modda), “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2007-yil 5-fevraldagi 26-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 4 — 6-son, 47-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi “Tog‘kontexnazorat”ning 1996-yil 12-dekabrdagi va Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining 1996-yil 25-noyabrdagi 84-son qarori (ro‘yxat raqami 304, 1997-yil 29-yanvar) bilan tasdiqlangan Geologiya-qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalariga ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi