Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 11.11.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Ushbu qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun hududiy futbol federatsiyalari prezidentlari hisoblangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek mas’ul ijrochilar — respublika vazirliklari, idoralari va xo‘jalik birlashmalarining rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. O‘zbekiston oliy liga professional futbol klublari tomonidan 3-ilovaga* muvofiq respublika korxonalari va tashkilotlari bilan bosh homiylik to‘g‘risida bitimlar tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatiMoliyalashtirish manbalariMas’ul bajaruvchilar
I. Respublika shaharlarida faoliyat ko‘rsatayotgan stadionlarning, professional futbol klublari huzuridagi bolalar va o‘smirlar maktablari sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, rekonstruksiya qilish, yangi stadionlar qurish, ularni zarur uskunalar va tegishli infratuzilma bilan ta’minlash
1.“Dinamo” stadionini rekonstruksiya qilish (Samarqand shahri)2011-yil sentyabrHomiylar va mahalliy budjet mablag‘lariSamarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi
2.“Buxoro” stadionini rekonstruksiya qilish (Buxoro shahri)2012-yil martHomiylar va mahalliy budjet mablag‘lariBuxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi
3.“Farg‘ona” stadionini rekonstruksiya qilish (Farg‘ona shahri)2012-yil martHomiylar va mahalliy budjet mablag‘lariFarg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi
4.“Markaziy” stadionini rekonstruksiya qilish (Namangan shahri)2012-yil martHomiylar va mahalliy budjet mablag‘lariNamangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi
5.“Lokomotiv” stadionini qurish (Toshkent shahri)2011-yil sentyabr“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, homiylar va mahalliy budjet mablag‘lari“O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi
6.“Bunyodkor” stadionini qurish (Toshkent shahri)2011-yil sentyabrHomiylar va mahalliy budjet mablag‘lariToshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi, “O‘ztransgaz” AK
7.Bekobod shahrida stadion qurish2013-yil mart“O‘zmetkombinat” AIChB, homiylar va mahalliy budjet mablag‘lari“O‘zmetkombinat” AIChB, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi
8.Olmaliq shahrida stadion qurish2013-yil mart“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ, homiylar va mahalliy budjet mablag‘lari“Olmaliq kon- metallurgiya kombinati” OAJ, Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi
9.“Paxtakor” futbol klubi huzuridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktabining sport inshootlarini rekonstruksiya qilish (Toshkent shahri)2011-yil sentyabrHomiylar va mahalliy budjet mablag‘lari, O‘zbekiston futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Andijon, Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari
10.“Navbahor” futbol klubi huzuridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktabining sport inshootlarini rekonstruksiya qilish (Namangan shahri)2011-yil sentyabr
11.“Andijon” futbol klubi huzuridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktabining sport inshootlarini rekonstruksiya qilish2011-yil dekabr
12.“Dinamo” futbol klubi huzuridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktabining sport inshootlarini rekonstruksiya qilish (Pastdarg‘om tumani)2011-yil mart
13.Professional futbol klublari huzuridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktablarini zarur anjomlar va uskunalar bilan jihozlash, tegishli infratuzilmani yaratish.Jadval bo‘yichaO‘zbekiston futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiO‘zbekiston Futbol federatsiyasi
14.Professional futbol klublari stadionlari va infratuzilmasini tegishli holatga keltirish hamda ularning xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashDoimiyHomiylar va mahalliy budjet mablag‘lariQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi
15.Futbol bo‘yicha terma jamoalarning o‘quv-mashq mashg‘ulotlari va o‘yinlarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Futbol federatsiyasi buyurtmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Jar” sport-sog‘lomlashtirish kompleksining futbol stadioni, mashq maydoni va binosini ijara to‘lovisiz foydalanishga berishO‘zbekiston Futbol federatsiyasining taqvim rejasi bo‘yichaO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi
16.Ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda futbolchilar, murabbiylar va hakamlarning jismoniy holati va ma’naviy-ruhiy tayyorligi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Futbol federatsiyasi qoshidagi “Futbol-MED” sho‘ba korxonasini eng yangi zamonaviy uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlash.DoimiyO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi
II. Bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish hamda futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va professional futbol klublari huzuridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktablari ishi samaradorligini oshirish
17.Futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va professional futbol klublari huzuridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktablari ishi samaradorligi ustidan tizimli monitoring olib borish hamda ularning negizida o‘smirlar va yoshlar jamoalariga nomzodlar, shuningdek professional klublar va O‘zbekiston terma jamoalari uchun zaxira tayyorlash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.O‘quv yili yakunlari bo‘yichaO‘zbekiston F�tbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institu�i, maktablar direksiyalari
18.Qarshi shahrida futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil qilish.2011-yil iyunHomiylar va mahalliy budjet mablag‘lariQashqadaryo viloyati va Qarshi shahri hokimliklari, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi
19.Respublikaning barcha mintaqalaridan yosh iqtidorli futbolchilarni tanlash va ular seleksiyasining ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish2011-yil fevralO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti
20.Olimpiya zaxiralari kollejlari va professional futbol klublari huzuridagi futbol maktablari o‘quvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha respublika turnirini tashkil etish va o‘tkazishHar yili — jadval bo‘yichaMadaniyat va sport ishlari vazirligi, hududiy futbol federatsiyalari mablag‘lariMadaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi, hududiy futbol federatsiyalari
21.Respublika umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida futbol bo‘yicha turnirlar tashkil etish va o‘tkazishHududiy futbol federatsiyalari taqvim jadvali bo‘yichaMahalliy budjetlar va ta’lim muassasalari mablag‘lariXalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hududiy futbol federatsiyalari, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi,
III. Malakali trenyerlar, hakamlar, sport vrachlari va boshqa futbol mutaxassislarini tayyorlash
22.O‘zbekiston Futbol federatsiyasi qoshidagi “Futbol-MED” sho‘ba korxonasida futbolchi va trenyerlarni funksional tekshirishdan o‘tkazish va zarur tavsiyalar ishlab chiqish.Har yili — jadval bo‘yichaO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi
23.Milliy, olimpiya, yoshlar va ayollar terma jamoalarining texnik direktori va maslahatchi trenyerlari lavozimiga xorijiy mutaxassislarni tanlash mezonlarini ishlab chiqish va amalga oshirishIshlab chiqish — 2011-yil iyul, amalga oshirish — doimiyO‘zbekiston Futbol federatsiyasi va O‘zbekiston futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi
24.Bolalar va o‘smirlar futboli trenyerlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, professional klublar trenyerlari uchun “S”, “V”, “A” sertifikatlari dasturi bo‘yicha Osiyo futbol konfederatsiyasining xalqaro trenerlik kurslarini o‘tkazishOsiyo futbol konfederatsiyasining (OFK) taqvim rejasi bo‘yichaOsiyo futbol konfederatsiyasi va O‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Futbol bo‘yicha trener va hakamlar respublika maktabi
25.�IFA instruktorlarini jalb etgan holda “PRO” diplomi va “FUTURO III” Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi dasturlari bo‘yicha xalqaro trenerlik kurslari o‘tkazishXalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi (FIFA) taqvim rejasi bo‘yichaXalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi (FIFA) mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Futbol bo‘yicha trener va hakamlar respublika maktabi
26.Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi, Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi va Osiyo futbol konfederatsiyasi mutaxassislarini taklif etgan holda futbolchilarni jismoniy tomondan tayyorlash bo‘yicha instruktorlar uchun kurslar o‘tkazishO‘zbekiston Futbol federatsiyasi taqvim rejasi bo‘yichaO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Futbol bo‘yicha trener va hakamlar respublika maktabi
27.Trenyerlar shtablarini shakllantirish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari faoliyati ustidan nazoratni ta’minlash, O‘zbekiston terma jamoalarini tayyorlash markazining kadrlar tarkibini mustahkamlash maqsadida texnik direktor va maslahatchi trenyerlar lavozimiga xorijiy mutaxassislarni taklif etishDoimiyO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi
28.Professional futbol klublari, futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va professional klublar huzuridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktablarining tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish.Jadval bo‘yichaO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, hududiy futbol federatsiyalari
29.Professional futbol klublari, professional futbol klublari huzuridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktablari va terma jamoalar trenyerlari hamda boshqa mutaxassislarining yetakchi xorijiy futbol klublarida, Futbol akademiyalari va terma jamoalarida tajriba orttirishlarini tashkil etish.O‘zbekiston Futbol federatsiyasi taqvim rejasi bo‘yichaO‘zbekiston Futbol federatsiyasi va O‘zbekiston futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi
30.Futbol bo‘yicha trener va hakamlar respublika maktabida o‘qitish maqsadida yosh istiqbolli hakamlarni tanlash tartibini takomillashtirish.DoimiyO‘zbekiston Futbol federatsiyasi
31.Osiyo va Yevropadan yetakchi mutaxassislarni taklif etgan holda futbol bo‘yicha hakamlar va inspektor hakamlar malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish.O‘zbekiston Futbol federatsiyasi taqvim rejasi bo‘yichaO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi
32.O‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Osiyo futbol konfederatsiyasi, Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi talablariga muvofiq professional futbol klublari, futbol bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar hamda professional futbol klublari huzuridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktablari xodimlarining egallab turgan lavozimlariga muvofiqligini attestatsiya asosida naz�rat qilish.DoimiyO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, hududiy futbol federatsiyalari
33.Hakamlar brigadalarini eng yangi so‘zlashuv-aloqa vositalari va zamonaviy texnika bilan ta’minlash (bahsli vaziyatlarni �ezkor hal etish va futbol o‘yinlariga hakamlikni tahlil qilish maqsadida).2012-yil yanvar oyidan boshlabO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi
34.Etakchi xorijiy mutaxassislarni taklif etgan holda futbol bo‘yicha har yilgi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish.O‘zbekiston Futbol federatsiyasi taqvim rejasi bo‘yichaO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Futbol bo‘yicha trener va hakamlar respublika maktabi
IV. Mamlakatimiz futboli to‘g‘risidagi axborotlarni yetkazish va targ‘ib qilishni yanada takomillashtirish, malakali jurnalistlar, sharhlovchilar, rejissor va teleoperator kadrlarni tayyorlash
35.Maktab-internatlari, bolalar va o‘smirlar maktablari, professional futbol klublari va O‘zbekiston terma jamoalarining sport belgilarini (ramzi, o‘yinchilar formalari va shu kabilarni) yaratish, shuningdek, ularni amalga oshirish tadbirlari rejasini ishlab chiqish.2011-yil 1-mart — eskizlar va tadbirlar bo‘yicha takliflar tayyorlashO‘zbekiston Futbol federatsiyasi va professional futbol klublari mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, professional futbol klublari
36.Davlat tilida, rus va ingliz tillarida “O‘zbekiston futboli” — (“Futbol Uzbekistana”) jurnalini ta’sis etish.2011-yil I choragiBajaruvchilar mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi va boshqalar
37.Etakchi ommaviy axborot vositalari va bosma nashrlar bilan birgalikda mamlakatda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni, ushbu yo‘nalishda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.2011-yil I chorak — ishlab chiqish, amalga oshirish — jadval bo‘yichaO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, O‘zA, O‘zMTRK, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, hududiy futbol federatsiyalari
38.O‘zbekiston futbolini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan taniqli sportchilar va mutaxassislarning fikr-mulohazalaridan iborat bo‘lgan materiallarni muntazam chop etishni ta’minlash, ular bilan suhbatlar va musobaqalar tashkil etish, shuningdek O‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Professional futbol ligasi faoliyatini doimiy ravishda yoritish.2011-yil I chorak — ishlab chiqish, amalga oshirish — jadval bo‘yichaO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, O‘zA, gazetalar va “O‘zbekiston futboli” — (“Futbol Uzbekistana”) jurnali tahririyatlari, hududiy futbol federatsiyalari
39.Gazetalar, jurnallar va Internet-saytlarda milliy futbolimiz yutuqlari va kamchiliklariga, uning istiqbollariga bag‘ishlangan futbol mavzuidagi materiallarni chop etish, “Futbol-jasurlar o‘yini”, “Futbolimiz qahramonlari”, “Futbolimiz faxriylari”, “Iste’dodli futbolchilar”, “Futbolimiz yulduzlari”, “Futbolimiz kelajagi” kabi maxsus ruknlar tashkil etish, yosh avlodni sog‘lom turmush tarzi va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan tahliliy maqolalar chop etish.DoimiyO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, hududiy futbol federatsiyalari, O‘zA, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, gazeta-jurnallar tahririyatlari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi
40.Sport internet-jurnalistikasini qo‘llab-quvvatlash, vatanimiz futbolini targ‘ib qilishga ixtisoslashgan faoliyat ko‘rsatib turgan va yangidan ochilayotgan veb-saytlarni moddiy rag‘batlantirish.DoimiyO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
41.Maktablar, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, mahallalar, qishloqlar va ovullar stadionlarida o‘tkazilayotgan futbol turnirlarini bolalar va yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish.Turnirlar jadvali bo‘yichaO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbeki�ton MTRK
42.“Sport” telekanali va “Mash’al” radiokanalining tahliliy ko‘rsatuvlari va eshittirishlari mavzulari va sifatini taniqli futbolchilar, bolalar sporti trenyerlari va mutaxassislari, yetakchi hakamlar, shuningdek, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi va Professional futbol ligasi vakillari ishtirokida tubdan yaxshilash.2011-yil I choragi — takliflar ishlab chiqish, amalga oshirish — jadval bo‘yichaO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston MTRK, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
43.Oliy liga futbol klublari stadionlarida radio va telesharhlovchilar uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil etish, futbol o‘yinlari televideniye va Internet orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatilishini ta’minlash. Birinchi ligada va viloyat birinchiliklarida qatnashayotgan jamoalar stadionlarida ham shunday sharoitlarni bosqichma-bosqich yaratib borish.2011-yil I choragi — takliflar ishlab chiqish, amalga oshirish — jadval bo‘yichaBajaruvchilar, mahalliy budjetlar va homiylar mablag‘lariQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zMTRK, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zA, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi
44.Futbol sohasiga ixtisoslashayotgan professional jurnalist va reportyor kadrlar tayyorlashni takomillashtirish masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash.2011-yil 1 choragiO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston da�lat jahon tillari universiteti
45.O‘zbekiston Milliy universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining jurnalistika fakultetlarida sport jurnalistikasi bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash maxsus kurslarini tashkil etish2011-yil I choragiO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi
46.Toshkent axborot texnologiyalari universiteti negizida teleuzatishlar bo‘yicha teleoperator va rejissorlar tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.2011-yil I choragiO‘zbekiston Futbol federatsiyasi mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
47.Jurnalistlar o‘rtasida sport tadbirlari, shu jumladan, futbol turnirlari tashkil etish, g‘olib jamoalar va eng yaxshi o‘yinchilarni rag‘batlantirish.Har yiliBajaruvchilar mablag‘lariO‘zbekiston Futbol federatsiyasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zMTRK, O‘zA
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi