Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yillik hisobotini va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
2. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 32-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda taqdim etilgan yillik hisoboti (bundan buyon matnda hisobot deb yuritiladi) Senatning navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi