Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risida NIZOM

Hujjat 26.08.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-son Qonuniga hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 83-moddasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalari berish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisiO‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga
1-darajali davlat adliya maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosariga
2-darajali davlat adliya maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosarlariga
3-darajali davlat adliya maslahatchisi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘iga, Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosariga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’ati a’zolari bo‘lgan boshqarma boshliqlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziriga, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda Sud departamenti deb ataladi) direktorining o‘rinbosarlariga;
Toshkent davlat yuridik universiteti rektoriga.
1-darajali adliya maslahatchisi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining boshqarmalari va mustaqil bo‘limlari boshliqlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlariga;
Sud departamentining boshqarmalari va mustaqil bo‘limlari, Ichki xavfsizlik inspeksiyasi boshliqlariga;
Sud departamenti hududiy boshqarmalari boshliqlariga;
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi boshlig‘iga;
Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktoriga;
Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga.
2-darajali adliya maslahatchisiO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Sud departamenti boshqarma boshliqlarining o‘rinbosarlariga, boshqarmalar bo‘limlari boshliqlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirining hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlariga;
Sud departamenti hududiy boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlariga;
Toshkent yuridik kolleji direktoriga;
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktoriga;
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi boshlig‘ining o‘rinbosariga;
Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining o‘rinbosarlariga.
3-darajali adliya maslahatchisiO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bosh konsultantlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bo‘lim boshliqlariga;
Sud departamentining bosh inspektorlariga;
katta sud ijrochilariga;
davlat notarial idoralarining katta notariuslariga;
FHDY organlari mudirlariga;
Toshkent yuridik kolleji direktorining o‘rinbosariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktorining o‘rinbosariga.
1-darajali yuristO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi konsultantlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining bosh konsultantlariga;
Sud departamentining yetakchi inspektorlariga;
Sud departamenti hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlariga;
sud ijrochilariga (martaba darajasida bo‘lish muddatiga qarab);
davlat notarial idoralarining katta notariuslari o‘rinbosarlariga;
notarial arxivlar mudirlariga;
FHDY organlari mudirlarining o‘rinbosarlariga;
FHDY organlari arxivlari mudirlariga.
2-darajali yuristO‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining katta konsultantlariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yetakchi konsultantlariga;
Sud departamentining katta inspektorlariga;
Sud departamenti hududiy boshqarmalarining yetakchi inspektorlariga;
sud ijrochilariga (martaba darajasida bo‘lish muddatiga qarab);
davlat notarial idoralarining notariuslariga;
FHDY organlarining 1-toifali inspektorlariga.
3-darajali yuristQoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining katta konsultantlari va konsultantlariga;
Sud departamenti hududiy boshqarmalarining katta inspektorlariga;
sud ijrochilariga;
notariuslar yordamchilariga;
FHDY organlarining 2-toifali inspektorlariga.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilmagan lavozimlarini 1-darajali adliya maslahatchisi va ungacha bo‘lgan martaba unvonlarini berish maqsadida mavjud lavozimlarga tenglashtirishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari idoralari hamda davlat notariati xodimlariga 1-darajali davlat adliya maslahatchisigacha va 1-darajali davlat adliya maslahatchisi martabasini egallab turgan lavozimiga qaramasdan izchillikka va martabada bo‘lish muddatiga rioya qilmagan holda martaba darajasi berishga yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi