Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 31.05.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar ishtirokida 3-bandga muvofiq tarmoqlar, ishlab chiqarish faoliyati sohalari, respublika hududlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish bo‘yicha investitsiya takliflarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Tartib raqami

Imtiyozlar va rag‘batlantirishlar turi

Korxonalar turi

Kafolatlar va imtiyozlar mazmuni

Qonun hujjatlari

I.

Kafolatlar

1.

2

3

4

5

1.

Qonun bilan berilgan kafolatlar

Qo‘shma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar

O‘zbekiston Respublikasining keyinchalik qabul qilingan qonun hujjatlari investitsiyalash shartlarini yomonlashtiradigan bo‘lsa chet el investitsiyalariga nisbatan investitsiyalash paytida amalda bo‘lgan qonun hujjatlari uzog‘i bilan o‘n yil davomida qo‘llaniladi.
Bu talab mudofaani, milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini ta’min etish, atrof muhitni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari o‘zgarishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatini kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (11-modda)

2.

Mulkni saqlab qolish kafolati

Qo‘shma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar

O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari natsionalizatsiya qilinishi mumkin emas.
Chet el investitsiyalari rekvizitsiya qilinishi mumkin emas, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar bundan mustasno. Rekvizitsiya qilish haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Bunday hollarda chet ellik investorga to‘lanadigan tovon ko‘rilgan zararga mutanosib bo‘lishi kerak.

“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatini kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (12-modda)

3.

Foydani chet elga o‘tkazish kafolati

Qo‘shma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar

Chet ellik investorlarning qonuniy faoliyatlari natijasida olgan foyda va boshqa mablag‘larini chet el valyutasida chet elga hech qanday cheklashsiz o‘tkazishlari kafolatlanadi.

“Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (13-modda)

4.

Ish haqini chet elga o‘tkazish kafolati

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda ishlovchi chet ellik jismoniy shaxslar

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ishchi va xizmatchilari, ma’muriyati, nazorat kengashi a’zolari tarkibiga ajnabiy fuqarolar kirishi mumkin.
Bu xodimlar oladigan ish haqlari va qonuniy yo‘l bilan topilgan boshqa daromadlarini hech qanday cheklashsiz boshqa davlatlarga o‘tkazishlari mumkin.

“Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (25-modda, 2-qism)

5.Sug‘urta himoyasiChet ellik investorlar

Chet el investitsiyalarini sug‘urtalash tizimi chet ellik investorlarni:
— mol-mulk ekspropriatsiyalanishidan (tortib olinishidan), shuningdek mol-mulk tortib olinishiga, mol-mulkning o‘zini yoki undan orttiriladigan daromadni nazorat qilishdan mahrum bo‘lishga olib keladigan har qanday qonuniy yoki ma’muriy choralardan (o‘z hududida iqtisodiy faoliyatni tartibga solish maqsadlarida mamlakat tomonidan umumiy qo‘llash uchun joriy etiladigan, huquqni kamsitmaydigan choralar bundan mustasno);
— urush yoki fuqarolar g‘alayonlaridan;
— sug‘urta tashkiloti bilan investor o‘rtasidagi shartnoma munosabatlariga mamlakat ma’murlarining aralashuvidan;
— milliy valyutani boshqa valyutalarga konvertatsiyalash va uni mamlakatdan tashqariga chiqarishga doir mamlakat ma’murlari tomonidan cheklashlar joriy etilishidan;
— investorlarning ayrim guruhlari uchun huquqni kamsitadigan ruhdagi yangi qonun-qoidalar joriy etilishidan;
— boshqa turdagi tavakkallardan sug‘urtalashni ta’minlaydi.

“Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (15-modda, 4-qism)

II.Imtiyozlar
6.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar

Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar

1996-yil 1-apreldan boshlab korxonalarning foydasi (daromadi)dan olinadigan soliq stavkasi:
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy hajmida eksport ulushi 5 foizdan 10 foizgacha bo‘lganda — 20 foizga;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy hajmida eksport ulushi 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lganda — 30 foizga;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy hajmida eksport ulushi 20 foizdan 30 foizgacha bo‘lganda — 40 foizgacha;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy hajmida eksport ulushi 30 foiz va undan ko‘p bo‘lganda — 50 foizga kamaytiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1996-yil 20-martdagi PF-1411-son Farmoni (2-band)

7.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar

Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar

Hisobot yili yakunlari bo‘yicha korxonalar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmi o‘sishidan olingan erkin almashtiriladigan valyutadagi tushum foyda (daromad)dan olinadigan soliq to‘lashdan ozod qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1996-yil 20-martdagi PF-1411-son Farmoni (3-band)

8.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar

Qo‘shma korxonalar

Chet el kapitalining ustav fondidagi ulushi 30 foizdan ko‘p bo‘lgan qo‘shma korxonalarning, shuningdek chet el korxonalarining, ularning filiallarining, vakolatxonalarining va sho‘ba korxonalarining foydasiga — 25 foiz soliq solinadi.

“Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (6-modda, 3-band)

9.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar

Qo‘shma korxonalar

O‘zbekiston Respublikasining investitsiyasi dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital mablag‘lar ajratayotgan chet el kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar o‘z ishining dastlabki besh yilida soliq to‘lashdan ozod qilinadilar.

“Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (11-modda, 4-band)

10.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar

Qo‘shma korxonalar

Xorijiy qatnashchining ustav fondidagi ulushi 30 foizdan ortiq bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlab chiqarishga (uzum vinolari va meva-rezavor vinolari, mast qiluvchi ichimliklar tayyorlashdan tashqari), xalq iste’mol mollari va binokorlik materiallari ishlab chiqarishga,tibbiyot uskunalari, qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar va uskunalar ishlab chiqarishga, ikkilamchi xomashyoni va ro‘zg‘or chiqindilarini tayyorlash, qayta tayyorlashga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalar, ularning filiallari va sho‘balari ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab ikki yil davomida soliq solishdan ozod etiladilar.
Soliq to‘lashdan ozod qilingan qo‘shma korxona uch yillik mudda�i o‘tmay turib tugatilgan taqdirda soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun to‘liq miqdorda undiriladi.

“Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (11-modda, 2 va 4-bandlar)

11.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar

Barcha korxonalar

Umumiy vazifalarni hal etish uchun ustav fondiga (kapitaliga) jamlangan badallar, ulushlar va boshqa aniq maqsadga qaratilgan moliyaviy mablag‘lar ana shu umumiy vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxslarning daromadlari hisoblanmaydi va ular soliq solish obyekti bo‘lmaydi.

“Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (3-modda, 4-qism)

12.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar

Barcha korxonalar

Quyidagilar:
yuridik shaxs bo‘lmish:
a) patent egasi (litsenziar)ning sanoat mulki obyektlaridan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishdan, shuningdek ular uchun litsenziya sotishdan oladigan daromadlariga, shu jumladan valyuta tushumlariga quyidagilarni qo‘llash boshlangan sanadan e’tiboran ularning amal qilish muddati doirasida:
patent bo‘yicha ixtironi — 5 yil davomida;
dastlabki patent bo‘yicha ixtironi — 3 yil davomida;
patent bo‘yicha sanoat namunasini — 3 yil davomida;
dastlabki patent bo‘yicha sanoat namunasini — 2 yil davomida;
guvohnoma bo‘yicha foydali modelni — 2 yil davomida;
b) litsenziatning (litsenziya shartnomasi predmetidan foydalanish huquqini olgan shaxs) sanoat mulki obyektlaridan foydalanishdan oladigan daromadlariga, shu jumladan valyuta tushumlariga quyidagilarni qo‘llash boshlangan sanadan e’tibora�:
patent bo‘yicha ixtironi — 5 yil davomida;
dastlabki patent bo‘yicha ixtironi — 3 yil davomida;
patent bo‘yicha sanoat namunasini — 3 yil davomida;
dastlabki patent bo‘yicha sanoat namunasini — 2 yil davomida;
guvohnoma bo‘yicha foydali modelni — 2 yil davomida;
tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisini — 1 yil davomida (litsenziarning mahsulotini ishlab chiqarganda) soliq solishdan ozod qilinadi.

“Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (11-modda, 1-band)

13.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar

Barcha korxonalar

Yangi tashkil etilgan korxonalar (birjalar, tayyorlov, ulgurji, ta’minlovchi-sotuvchi, vositachi va savdo-tijorat korxonalaridan tashqari) tashkil topgan (ro‘yxatdan o‘tkazilgan) paytdan e’tiboran birinchi yili belgilangan stavkaning 25 foizi miqdorida, ikkinchi yili 50 foizi miqdorida soliq to‘laydilar.
Ushbu imtiyoz avval amal qilib turgan korxonalar, ularning filiallari va tarmoq bo‘linmalari asosida tuzilgan korxonalar uchun, shuningdek, korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar huzurida tuzilgan bo‘lib, ulardan ijaraga olingan uskunalar yordamida ishlayotgan korxonalarga taalluqli emas. Korxona faoliyati uch yillik muddat o‘tmay turib to‘xtatilgan taqdirda soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun to‘la miqdorda hisoblanadi.

“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (10-modda)

14.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar

Barcha korxonalar

Soliq solish bazasi quyidagi summaga kamaytiriladi:
tabiatni qo‘riqlash tadbirlarini oshirishga qilinayotgan xarajatlarning 30 foizgacha ekologiya, sog‘lomlashtirish va o‘zga xayriya jamg‘armalariga kiritilgan badallar, ijtimoiy soha muassasalari va tashkilotlariga qilinadigan ajratmalar summasiga, lekin soliq solinadigan foyda (daromad)ning ko‘pi bilan 1 foiziga;
korxonalar investitsiyalarga yo‘llaydigan, shuningdek, investitsiyalarni amalga oshirish uchun olingan kreditlarni uzishga sarflaydigan mablag‘lar summasiga.

“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (10-modda, 1 qism)

15.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar

Barcha korxonalar

Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha olinadigan foizlar va dividendlar soliq solishdan ozod qilinadi.

“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (15-modda)

16.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar

Turistik tashkilotlar

Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar bo‘lgan davrda ammo davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytidan e’tiboran uzog‘i bilan uch yil muddatga daromad (foyda) solig‘ini to‘lashdan ozod etiladilar.
Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar daromad (foyda) olishning birinchi yili daromad (foyda) solig‘ining 50 foizini, ikkinchi yili 75 foizini, uchinchi yilidan boshlab 100 foizini to‘laydilar.

“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (10-modda)

17.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar

Barcha korxonalar, shu jumladan, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar

Bolalar uchun tovarlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari va o‘yinchoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan k�rxonalar foydadan olinadigan soliqni 10 foizli stavka bo‘yicha to‘laydilar.
Bolalar uchun tovarlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari va o‘yinchoqlar ishlab chiqarish hajmi kamida 20 foizni tashkil etuvchi korxonalar foydadan olinadigan soliqni amaldagiga nisbatan 30 foizga kamaytirilgan stavka bo‘yicha to‘laydilar.

Vazirlar Mahkamasining “Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 29-apreldagi 166-son qarori (6-band)

18.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar

“O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi tizimidagi chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar

Ustav jamg‘armasida xorijiy investorning ulushi kamida 50 foizni tashkil etgan qo‘shma korxonalar, soliqning butun miqdorini xalq iste’mol tovarlari, birinchi navbatda bolalar uchun tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga qayta investitsiya qilganlari taqdirda, foyda (daromad)dan olinadigan soliqdan ozod etiladilar:

Vazirlar Mahkamasining “Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 29-apreldagi 166-son qarori (7-band)

19.

Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar

Xorijiy yuridik shaxslar, qo‘shma korxonalar

Ajnabiy yuridik shaxslarning, O‘zbekiston va ajnabiy — yuridik shaxslar hamda fuqarolar ishtirokidagi qo‘shma korxonalarning daromadlari bo‘yicha soliq solinadigan bazasi shunday korxonalarning rezerv fondi yoki shunga o‘xshash maqsadga mo‘ljallangan fondlarga ajratmalari summasi bu fondlarning miqdori ustav fondining 25 foiziga yetgunga qadar korxonalar daromadlarining 20 foizi miqdorida kamaytiriladi.

“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (4-modda)

20.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha korxonalar, shu jumladan, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar

Quyidagilar soliqdan ozod etiladilar:
— sug‘urta va qayta sug‘urta yumushlari, shu jumladan, sug‘urta bo‘yicha vositachilar va agentlar amalga oshir�an ana shunday yumushlar bilan bog‘liq xizmatlar;
— ssuda berish va ssuda o‘tkazish:
— pul jamg‘armalari, joriy schyotlar, pul to‘lovlari, pul o‘tkazish, cheklar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga taalluqli yumushlar;
— qonunga ko‘ra to‘lov vositalari hisoblanmish valyutalar, pullar va banknotlar muomalasiga taalluqli yumushlar, numizmatika maqsadlarida foydalaniladigan valyutalar, pullar va banknotlar bundan mustasno;
— qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar, veksellar, cheklar, lotereya-biletlari muomalasiga taalluqli yumushlar. Qimmatli qog‘ozlar tayyorlash va saqlash bo‘yicha yumushlar bundan mustasno;
— intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqni olganlik uchun patent boji, ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi va litsenziya to‘lovi;
— eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilishga nisbatan soliq solish tartibi qo‘llayotgan davlatlarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish bundan mustasnodir;
— eksport qilinadigan mollarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tiladigan chet el yuklarini (tranzit yuklarni) tashish, ortish, tushirish, qayta yuklash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlar;
— respublikada ishlab chiqariladigan hamda yakka tartibda uy quruvchilarga va uy-joy qurilishi kooperativlariga sotiladigan binokorlik materiallari;
— o‘z ixtiyoridagi yerdan foydalanib yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari.

“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (19-modda)

21.Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxonalar, shu jumladan, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar

1996-yil 1-apreldan boshlab eksport qiluvchi korxonalar eksport qilinuvchi tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish uchun foydalangan moddiy resurslar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini to‘lashdan ozod etiladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” 1996-yil 20-martdagi PF-1411-son Farmoni (4-band).

22.Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar

Barcha korxonalar, shu jumladan, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar

O‘zi ishlab chiqargan tovarlar chet elga yetkazib berilganda aksiz olinmaydi.

“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (23-modda).

23.Mulkka solinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlarBarcha korxonalar

Yangi ochilgan korxonalarning mol-mulkiga ro‘yxatga olingan kundan boshlab dastlabki ikki yil davomida soliq solinmaydi. Soliq bo‘yicha bu imtiyoz tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalarning, ular filiallari va tarkibiy bo‘linmalari asosida tuzilgan korxonalarga, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar huzurida tuzilgan korxonalarga (basharti ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan uskunalar bilan ishlasa) taalluqli emas.

“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (35-modda, “e” bandi)

24.Mulkka solinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlarTuristik tashkilotlar

Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarga tashkil etilgan paytidan boshlab dastlabki foyda olguniga qadar bo‘lgan davrda, ammo davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan e’tiboran uzog‘i bilan uch yil muddatda soliqqa tortilmaydi.

“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (35-modda, “j” bandi)

25.

Qimmatbaho qog‘ozlar operatsiyalariga solinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar

Barcha korxonalar

1995-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining dividendlar holida qimmatli qog‘ozlarning aylanishidan, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish narxlari o‘rtasidagi tafovutdan olingan daromadlari uch yil muddatgacha soliqqa tortilishdan ozod qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 7-sentabrdagi PF-1270-son Farmoni (6-band)

26.

Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar

Chet ellik yuridik shaxslar, qo‘shma korxonalar va ularning filiallari

Chet el yuridik shaxslari, O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida tashkil etilgan xorijiy yuridik shaxslar, qo‘shma korxonalar hamda ularning filiallari — basharti, chet ellik ishtirokchining Ustav fondidagi ulushi 30 foizdan ortiq bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran ikki yil davomida yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadilar.

“Yer solig‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (9-modda, “j” bandi)

27.

Transport vositalari hamda boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar

Barcha korxonalar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar

Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan vaqtidan boshlab dastlabki foyda olguniga qadar bo‘lgan davrda, ammo davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytidan e’tiboran uzog‘i bilan uch yil muddatga soliqdan ozod qilinadilar.

“Transport vositalari hamda boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq to‘g‘risida”gi Qonun (5-modda, 1-bandi)

28.

Soliq solish bo‘yicha imtiyozlar

Tijorat banklari, shu jumladan chet el sarmoyasi ishtirokidagi banklar

Barcha tijorat banklari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, shu jumladan chet el sarmoyasi ishtirokidagi tijorat banklari, shuningdek chet el banklarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va vakolatxonalari 1994-yil iyulidan 1997-yil 31-dekabrgacha budjetga to‘lanadigan korxonalar daromadidan olinadigan soliq, korxonalar mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solig‘i, transport vositalari egalaridan olinadigan soliqlardan ozod qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-iyuldagi 362-son va 1995-yil 9-noyabrdagi 427-son qarorlari

29.

Mahsulot keltirish va chiqarishni soddalashtirish

Qo‘shma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksport qilishga va o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulot import qilishga haqlidir. O‘zi ishlab chiqargan, eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hamda o‘zining ehtiyojlari uchun korxona tomonidan import qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
O‘zi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilishda olingan valyuta tushumlari belgilangan soliqlar o‘zga to‘lovlar to‘langanidan keyin butunlay korxona egaligida qoladi.

“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (17-modda)

30.

Bo� poshlinalari bo‘yicha imtiyozlar

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar va bu korxonalarning ajnabiy xodimlari

O‘zbekiston Respublikasiga chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun va ajnabiy xodimlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk boj poshlinasi to‘lashdan ozod qilinadi.

“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (18-modda)

31.Boj p�shlinalari bo‘yicha imtiyozlar

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxonalar, shu jumladan, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar

Quyidagi tovarlardan boj poshlinalari olinmaydi:
— O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan yoki uning kafolati bilan tuzilgan hukumatlararo va kredit bitimlari bo‘yicha yetkazib beriladigan tovarlardan;
— Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-oktabrdagi 389-son qaroriga 1-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan erkin savdo tartibini nazarda tutuvchi bitimlar imzolangan davlatlardan keltirilayotgan tovarlardan;
— respublika Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga keltirilayotgan tovarlardan;
— davlat ehtiyojlari uchun eksportga yetkazib berish hajmi doirasidagi tovarlardan (markazlashtirilgan eksport);
— O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi 50 mln AQSh dollaridan ortiq bevosita investitsiyalar qo‘ygan xorijiy yuridik shaxslar tomonidan olib kelinayotgan tovarlardan, basharti keltirilayotgan tovarlar ularning o‘zlari ishlab chiqargan mahsulot hisoblansa;
— O‘zbekiston Respublikasi boj hududiga vaqtincha olib kelinayotgan va undan vaqtincha olib ketilayotgan tovarlardan, tranzit tovarlardan va “boj ombori” tartibida tashilayotgan tovarlardan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi boj hududiga belgilangan tartibda olib kelinayotgan va uning boj hududidan olib ketilayotgan:

Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 20-martdagi 114-son qarori (2-bandi)

32.

Valyutani erkin almashtirish bo‘yicha imtiyozlar

Xorijiy sarmoya ishtirokidagi qo‘shma korxonalar, jismoniy va yuridik shaxslar

— xorijiy sherikning xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona ustav sarmoyasiga mulk sifatida qo‘shgan ulushidan;
— muruvvat va texnik yordamdan;
— ko‘rgazmalar, reklama va prezentatsiya eksponatlaridan;
— sanoat yo‘li bilan qayta ishlash va undan tayyorlangan mahsulotni olib ketish (olib kelish) olib kelinayotgan (olib ketilayotgan) xomashyo, materiallar va butlovchi materiallardan boj poshlinalari olinmaydi. Qayta olib ketish (olib kelish)da ko‘rsatib o‘tilgan xomashyo, materiallar va butlovchi materiallarni qayta ishlash qiymatidan boj poshlinalari olinadi. Xorijiy sarmoya ishtirokidagi quyidagi qo‘shma korxonalar, jismoniy va yuridik shaxslar O‘zbekiston respublika valyuta birjasida:
— xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va ular bilan respublika ichki bozorini to‘ldirish bilan band bo‘lgan;
— eksportga, birinchi navbatda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining markazlashtirilgan eksport ro‘yxatiga kiritilgan mahsulot va tovarlarni ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan;
— O‘zbekistonda ishlab chiqarish faoliyatidan belgilangan tartibda olingan foyda va dividendlarning bir qismini repatriatsiya qilishni amalga oshiruvchi;
— respublika iqtisodiyotining bazaviy va yetakchi tarmoqlaridagi ustuvor loyihalarni amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy investitsiya ishtirokidagi qo‘shma korxonalar, jismoniy va yuridik shaxslar erkin muomaladagi valyutaga aylantirish huquqiga ko‘proq ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashtirilishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”1995-yil 27-iyundagi PF-1193-son Farmoni (2-bandi)

33.Mulkni sotib olish huquqi

Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar

Yer uchastkalari:
yuridik va jismoniy shaxslarga, �u jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda xususiylashtirilgan taqdirda mulk qilib berilishi mumkin;
xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga —diplomatik korpus xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga, doimiy vakolatxonalar, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlarning xodimlariga, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda doimiy ishlaydigan shaxslarga, shuningdek, respublikada doimiy yashaydigan va yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan shaxslarga uy-joy binolari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda sotilgan taqdirda mulk qilib berilishi mumkin.

“Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2-modda, 2-qism)

34.

Eng ko‘p qulayliklar va erkin savdo tartiblari yaratish

Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining boj hududiga olib kelinadigan va Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-oktabrdagi 389-son qaroriga 1-ilovaga muvofiq mamlakatlarning boj hududidan kelib chiqqan tovarlardan boj poshlinalari stavkalari joriy etilgan vaqtdan boshlab boj poshlinasi olinmaydi.
Mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlar borasida eng qulay tartib yaratadigan mamlakatlar ro‘yxatida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 7-oktabrdagi 389-son qarori (1, 2-bandlar)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi