Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga kiritiladigan o‘zgartishlar

Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.02.2019
Hujjat 21.06.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutini tashkil qilish to‘g‘risida” 2005-yil 2-apreldagi PF-3590-son Farmoni 2-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-bandning o‘n ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Institut direktori lavozimi bo‘yicha ayni bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisining o‘rinbosari hisoblanadi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi—beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi