Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar

Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2023
Hujjat 09.09.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxatining III bo‘limi 6-bandidagi “O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori 2-ilovasining 7-pozitsiyasidagi “Azimov Oqil Odilovich — Davlat patent idorasi direktori” so‘zlari “Xo‘jayev Asadjon Ozotbekovich — O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi Bosh direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi PQ-916-sonli qarori bilan tasdiqlangan o‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar kompleksining 4-bandidagi “mas’ul ijrochilar” grafasida “Patent idorasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi