Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
YO‘L-TRANSPORT HODISALARINI HISOBGA OLISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida NIZOM

I. Umumiy qoidalar

II. Ichki ishlar organlarida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish va statistik hisobotlarni shakllantirish tartibi

III. Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq yuridik shaxslar tomonidan yo‘l-transport hodisalarining hisobini olib borish tartibi

IV. Tasarrufida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari bo‘lgan maxsus vakolatli hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda ular xizmat ko‘rsatayotgan avtomobil yo‘llari va ko‘chalarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining hisobini olib borish tartibi

V. Tibbiyot muassasalarida yo‘l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan shaxslarning hisobini olib borish tartibi

VI. Yakunlovchi qoida

1-ILOVA
Ichki ishlar organlarida yo‘l-transport hodisalarini va ular haqidagi ma’lumotlarni qayd etish KITOBI

2-ILOVA
Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda o‘zlariga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarini va ular haqidagi ma’lumotlarni qayd etish KITOBI

3-ILOVA
Tasarrufida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari bo‘lgan maxsus vakolatli hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda ular xizmat ko‘rsatayotgan avtomobil yo‘llari va ko‘chalarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarini va ular haqidagi ma’lumotlarni qayd etish KITOBI

4-ILOVA
Tibbiyot muassasalarida yo‘l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan shaxslarni va ular haqidagi ma’lumotlarni qayd etish KITOBI

Hujjat 15.11.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda respublika hududida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish, ularni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlarni tahlil qilish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2012-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritilsin.
1. Mazkur Nizom “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l-transport hodisalarini hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
9. Tuman (shahar) ichki ishlar bo‘lim (boshqarma)larining (Toshkent shahrida — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining) navbatchi qismi tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovadagi shaklga asosan Ichki ishlar organlarida yo‘l-transport hodisalarini va ular haqidagi ma’lumotlarni qayd etish kitobi yuritiladi. Ichki ishlar organlariga yo‘l-transport hodisalari yuz berganligi bo‘yicha kelgan xabar yuzasidan ma’lumotlar mazkur kitobda qayd etiladi.
16. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan o‘zlariga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining hisobini olib borish, ma’lumot yig‘ish va tahlil qilish, ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini nazorat qilish uchun mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga asosan Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda o‘zlariga tegishli transport vositalari ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarini va ular haqidagi ma’lumotlarni qayd etish kitobi yuritiladi.
21. Tasarrufida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari bo‘lgan maxsus vakolatli hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda ular xizmat ko‘rsatayotgan avtomobil yo‘llari va ko‘chalarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari hisobini olib borish, ma’lumot yig‘ish va tahlil qilish, ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini nazorat qilish uchun mazkur Nizomga 3-ilovadagi shaklga asosan Tasarrufida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari bo‘lgan maxsus vakolatli hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda ular xizmat ko‘rsatayotgan avtomobil yo‘llari va ko‘chalarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarini va ular haqidagi ma’lumotlarni qayd etish kitobi yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi