Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2016
Hujjat 01.12.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. Xo‘jalik sudlarining e’tibori O‘zbekiston Respublikasining bojxona haqidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (bundan buyon matnda BK deb yuritiladi) hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratligiga qaratilsin. Ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati organi (bundan buyon matnda bojxona organi deb yuritiladi) bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olayotgan kuni amalda bo‘lgan BK va boshqa qonun hujjatlari qo‘llaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2. “Boj tarifi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 17-moddasining birinchi qismiga muvofiq olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymatiga qarab baholash tovarning bojxona bahosini chiqarishning asosiy usulidir (bundan buyon matnda asosiy usul deb yuritiladi). Nizolarni hal etishda sudlar Qonunning 18-moddasida nazarda tutilgan asosiy usulni qo‘llash uchun shartlar va uni qo‘llash mumkin bo‘lmagan cheklovlar mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlashi lozim.
3. Qonunning 17-moddasida tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullarini birin-ketin qo‘llash tartibida nazarda tutilganiga ko‘ra asosiy usuldan foydalanish imkoni bo‘lmaganida, har bir keyingi usul qo‘llaniladi, agar oldingi usuldan foydalanish yo‘li bilan bojxona qiymatini aniqlab bo‘lmasa. Shu munosabat bilan bojxona organi sudga oldingi usullarni qo‘llash imkoni yo‘qligini asoslantirishga majbur. Shuni hisobga olish kerakki, har qanday ketma-ketlikda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qiymatlarni chegirib tashlash va qo‘shish asosidagi bojxona usullari bundan mustasno hisoblanadi.
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Qonun 18-moddasining uchinchi qismiga muvofiq tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asosiy usuldan foydalanish mumkin emas, basharti:
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 22-fevralda 899-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini ma’lum qilish va tekshirish Qoidalari” I bo‘limining 3-bandiga muvofiq olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash Qonunning 18—23-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 13-yanvarda 390-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash bo‘yicha Yo‘riqnoma”da belgilangan usullar bo‘yicha deklarant tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunning 13-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 13-yanvarda 390-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash bo‘yicha Yo‘riqnoma”ning 9.3-bandiga ko‘ra import qiluvchi (deklarant) bojxona organining qaroridan norozi bo‘lgan holda uning ustidan yuqori turuvchi bojxona organlariga, shuningdek sudga shikoyat qilish huquqiga egadir.
11. O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) 55-moddasining birinchi qismiga muvofiq nizolashilayotgan davlat organi hujjatining qonuniyligini isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan organ zimmasiga yuklanganligi sababli, bojxona organi tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant tomonidan taklif etilgan usulni qo‘llash imkoniyatini istisno etadigan asoslarning mavjudligini isbotlashga majbur.
13. Sudlar BK 93-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq BYuD qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanishini nazarda tutishlari lozim.
14.1. Sudlar BKning 113-moddasida belgilangan bojxona to‘lovlarini bir yilda qaytarish muddati da’vo muddati hisoblanmasligiga, balki to‘lovchilarning bojxona organlariga ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish (bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga o‘tkazish) to‘g‘risidagi arizalar bilan murojaat qilish muddati ekanligini hisobga olishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 14-iyulda 947-son bilan ro‘yxatga olingan “Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarini qaytarish to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 2.1-bandiga ko‘ra to‘lovchi ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish yoki ular to‘langan yoxud undirilgan paytdan boshlab bir yil ichida bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga o‘tkazish to‘g‘risida bojxona organiga murojaat etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14.2 BK 113-moddasining ikkinchi qismiga hamda yuqorida ko‘rsatilgan Yo‘riqnomaning 1.2-bandiga ko‘ra bojxona to‘lovlari qaytarilganda ulardan foizlar to‘lanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. SK 69-moddasining oltinchi qismiga muvofiq bojxona organlari tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha budjetga hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar hisobini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16.1. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investorlar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulkka nisbatan bojxona imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida” 2007-yil 6-dekabrdagi 249-son Qarorining 2-bandiga ko‘ra xorijiy investorlar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk bojxona boji solishdan ozod etilishi bo‘yicha imtiyozlar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ham joriy etilganligi inobatga olinishi lozim. Mazkur Qarorning 3-bandida yuqorida ko‘rsatilgan imtiyozlar 2008-yil 1-yanvardan boshlab ustav sarmoyasida xorijiy investorning ulushi kamida 33 foiz bo‘lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga nisbatan amal qilishi belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
16.3 Shuningdek nazarda tutish lozimki, Qonun 33-moddasi birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisida va “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan bojxona boji to‘lovi bo‘yicha imtiyoz yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan iste’mol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish uchun olib kiriladigan iste’mol tovarlari bundan mustasno (Qonun 33-moddasining uchinchi qismi).
17. “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasini qo‘llash bilan bog‘liq nizolarni hal etishda investitsiyalash shart-sharoitining yomonlashganligini tasdiqlovchi dalillarni talab qilib olish, mazkur Qonun, shuningdek “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi to‘rtinchi qismida belgilangan kafolatlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qaroriga 1-ilova)da nazarda tutilgan bunday yomonlashish alomatlarining mavjudligini aniqlash lozim.
19. Sudlar BKning 112-moddasiga asosan inkasso topshiriqnomalari qo‘yilganda bojxona organi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 15-aprelda 1122-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizomning 44-bandiga muvofiq to‘lov maqsadlarida so‘zsiz tartibda undirilishiga asos bo‘lgan hujjatning (BYuD, tekshirish dalolatnomasi, bojxona organi xulosasi) raqami va sanasini ko‘rsatishi lozimligini inobatga olishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21.4 Mazkur toifadagi nizolarni hal etishda SK 211-moddasining 7-bandi, Qonunning 33-moddasi birinchi qismining o‘n to‘qqizinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 14-martdagi PF—3860-son Farmoni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 11-iyunda 1688-son bilan ro‘yxatga olingan “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asoslanish lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi