Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 12.03.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaligining yer uchastkasini ajratish haqidagi arizasi mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan “Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan tartiblarda va muddatlarda ko‘rib chiqilmaganda, hokimlikning bu harakati (harakatsizligi) ustidan fermer xo‘jaligi bergan shikoyatini xo‘jalik sudi ish yurituviga qabul qilib, mazmunan ko‘rib chiqishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Xo‘jalik sudlari fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ularga yer uchastkalari ajratib berish bo‘yicha “Yer uchastkalarini fermer xo‘jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda nazarda tutilgan qoidalar, jumladan tanlov o‘tkazish, yer uchastkalari berish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish, fermer xo‘jaligining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini rasmiylashtirish tartibi buzilishiga yo‘l qo‘yilgan har bir holatga huquqiy baho berib, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli ta’sir choralarini qo‘llasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Xo‘jalik sudlari O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq, yer uchastkasi ijaraga berilgan muddatning tugaganlik holati yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bekor bo‘lishiga asos bo‘lishini e’tiborga olsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 553-moddasida nazarda tutilgan, mulk ijarasi shartnomasining muddati tamom bo‘lganidan keyin ham ijaraga oluvchi mulkdan foydalanishni davom ettirsa va ijaraga beruvchi bunga e’tiroz bildirmagan bo‘lsa, shartnoma avvalgi shartlar asosida noma’lum muddatga qayta tuzilgan deb hisoblanishi to‘g‘risidagi qoidalar yerdan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ammo ijaraga oluvchi yer uchastkalari ijara shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin shartnomani yangilashda boshqalarga nisbatan teng sharoitlarda ustun huquqqa ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Xo‘jalik sudlari shuni e’tiborga olishlari lozimki, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorining o‘zigina yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni vujudga keltirmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasiga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga ko‘ra, fermer xo‘jaligi hamda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran fermer xo‘jaligi tashkil etilgan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Xo‘jalik sudlari O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni qishloq xo‘jalik korxonalariga, shu jumladan fermer xo‘jaliklariga nisbatan ham tatbiq etilishini, ushbu Qonunning 162-moddasi 4-qismi talablariga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari va yuridik shaxsni tashkil etgan holdagi Dehqon xo‘jaliklariga nisbatan tashqi boshqaruv taomili joriy etilmasligini nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Xo‘jalik sudlari e’tiborlarini shu holatga qaratsinlarki, fermer xo‘jaligini bankrot deb e’tirof etish uni tugatishga olib keladi. Bunday hollarda O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasining yettinchi qismiga ko‘ra, fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Xo‘jalik sudlari shuni e’tiborga olsinlarki, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 330-moddasining 2-bandiga muvofiq qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tayyorlov va xizmat ko‘rsatish tashkilotlariga nisbatan shartnoma majburiyatlarining bajarilmasligi yuzasidan beriladigan da’vo arizalari bo‘yicha, 16-bandiga muvofiq tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchilar manfaatlarini ko‘zlab kiritiladigan da’vo arizalari bo‘yicha davlat bojini to‘lashdan ozod etilganlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi