Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 30.05.2019 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Mustahkam oila yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar fuqarolar yig‘inlarining rahbarlari va xodimlari mehnatini ularning yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatli ishlarni amalga oshirishga, oila institutini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlashga, jamiyatda barqarorlik va totuvlikni ta’minlashga qo‘shgan hissasini e’tiborga olgan holda yanada rag‘batlantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatchilarining mehnatini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 1997-yil 13-maydagi PF–1778-son Farmonining mehnat haqi bo‘yicha Yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq rag‘batlantirish koeffitsiyenti sifatida maoshlarga 20 foizli ustama haq o‘rnatilishini nazarda tutuvchi 1-bandining amal qilishi tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari lavozimiga hamda profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilariga nisbatan joriy etiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5732-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi