Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 14.09.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi matnlarda — Qonun) 13-moddasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi tomonidan “bir darcha” prinsipi bo‘yicha va qoida tariqasida, xabardor qilish asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (keyingi matnlarda — FPK) 57-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining (keyingi matnlarda — XPK) 55-moddasi mazmunidan kelib chiqib, inobatga olish kerakki, yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishning qonuniyligini isbotlash majburiyati ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. FPK 31-moddasi va XPK 23-moddasi mazmunidan kelib chiqib sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega bo‘lmagan fuqaro ishtirokidagi nizolar umumiy yurisdiksiya sudlariga taalluqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Tekshirish qonunda belgilangan asoslar mavjud bo‘lmasdan o‘tkazilgan holda, u noqonuniy hisoblanadi va FPK 56-moddasining ikkinchi qismi, XPK 54-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar dalil sifatida qabul qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006-yil 6-mayda 1573-son bilan ro‘yxatga olingan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 6-bandining ikkinchi xatboshisiga ko‘ra tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarga belgilangan tartibda ruxsat berilgan bitta nazorat qiluvchi organga boshqa nazorat qiluvchi organlar, rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda, ular tomonidan berilgan buyurtmanoma asosida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash qarori bilan qo‘shilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 9-moddasining beshinchi qismiga muvofiq bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yig‘imlar, ijara haqi to‘liq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, to‘lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan bo‘linmalari tomonidan mazkur bo‘linmalar boshliqlarining buyruqlari asosida o‘tkazilib, keyinchalik bu haqda maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qonun 39-moddasining o‘n ikkinchi qismiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari so‘roviga ko‘ra mazkur birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Sudlar inobatga olishlari lozimki, Qonunning 11-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga talqin etiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 329-moddasining 13-bandiga va 330-moddasining 3-bandiga ko‘ra tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi. Ushbu qoida mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilinganda ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil 27-aprelda 1948-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 3-bandiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko‘rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, shuningdek jamg‘arma, muddatli, ssuda va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish huquqiga egalar.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2001-yil 10-iyunda 1044-son bilan ro‘yxatga olingan “Hisobvaraqlar ochish, mijozlar hisobvaraqlariga mablag‘ o‘tkazish va hisoblab chiqarish, ish haqi va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pul berish tartibi bo‘yicha belgilangan talablarni buzganlik uchun tijorat banklariga nisbatan jarima jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bandiga ko‘ra Markaziy bank me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan barcha zaruriy hujjatlar taqdim etilganidan keyin banklar tomonidan hisobvaraqlar ochishda sababsiz kechiktirilganlik yoki ochishdan bosh tortganlik, shuningdek mazkur turdagi hisobvaraq ochish uchun ortiqcha hujjatlarni talab qilganligi uchun bank ustav sarmoyasi belgilangan eng kam miqdorining 0,05 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi