Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 26.08.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-son qarorining 4-bandini bajarish yuzasidan hamda sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda uning samarali faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish
muddatlari

Mas’ul
bajaruvchilar

Moliyalashtirish
manbalari

Amalga oshirish mexanizmi

I. O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (keyingi o‘rinlarda
Sport tibbiyoti markazi deb ataladi) faoliyati va ishlashini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish. Sport tibbiyoti
markazini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash

1.

Sport tibbiyoti markazi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2013-yil
avgust
Madaniyat va
sport ishlari
vazirligi, MOQ,
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi
-

Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-son qarori talablariga muvofiq MOQning Ustavini qayta ko‘rib chiqish.

2013-yil sentyabr MOQ,
Adliya vazirligi
-

Adliya vazirligida MOQ Ustavini ro‘yxatdan o‘tkazish.

3.

Sport musobaqalari o‘tkazishning yangi tahrirdagi tibbiy reglamentini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

2014-yil
yanvar
Sport tibbiyoti
markazi, MOQ,
Sog‘liqni saqlash
vazirligi (SSV)
-

Sport musobaqalari o‘tkazishning tibbiy reglamentini tasdiqlash bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilish.

4.

Sport tibbiyoti markazining shtatlar jadvalini hamda xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2013-yil IV chorak MOQ, Sport
tibbiyoti markazi,
Moliya vazirligi
-

Sport tibbiyoti markazining shtatlar jadvalini hamda xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash.

5.

Sport tibbiyoti markazining tarkibiy bo‘linmalari, xodimlariga qo‘yiladigan malakaviy talablar va ularning lavozim majburiyatlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash.

2013-yil dekabr Sport tibbiyoti markazi,
MOQ, Madaniyat va
sport ishlari vazirligi,
SSV
-

Sport tibbiyoti markazi qarorini qabul qilish.

6.

Sport tibbiyoti markazini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash.

2014-yil IV chorak MOQ, Sport
tibbiyoti markazi,
SSV, Madaniyat va
sport ishlari vazirligi
-

Sport tibbiyoti markazi faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etgan holda tanlov o‘tkazish.

II. Sport tibbiyoti markazining kadrlar salohiyatini rivojlantirish. Sport federatsiyalari, klublari va komandalarining tibbiyot
xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ularga ilmiy-tashkiliy, maslahat-diagnostika, davolash-profilaktika
masalalari va reabilitatsiya ishlari bo‘yicha metodologik yordamlar ko‘rsatish
7.

Oliy tibbiyot o‘quv muassasalari kafedralari negizidagi klinik ordinatura orqali sport tibbiyoti bo‘yicha dastlabki ixtisoslashuvdan o‘tish yo‘li bilan sport tibbiyoti sohasida mutaxassislar tayyorlash.

2014 — 2017-yillarSSV, MOQ Oliy tibbiyot o‘quv muassasalarining budjet va to‘lov-kontrakt mablag‘lari doirasida

Bazaviy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan vrachlar (davolash va pediatriya ishi) uchun — MOQ buyurtmanomasiga ko‘ra oliy tibbiyot o‘quv muassasalari kafedralarida kamida 5 nafar vrachning magistratura va klinik ordinaturani o‘tashini ta’minlash.

8.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining sport tibbiyoti kursi bilan fizioterapiya, gastroenterologiya, davolash, jismoniy tarbiya kafedrasi negizida sport tibbiyoti bo‘yicha ixtisoslashuvdan o‘tish.

2014 — 2017-yillarSSV, MOQ Budjet va
budjetdan
tashqari mablag‘lar doirasida

MOQ buyurtmanomasiga ko‘ra 10 nafar vrach-mutaxassisning sport tibbiyoti bo‘yicha ixtisoslashuvdan o‘tishi uchun har yilgi kvotalar belgilash.

9.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirish.

Har yiliSport tibbiyoti
markazi, MOQ
Bajaruvchilar mablag‘lari

Respublika va xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishni ta’minlash. Yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarning yetakchi sport markazlari va klinikalarida sport tibbiyoti bo‘yicha mutaxassislar stajirovkasini tashkil etish.

III. Sport tibbiyoti markazini qurish va jihozlash
10.

Sport tibbiyoti markazi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi markaziy apparatini joylashtirish uchun yangi bino qurish.

2013-2014-yillarMOQ, Madaniyat
va sport ishlari
vazirligi,
“Davarixitektqurilish”, manfaatdor
vazirliklar va
idoralar
-

Yangi binoning qurilishi uchun buyurtmachi, bosh pudratchi va loyihalash tashkilotini, ishlarni amalga oshirish muddatlarini belgilash, shuningdek qurilishni jadallashtirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish.

11.

Sport tibbiyoti markazini jihozlash tabelini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014-yil yanvar Sport tibbiyoti
markazi, MOQ,
Madaniyat va
sport ishlari
vazirligi, SSV
-

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan Sport tibbiyoti markazining qarorini qabul qilish.

12.

Sport tibbiyoti markazini jihozlash uchun tibbiy, laboratoriya va boshqa asbob-uskunalarning batafsil ro‘yxatini tayyorlash.

2014-yil fevral Sport tibbiyoti markazi, MOQ, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, SSV-

Milliy olimpiya qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan Sport tibbiyoti markazining qarorini qabul qilish.

13.

Sport tibbiyoti markazini tibbiy, laboratoriya va boshqa asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tasdiqlangan jadvallarga muvofiq qurilish-montaj ishlarini bajarishSport tibbiyoti
markazi, MOQ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-son qarorining
7-bandiga asosan

Belgilangan tartibda tibbiy, laboratoriya va boshqa asbob-uskunalarni sotib olish.

14.

Yangi bino qurilishi uchun qurilish materiallari va konstruksiyalari, bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan tibbiyot inventarlari va asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar va xarajat materiallari ro‘yxatini tasdiqlash.

jadvalga asosan Sport tibbiyoti
markazi, MOQ,
Madaniyat va sport
ishlari vazirligi
-

Vazirlar Mahkamasi farmoyishini qabul qilish.

IV. Sport tibbiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish

15.

Sport tibbiyoti markazida xizmat ko‘rsatiladigan sportchilar kontingentini aniqlash.

2013-yil sentyabr Sport tibbiyoti
markazi, MOQ,
Madaniyat va sport
ishlari vazirligi
-

Sportchilarning toifalari va shaxsiy tarkibini aniqlash.

16.

Sport tibbiyoti sohasida fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, sport patologiyasining oldini olish va davolashning ilg‘or uslublari, yo‘l qo‘yilgan jismoniy yuklamalar, sport turining xususiyatlarini hisobga olgan holda sportchilarning diagnostika va funksional holatini yaxshilash standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, musobaqalarga tayyorlashda sportchilarni kuzatib borish.

2014-yil
sentyabr







2014-yil
oktyabr-noyabr
doimiy
MOQ, Sport tibbiyoti
markazi, SSV,
Fanlar akademiyasi,
Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim
vazirligi, Fan va
texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish
qo‘mitasi
Bajaruvchilar mablag‘lari

1. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, farmakologiya va diyetologiya bo‘limlarini sport tibbiyotining yuqori malakali mutaxassislari bilan ta’minlash.
2. Ushbu sohada puxta bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etgan holda sport tibbiyotini rivojlantirishning jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda ilmiy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlarini tasdiqlash.
3. Ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

17.

Yosh iqtidorli va istiqbolli sportchilarning shaxsiy genetik va fenotipik imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularni tibbiy-biologik tanlab olishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va joriy etish.

2014-yil
dekabr



2015-yil
yanvar


2015-yil
fevral







muntazam
ravishda
MOQ, Sport
tibbiyoti markazi,
SSV, Fanlar akademiyasi,
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni
muvofiqlashtirish
qo‘mitasi
Ijrochilar
mablag‘lari

1. SSV, Fanlar akademiyasi, oliy o‘quv muassasalarining mutaxassislarini jalb etgan holda jahon tajribasini hisobga olib tibbiy-biologik tanlab olish metodlarini ishlab chiqish.
2. Tibbiy-biologik tanlab olinishi lozim bo‘lgan sportchilarning yangilab turiladigan reyestrini tashkil etish.
3. Terma komandalar sportchi a’zolari va ularning tez kundagi zaxirasi, ixtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalari o‘quvchilari safidan istiqbolli sportchi yoshlar, sport klublari va jamiyatlari a’zolari, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalari sovrindorlari va qatnashchilarining tibbiy-biologik ma’lumotlari yagona bazasini yaratish.
4. Muntazam ravishda tanlov o‘tkazish.

18.

Sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqqan holda musobaqalarga tayyorlashning turli davrlarida sportchilarning jismoniy holatiga dori-darmonlar, ovqatlanish rejimi va ratsionining ta’sirini tekshirish.

Doimo MOQ, Sport
tibbiyoti markazi,
SSV, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish
qo‘mitasi
Bajaruvchilar
mablag‘lari

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.
2. Sportchilarning jismoniy holatiga dori-darmonlar, ovqatlanish rejimi va ratsionining ta’siri bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.
3. Sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqish.

19.

Zamonaviy farmakologiya yutuqlaridan foydalangan holda sportchilarning jismoniy holatini oshirishning dopingsiz vositalaridan foydalanish va ularni yaratish dasturlarini ishlab chiqish.

Doimo MOQ, Sport
tibbiyoti markazi, SSV, “O‘zfarmsanoat” konserni
Bajaruvchilar
mablag‘lari

Mahalliy farmakologiya yutuqlari va mahalliy o‘simlik xom ashyosidan ustuvor foydalangan holda sportchilarning jismoniy holatini oshirishning dopingsiz vositalaridan foydalanish va ularni yaratish dasturlarini tasdiqlash va amalga oshirish.

20.

Sport tibbiyoti sohasida o‘zaro hamkorlikning yagona strategiyasini ishlab chiqish maqsadida vrach mutaxassislar, sportchilar va murabbiylar ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish.

Yiliga ikki marta Sport tibbiyoti
markazi, MOQ,
Madaniyat va sport
ishlari vazirligi,
SSV
Bajaruvchilar mablag‘lari

Ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar mavzularini ishlab chiqish va tasdiqlash.

21.

Sport xususiyatlarini hisobga oladigan, kursni tugatish bo‘yicha sertifikat beriladigan dolzarb kurslar tashkil etish.

Uch yilda bir martaSport tibbiyoti
markazi, SSV
Bajaruvchilar mablag‘lari

Vrachlarni keyinchalik sertifikatsiyalagan holda o‘quv kurslari o‘tkazishni ta’minlash.

22.

Zamonaviy jahon sport tendensiyalari to‘g‘risida sportchilar, tibbiy xodimlarni xabardor qilish.

Har chorakdaSport tibbiyoti
markazi, SSV
Bajaruvchilar mablag‘lari

Sport tibbiyotini rivojlantirishning muhim masalalari aks ettiriladigan choraklik ilmiy-amaliy jurnal nashr etish.

V. Sport patologiyalari va jarohatlarini profilaktika qilish, barvaqt diagnostika qilish, davolash va reabilitatsiya qilish samaradorligini takomillashtirish

23.

Sport patologiyasi va jarohatlarini barvaqt aniqlash, sportchilarni profilaktik kuzatuv va sog‘lomlashtirish usullarini takomillashtirish.

2014-yil sentyabr


2014-yil
oktyabr


Doimo
Sport tibbiyoti markazi, SSVBajaruvchilar mablag‘lari 1. Sportchilarni jarohat va kasallikdan keyin reabilitatsiya qilish hamda travmatizm profilaktikasi standartlarini tasdiqlash.
2. Sportchilarni jarohat va kasallikdan keyin reabilitatsiya qilish standartlarini amaliyotga joriy etish.
3. Markaz mutaxassislarining sport federatsiyalari, komandalari va klublarining tibbiyot xodimlari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmini takomillashtirish.
24.

Sportchilarni xalqaro musobaqalarda qatnashishga psixologik jihatdan tayyorlash, shuningdek sportchilar sog‘lig‘ini zarur psixologik korreksiya qilish.

2014-yil
oktyabr


Doimo
2014-yil
noyabr
Sport tibbiyoti
markazi, sport federatsiyalari,
Madaniyat va sport
ishlari vazirligi,
SSV
Budjet
mablag‘lari
doirasida
1. Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Sport turlari bo‘yicha sport federatsiyalari, klublari va komandalarida sport psixologlari ishlarini tashkil etish.
3. Respublikaning, yaqin va uzoq xorijiy davlatlarning ixtisoslashgan yetakchi muassasalarida sport psixologlarining malaka oshirish tizimini yaratish.
25.

Sportchilarni sport musobaqalariga tayyorlashning turli bosqichlarida ovqatlanish ratsionini yaxshilash.

2014-yil
noyabr



Doimo

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq



Tasdiqlangan jadvalga muvofiq
Sport tibbiyoti
markazi, sport federatsiyalari,
Madaniyat va sport
ishlari vazirligi,
SSV
Ajratilgan mablag‘lar
doirasida

1. Jismoniy yuklamaning intensivligiga qarab sportchilarning ovqatlanish ratsioni bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.
2. Sport turlari bo‘yicha sportchilar uchun sport oziq-ovqatlari xarid qilish.
3. Musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish va qatnashish davrlarida sportchilarni sifatli sport oziq-ovqatlari bilan ta’minlash.
4. Sport federatsiyalari, klublari va komandalari trenerlari, sportchilari va tibbiyot xodimlari uchun sport oziq-ovqatlari masalalari bo‘yicha seminarlar o‘tkazish.

26.

Sportchilarning ish qobiliyatini va sport faoliyatini jadal tiklash maqsadida ularga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish mexanizmini takomillashtirish.

2014-yil
noyabr



2014-yil
noyabr



2014-yil
noyabr
Sport tibbiyoti
markazi, SSV
Budjet
mablag‘lari
doirasida

1. Ko‘proq uchraydigan sport jarohatlarini va sportchilar kasalliklarini diagnostika qilish va davolash standartlarini ishlab chiqish va joriy etish.
2. An’anaviy va noan’anaviy (xalq tabobati) tibbiyot yutuqlaridan foydalanish asosida farmakologik korreksiyaning samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etish.
3. Sport tibbiyoti markazi va respublikaning ixtisoslashtirilgan boshqa tibbiyot muassasalarining o‘zaro samarali hamkorligi bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilish.

VI. Antidoping nazoratining samarali tizimini ishlab chiqish va joriy etish

27.

Milliy antidoping xizmatining faoliyati to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014-yil
oktyabr
MOQ, Sport
tibbiyoti markazi,
SSV, Madaniyat va
sport ishlari vazirligi
-

Jahon antidoping agentligi yo‘nalishlari, maqsadlari va vazifalarini hisobga olgan holda Milliy antidoping xizmatining faoliyati to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

28.

WADA Jahon antidoping agentligining Xalqaro kodeksi talablarini joriy etish.

2014-yil
noyabr
MOQ, Sport
tibbiyoti markazi,
Madaniyat va sport
ishlari vazirligi, manfaatdor vazirliklar
va idoralar
-

Sport vrachlari, trenerlari va sportchilar uchun WADA Jahon antidoping agentligining Xalqaro kodeksini o‘rganish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish.

29.

Antidoping xizmati sertifikatlangan WADA ofitserlarini tayyorlash.

2014-yilMOQ, Sport
tibbiyoti markazi,
Madaniyat va sport
ishlari vazirligi
Bajaruvchilar mablag‘lari

WADA ofitseri sertifikatini olgan holda mutaxassislarni xalqaro antidoping tashkilotlarida o‘qitish.

30.

Normativ bazani takomillashtirish, samarali antidoping dasturlari va qoidalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida RADO mintaqaviy antidoping tashkiloti bilan hamkorlik qilish.

2014-yilMOQ, Sport
tibbiyoti markazi,
Madaniyat va sport
ishlari vazirligi
-

1. Milliy antidoping xizmatini RADO mintaqaviy antidoping tashkilotida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlarini amalga oshirish.
2. Samarali antidoping dasturlari va qoidalarini ishlab chiqish va joriy etish.

31.

WADA ofitserlari tomonidan musobaqa davrida ham, musobaqadan tashqari davrda ham sportchilarni sportning tegishli turlari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tkazish.

Doimo MOQ, Sport
tibbiyoti markazi,
Madaniyat va sport
ishlari vazirligi
Bajaruvchilar mablag‘lari

Test sinovlari o‘tkazish, probalar olish, ularni saqlash va ularni Jahon antidoping agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyaga yuborish.

32.

Sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurash masalalari bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Doimo MOQ, Sport
tibbiyoti markazi, Madaniyat va sport
ishlari vazirligi,
SSV, Fanlar
akademiyasi
Bajaruvchilar mablag‘lari

1. Jahon antidoping agentligi tomonidan taqdim etiladigan metodik va yo‘riqnoma materiallar bo‘yicha har oyda monitoring olib borish va axborot yig‘ish.
2. Metodik tavsiyalar tayyorlash.

VII. Xalqaro hamkorlikni kengaytirish

33.

Zamonaviy jahon tajribasini, ilmiy ishlanmalarni mamlakatimiz amaliyotiga joriy etish maqsadida sport tibbiyoti bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash.

Doimo MOQ, Sport
tibbiyoti markazi,
SSV
Bajaruvchilar mablag‘lari

1. Sport tibbiyoti sohasida xalqaro tajribani o‘rganish va yetakchi ilmiy markazlarni aniqlash.
2. Hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzish.
3. Xalqaro kongresslar, anjumanlar, seminarlar va “davra suhbatlari”da qatnashish.

34.

Sport tibbiyoti, farmakologiya va diyetologiya bo‘yicha birgalikda trening-seminarlar, kurslar, konferensiyalar o‘tkazish maqsadida jahon yetakchi sport vrachlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish.

Doimo MOQ, Sport
tibbiyoti markazi,
SSV
Bajaruvchilar mablag‘lari

Sport turlari bo‘yicha sport vrachlari uchun trening-seminarlar, sayyor kurslar, konferensiyalar o‘tkazish yo‘li bilan tajriba almashishni ta’minlash.

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi