Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 07.04.2014 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq buyuraman:
1. Buyruqning muqaddimasidagi “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda)” degan so‘zlar “(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 12-son, 333-modda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “yuridik xizmati va boshqa” va “ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari” degan so‘zlar tegishincha “tegishli” va “ilmiy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi xatboshidagi “notijorat tashkilotlarning” degan so‘zlar “notijorat” degan so‘z bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “normativ ko‘rsatmalari” degan so‘zlar “huquqiy normalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “mazkur” degan so‘zdan keyin “normativ-huquqiy” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
9) 26-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10) 29-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
12) 31-bandning ikkinchi xatboshisidagi “normativ ko‘rsatmalarni” degan so‘zlar “huquqiy normalarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “normativ ko‘rsatmalar” degan so‘zlar “huquqiy normalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “normativ ko‘rsatmalarini” degan so‘zlar “huquqiy normalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “bitta normativ-huquqiy ko‘rsatmaga” degan so‘zlar “bitta huquqiy normaga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “normativ ko‘rsatmalar” degan so‘zlar “huquqiy normalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 38-banddagi “mustaqil” degan so‘zdan keyin “(kichik band bilan bog‘liq bo‘lmagan)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
16) 41-banddagi “hujjatning” degan so‘z “normativ-huquqiy hujjatning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 42-bandning birinchi xatboshisidagi “shaklida” degan so‘z “ko‘rinishida” degan so‘z bilan almashtirilsin;
18) 46-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
19) 49-banddagi, 107-bandning oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “to‘q” degan so‘z “yarim qora” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 50-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
21) 53-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
22) 54-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi xatboshidagi “yangi hujjat” degan so‘zlar “yangi normativ-huquqiy hujjat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “normativ ko‘rsatmalarning” degan so‘zlar “huquqiy normalarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24) 57 va 58-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
25) rus tilidagi matnning 59-bandidagi “forme” degan so‘z “vide” degan so‘z bilan almashtirilsin;
26) 60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
27) 61-bandning uchinchi xatboshisi “ilova” degan so‘zdan keyin “, grafa, blok, pozitsiya” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
28) 65-banddagi “bob yoki band” degan so‘zlar “bob, paragraf, band yoki kichik band” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
29) 74-banddagi “hujjatlarning ro‘yxati” degan so‘zlar “normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yxati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
30) 75-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshidan “(masalan, 2-bandning “a” kichik bandidagi: beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidan “(masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 9-yanvardagi PQ-770-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” qarorining 1-bandi, shuningdek qarorga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
33) 82 va 83-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
34) 85-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
35) 86-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
36) 87-band “qonunchilik texnikasi qoidalariga” degan so‘zlardan keyin “, shuningdek havolaki normalar qo‘llanilishining asosliligi hamda maqsadliligiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
37) 89-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
38) 91-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshidagi “shaklida” degan so‘z “ko‘rinishida” degan so‘z bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
rus tilidagi matnning oltinchi xatboshisidan “akta” degan so‘z chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidagi “hujjat loyihasining” degan so‘zlar “loyihaning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Hujjat loyihasiga” degan so‘zlar “Loyihaga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
42) 105-bandning yettinchi xatboshisidagi “xalqaro tajriba” degan so‘zlar “xalqaro tajriba va chet davlatlar amaliyoti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
45) 111-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
46) 115-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
47) 1-ilova ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 1-ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
48) ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalarga 2 va 3-ilovalarga muvofiq tahrirda 1a va 1b-ilovalar bilan to‘ldirilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki
yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi bo‘yicha

TAQQOSLASh JADVALI

Amaldagi tahrir

Taklif etilayotgan tahrir

Asoslantirish

4. Mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

a) tuzilgan vaqti va joyi;

b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;

v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qo‘yilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid ma’lumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno;

g) mol-mulkni olib qo‘yishda ishtirok etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar ular bo‘lsa;

d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;

e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;

j) huquqbuzarning tushuntirish xati;

z) olib qo‘yilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning o‘ziga xos belgilari (og‘irligi, uzunligi va boshqalar);





i) olib qo‘yilayotgan mol-mulkning saqlanishi ta’minlanishi, shu jumladan ham buyumlarning o‘zini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qo‘yish, agar bu ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa.

To‘ldirilmoqda

4. Mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

a) tuzilgan vaqti va joyi;

b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;

v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qo‘yilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid ma’lumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno;

g) mol-mulkni olib qo‘yishda i�tirok etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar ular bo‘lsa;

d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;

e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;

j) huquqbuzarning tushuntirish xati;

z) olib qo‘yilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning o‘ziga xos belgilari (og‘irligi, uzunligi va boshqalar). Qimmatli qog‘ozlarni olib qo‘yishda olib qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarning umumiy miqdori, ularning turi va qimmatli qog‘ozlarning emitenti to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi;

i) olib qo‘yilayotgan mol-mulkning saqlanishi ta’minlanishi, shu jumladan ham buyumlarning o‘zini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qo‘yish, agar bu ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa.

Vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qo‘yish to‘g‘risidagi protokol to‘g‘ri tuzilganligi, shuningdek unda ushbu bandda nazarda tutilgan barcha ma’lumotlar ko‘rsatilishi uchun javobgar bo‘ladi.

Qo‘shimchalar qimmatli qog‘ozlarni olib qo‘yishda va keyinchalik ularning miqdori, turlari va emitent haqidagi ma’lumotlari bo‘yicha nizolashish imkoniyati bo‘lmaganda bayonnomani to‘g‘ri tuzish maqsadida kiritiladi.

Qo‘shimchalar mulkni olib qo‘yishni olib boruvchi, vakolatli idoralarning mansabdor shaxslarning mulkni olib qo‘yish bayonnomasini keyinchalik ularni amalga oshirish uchun to‘g‘ri va har tomonlama tuzishlari uchun javobgarliklarini oshirish maqsadida kiritilmoqda. Shuni qayd qilib o‘tish lozimki, mulkni olib qo‘yish bayonnomalarida barcha k�rakli ma’lumotlar, shu bilan bir qatorda olib qo‘yilgan mulkning sifatiga doir tavsiflar ko‘rsatilmayapti, bu esa

o‘z navbatida mulkning almashinuvi yoki boshqacha tarzda o‘zgarishiga va shikastlanishi uchun sharoit yaratishga sabab bo‘lmoqda

6. Olib qo‘yilgan mol-mulkning iste’mol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek uni baholash maqsadida vakolatli organning mansabdor shaxsi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert tayinlaydi.

To‘ldirilmoqda

6. Olib qo‘yilgan mol-mulkning iste’mol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek uni baholash maqsadida vakolatli organning mansabdor shaxsi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert va baholovchini tayinlaydi.

Majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan (etil, oziq-ovqat spirti, alkogolli mahsulotlar, pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiyot buyumlari, oziq-ovqatga biologik aktiv qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari bundan mustasno) va ular bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lmagan olib qo‘yilgan mahsulotlar bo‘yicha ushbu mahsulotni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uni sertifikatlashtirish va belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olish uchun sertifikatlashtirish organiga buyurtmanoma beriladi. Ishning og‘irlik darajasi, hajmi va turidan qat’i nazar, �erakli hujjatlarni topshirgan vaqtdan 10 ish kunidan 1 oygacha muddatda muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi va beriladi.

“Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasiga binoan majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulot agarda u sertifikatlashtirish talablariga muvofiq emasligi sababli sertifikatlashtirishdan o‘tmagan bo‘lsa sotish taqiqlanadi.

Agarda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulot xavfsizlik talablariga mos kelmasa u sotilishi mumkin emas va yo‘q qilinishi lozim. Shuning uchun mulkning birxillashtirish talablariga mos kelishi predmetiga qaratilgan tekshiruv mulkning davlat hisobiga o‘tkazilishi yoki yo‘q qilinishi haqidagi savollarni hal qilishdan oldin o‘tkazilishi lozim.

Olib qo‘yilgan mahsulot sertifikatlashtirilishi olib boriladigan muddat nazarda tutilgan

24. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy qimmatga ega bo‘lgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar bo‘lgan buyumlardan tashqari) diniy tashkilotlarga dalolatnoma bo‘yicha bepul beriladi.

24. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar bo‘lgan buyumlardan tashqari) keyinchalik dalolatnoma bo‘yicha diniy tashkilotlarga tekin berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga beriladi.

O‘zgarishlar ko‘rsatib o‘tilgan predmetlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga keyinchalik diniy tashkilotlarga berishi maqsadida kiritilmoqda.

60. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.

Bunda, agar sotilgan mol-mulk qiymatidan davlat organlarining maxsus hisob raqamlariga chegirishlar amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda qiymatning tegishli summasi ushbu organlar hisobidan to‘lanadi.

60. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.

Chiqarib tashlanmoqda

Qoplash proporsional olib borilishi to‘g‘risidagi norma 59-bandda berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi bo‘yicha

TAQQOSLASh JADVALI

Amaldagi tahrir

Taklif etilayotgan tahrir

Asoslantirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori

3. Bosh vazir kotibiyati, axborot tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirib borishni ta’minlash, ular ishining samaradorligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga Apparat Rahbari lavozimi kiritilsin. Belgilab qo‘yilsinki, Vazirlar Mahkamasi apparati Rahbari maqomiga ko‘ra Bosh vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Belgilansinki, Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departamentlari o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha — tegishli ravishda Bosh vazirga va uningo‘rinbosarlariga;tashkiliy

masalalar va ijro intizomi masalalari bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga bo‘ysunadilar.

Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari zimmasiga:

Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departamentlari va funksional bo‘limlari ishlarini muvofiqlashtirib borish;

Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari va qarorlari loyihalarini tayyorlash hamda imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kotibiyatiga va Bosh vazirga taqdim etish;

Vazirlar Mahkamasi komplekslarida va apparatning tarkibiy bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarining bajarilishi bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash;

Bosh vazir o‘rinbosarlari bilan birgalikda tegishli apparatning tarkibiy bo‘linmalariga bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis kadrlarni tanlash;

apparat mutaxassislari va xodimlarining ish va kasb malakasi darajasini oshirish, ularni muntazam ravishda attestatsiyadan o‘tkazish masalalari yuklansin.

O‘z kuchini yo‘qotmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 9-apreldagi PQ–834-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Apparati rahbari lavozimi tugatilib, o‘rniga Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi lavozimi kiritilgan. Ushbu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining 2-bandi bilan Ijro etuvchi apparat boshqaruvchis� vakolatlari belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari ?o‘g‘risidagi nizomga

qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi bo‘yicha

TAQQOSLASh JADVALI

Amaldagi tahrir

Taklif etilayotgan tahrir

Asoslantirish

7. Sport zaxirasini tayyorlash olib borilayotgan sport turlari hamda olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari kontingenti olimpiya zaxiralari kolleji taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

7. Sport zaxirasini tayyorlash olib borilayotgan sport turlari hamda olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari kontingenti olimpiya zaxiralari kolleji taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 600 nafar o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi, umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘g‘inlari bo‘yicha — 300 nafardan.



To‘ldirilmoqda

Olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 600 nafar o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi, umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘g‘inlari bo‘yicha —
300 nafardan.

Toshkent shahridagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 660 nafar o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi, umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘g‘inlari bo‘yicha — 330 nafardan.





Toshkent shahridagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti aniq bir son etib shakllantirilishini aniqlashtirish maqsadida qo‘shimcha kiritilmoqda.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi