Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 27.12.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Amalga oshirish shakli

Bajarish uchun mas’ullar

I. Milliy qonun hujjatlarini XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalariga muvofiq takomillashtirish

1.

Xalqaro mehnat konferensiyasi (XMK) sessiyalarida qabul qilingan qarorlar, XMT Ustaviga muvofiq, ratifikatsiya qilingan konvensiyalar normalaridan kelib chiqqan holda milliy ijtimoiy-mehnat qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar to‘g‘risida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini xabardor qilish.

Har yili

XMK sessiyasida qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida axborot

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi

2.

Oliy Majlis palatalarida “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamalarida qatnashish.

Mehnat qonunchiligi masalalari bo‘yicha tomonlarning ijtimoiy sheriklik borasidagi samarali faoliyati uchun ushbu Qonunning maqsadlari va ahamiyatini tushuntirishga doir ishlarni amalga oshirish.

2014-yil

III chorak


2014-2015-yillar

Qonun loyihasini muhokama qilishda qatnashish


Qo‘shma tadbirlar rejasi

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

Bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga hamda mamlakatda iqtisodiyotni yanada chuqurlashtirish, takomillashtirish, erkinlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga hamda mamlakatimizdagi mehnat qonunchiligiga muvofiq bo‘lgan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (yangi tahrirdagi) loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasiga kiritish 2015-yil
III chorak

Oliy Majlisga kiritish 2016-yil
I chorak

Qonun loyihasi

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Ayollar va yoshlar uchun qo‘shimcha kafolatlar berish bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish maqsadida ularning XMT konvensiyalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazish, amaldagi normalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Xatlovni o‘tkazish — 2014-yil III chorak Takliflar ishlab chiqish — 2014-yil IV chorak

Tahliliy xat

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Kamolot” YIH, Bandlik, mehnatni muhofaza qilish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 225-moddasida nazarda tutilgan tartibotlarga muvofiq ayollar uchun qo‘lda og‘ir yuklarni ko‘tarish va boshqa joyga tashishning cheklangan normalarini qayta ko‘rib chiqish va ularga o‘zgartirishlar kiritish.

2014-yil

IV chorak

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi

6.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni, texnologik jihatdan qayta jihozlashni va shart-sharoitlarni yaxshilashni, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha zamonaviy talablar joriy etilishini hisobga olgan holda O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslar mehnatini qo‘llanish taqiqlanadigan, mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxatini unifikatsiya qilish.

2015-yil

I chorak

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi

7.

16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014-yil

IV chorak

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida buyrug‘i

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi

II. XMTning majburiy va bolalar mehnati masalalari bo‘yicha ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini bajarish

8.

1-T (yillik), 1-KV (yillik) va 1-FX (yillik) shakllar bo‘yicha statistika hisobotlari asosida 18 yoshdan kichik xodimlarning soni to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini tayyorlash.

Har yili

2014 — 2016-yillar mobaynida

Statistika ma’lumotlari va axborotlarini shakllantirish

Davlat statistika qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

9.

XMT IPEK metodologiya va instrumentlaridan foydalangan holda milliy monitoringni o‘tkazish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bolalar mehnatini qo‘llanishga yo‘l qo‘ymaslik, qonunchilikda belgilangan voyaga yetmaganlar mehnati normalariga, sharoitlariga va talablarga, shuningdek bolalar mehnati masalalari bo‘yicha ratifikatsiya qilingan 138-son va 182-son Konvensiyalarning qoidalariga ular tomonidan rioya etilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash.

Har yili

belgilangan muddatlarda

Monitoring dasturi va tekshirishlar jadvali

Bolalar mehnati masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Barcha maktablar va kollejlarda, shu jumladan qishloq joylardagi maktablar va kollejlarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqti samarali o‘tkazilishini, o‘quvchilarning qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklari va sport seksiyalari ishlari faollashtirilishini ta’minlash.

Jadval bo‘yicha

Qo‘shimcha darslar o‘tkazish, to‘garaklar, sport seksiyalari ishlarini faollashtirish

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “Kamolot” YIH, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Majburiy, shuningdek bolalar mehnati bo‘yicha XMT konvensiyalarini bajarishda ish beruvchilar va xodimlarning ishtiroki masalalariga doir ishlarning qo‘shma kompleks rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014-yil

III chorak

Ishlarning qo‘shma rejasi

Savdo-sanoat palatasi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi

12.

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, shu jumladan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini aniq korxonalarga oldindan biriktirib qo‘yishni tashkil etish, bo‘sh ish o‘rinlarining ixtisoslashtirilgan yarmarkalarini o‘tkazish yo‘li bilan ishga joylashtirishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Har yili

Chora-tadbirlar kompleksi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari

13.

Maktablarda (yuqori sinflar o‘quvchilari uchun), litseylar va kollejlarda voyaga yetmagan bolalar huquqlarini hamda MXTning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari qoidalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan sohaga doir o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish.

2014 — 2016-yillar

Bajaruvchilarning qarorlari

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

III. XMT bilan o‘zaro hamkorlik qilish, hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish

14.

Ratifikatsiya qilingan 29, 47, 52, 98, 100, 103, 105, 111, 122, 135, 138, 154, 182-son konvensiyalar bo‘yicha yangilangan axborotni XMTga taqdim etish.

XMT Ustaviga muvofiq

XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari bajarilishi to‘g‘risidagi har yili yangilanadigan axborot

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Idoralararo ishchi guruh (IIG)

15.

O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan va ratifikatsiya qilinmagan konvensiyalar, shuningdek XMT tavsiyalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash va XMTga taqdim etish.

Har yili

Tahliliy axborot

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi

16.

2014 — 2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasining munosib mehnat bo‘yicha Mamlakat dasturiga kiritilgan tadbir-

larni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish.

2014 — 2016-yillar

Bajaruvchilarning chora-tadbirlari rejasi

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba

uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi

17.

Bolalar mehnati masalalari bo‘yicha XMT IPEK dasturida O‘zbekistonning ishtirokini ishlab chiqish.

2014-yil IV chorak

Bajaruvchilarning qarorlari

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

18.

XMTning texnik ko‘magi doirasida “Kichik korxonalarda mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash” loyihasini amalga oshirishga doir masalalarni ishlab chiqish.

2014-yil III chorak

Tadbirlar rejasi loyihasi

Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

19.

Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish markazi negizida kichik korxonalarning raqobatbardoshliligini oshirish bo‘yicha XMT Dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2014-yil III chorak

Dastur loyihasini ishlab chiqish

Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

20.

2014 — 2016-yillarda munosib mehnat bo‘yicha XMTning Mamlakat dasturini amalga oshirish uchun munosib mehnat masalalari bo‘yicha texnik qo‘llab-quvvatlash ekspertlarining tashrifini tashkil etish.

2014 — 2016-yillar

Tashrifni tashkil etish

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

21.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun XMT Byurosining texnik qo‘llab-quvvatlashi bilan kasaba uyushmalari kadrlarini o‘qitishning modul tizimini joriy etish.

2014-yil IV chorak

Tadbirlar rejasi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun XMT Byurosi bilan birgalikda

22.

Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (XKUK) va Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti (XIBT) bilan hamkorlikni, shuningdek Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun XMT Byurosi mas’ulligi zonasiga kiruvchi mamlakatlarning ish beruvchilar tashkilotlari va kasaba uyushmalari markazlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining XKUKga, Savdo-sanoat palatasining esa — XIBTga kirishi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish.

Tasdiqlash —

2014-yil III chorak

Amalga oshirish —

2014 — 2016-yillar

XKUK va XIBT bilan hamkorlik bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi

23.

O‘zbekiston tomonidan XMT konvensiyalarini amalga oshirish masalalarida rivojlangan mamlakatlarning tashkilotlari xodimlari va ish beruvchilari bilan hamkorlikni rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish.

2014 — 2016-yillar

Tadbirlar rejasi

Savdo-sanoat palatasi,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi

24.

XMT, JB va OTB bilan birgalikda paxta ishlarini mexanizatsiyalashtirishning mehnat bozoriga ta’siri yuzasidan qishloq xo‘jaligida mehnatning shart-sharoitlari masalalarini tadqiq etish, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan xodimlarni yollash tizimini takomillashtirish, ularning ijtimoiy himoyasi va mehnatini muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

2014 — 2016-yillar

Tadqiqot dasturi

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Mehna� va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Paxta terimchilarini fermer xo‘jaliklari tomonidan mehnat bozori institutlari orqali erkin yollashni ta’minlash uchun institutsional asosni tashkil etish.

Qaror qabul qilish —
2015-yil I chorak

Amalga oshirish — 2015-2016

yillar

Bajaruvchilarning qo‘shma qarori

O‘zbekiston Fermyerlari kengashi,

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Konvensiyalar, shu jumladan 81, 87, 129, 132, 144, 183-son konvensiyalarning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishi mumkinligi yuzasidan konvensiyalarni implementatsiya qilishni davom ettirishga doir XMT tavsiyalari bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

O‘rganish jadvalini tasdiqlash —

2014-yil III chorak

Takliflarni tayyorlash —

2014 — 2016-yillar

XMT tavsiyalari va konvensiyalarini o‘rganish jadvali va ularning ro‘yxati, takliflar

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi,

Toshkent davlat yuridik universiteti

IV. O‘zbekiston Respublikasida XMT ijtimoiy sheriklarining salohiyatini kuchaytirish

27.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xodimlarining Moskva va Turinda XMT o‘quv markazlarida malaka oshirishini tashkil etish.

Tasdiqlash —

2014-yil III chorak

Amalga oshirish —

2014 — 2016-yillar

Malaka oshirish dasturlari, XMT bilan kelishuv bo‘yicha

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

28.

Respublikaning har bir yirik tumani va shahrida mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda majburiy mehnat va bolalar mehnati bo‘yicha XMT konvensiyalari talablariga rioya qilinishini tekshirish va nazorat qilishni ta’minlash uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida davlat mehnat huquq inspektorlarining bittadan shtat birligini joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqish.

2015-yil I chorak

Bajaruvchilarning qarorlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi

29.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi negizida tadbirkorlar va boshqa ish beruvchilarni mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik asoslariga va XMT konvensiyalari normalariga o‘qitish bo‘yicha markaz ta’sis etish.

2014-yil IV chorak

Tadbirkorlarni o‘qitish markazi tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis hujjatlari

Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi -XMTning qo‘llab-quvvatlashi bilan

30.

XMTning “Fermyerlar mehnatini muhofaza qilish” o‘quv moduli bo‘yicha joylarda fermyerlarni o‘qitishni tashkil etish.

Tasdiqlash —

2014-yil III chorak

Amalga oshirish —

2014 — 2016-yillar

O‘qitish jadvali

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Fermyerlari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

31.

XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari to‘g‘risidagi ta’lim kurslarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining o‘quv dasturlariga kiritish. Ta’lim kurslari:

vazirliklar va idoralarning xodimlari:

shaharlar va tumanlar hokimlari, hokimlari o‘rinbosarlari;

ta’lim muassasalari rahbarlari;

tuman va shahar xotin-qizlar qo‘mitalari raislari;

“Mahalla” fondining joylardagi vakillari va qishloq fuqarolar yig‘inlari raislari;

“Kamolot” YIH viloyat va tuman boshqarmalari raislari;

viloyat va tuman Fermyerlar kengashlari raislarining malakasini oshirishga yo‘naltiriladi.

Tasdiqlash —

2014-yil III chorak

Amalga oshirish —

2014 — 2016-yillar

O‘qitish jadvali

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi,

“Kamolot” YIH, Xotin-qizlar qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

V. XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlari

32.

O‘zbekiston Respublikasida XMTning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining asosiy qoidalariga rioya qilish va ularni amalga oshirish masalalari bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining mutaxassislari va vakillari ishtirokida teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlash hamda ularni efirga uzatish.

Tasdiqlash —

2014-yil III chorak

Amalga oshirish —

2014 — 2016-yillar

Ko‘rsatuv va eshittirishlarni ishlab chiqish va efirga uzatishning qo‘shma rejasi

Milliy teleradiokompaniya,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,

Savdo-sanoat palatasi,

O‘zbekiston Fermyerlari kengashi

33.

XMTning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha respublikada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy sheriklar bilan keng axborot-tushuntirish ishlari olib borish.

2014 — 2016

yillar

Axborot materiallari tayyorlash

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,

Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi

34.

XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bajarilishi to‘g‘risidagi axborotni OAVda muntazam yoritish va ixtisosli tashkilotlarning internet-saytlarida joylashtirish.

2014 — 2016

yillar

Bajaruvchilarning reja-jadvali

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,

Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi

35.

XMT kotibiyatining, XKUK, XIBT, XMTning Moskvadagi Submintaqaviy byurosi va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillarini taklif etgan holda, O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar (yoki xorijiy sheriklarni jalb etgan holda boshqa tadbirlar) o‘tkazish.

2014 — 2016

yillar

Seminar,

konferensiyalar o‘tkazish dasturi

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

36.

XMTning konvensiyalari va tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar to‘g‘risida brifing o‘tkazish.

Har yili

Brifing o‘tkazish

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

37.

Xodimlarni ishga yollash, yoshlarni ishga joylashtirish, bolalar mehnatining eng yomon shakllariga bolalarning jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek XMT konvensiyalari qoidalarini bajarish masalalari bo‘yicha XMT qo‘llanmalarini, shuningdek “Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik” (ish beruvchilar uchun qo‘llanma); “Mehnat bozori: yoshlar uchun ish izlash ko‘nikmalari”; “Yoshlar bilan ishlash — kichik biznes uchun maslahatlar” qo‘llanmalarini tarjima qilish va ish beruvchilar uchun o‘zbek va rus tillarida e’lon qilish.

2014-yil III chorak

Qo‘llanmalar turkumi

Savdo-sanoat palatasi,

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

38.

Xotin-qizlar va yoshlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berish masalalarini jamoaviy shartnomalar va bitimlar orqali tartibga solish.

2014 — 2016

yillar

Jamoaviy shartnomalar

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

39.

Mehnatning dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini, aholining bandligi va ijtimoiy muhofazasini muhokama qilish uchun vazirliklar va idoralar, kasaba uyushmalari faollari hamda respublikaning ish beruvchilari vakillari ishtirokida “davra suhbati” shaklida uchrashuvlar o‘tkazish.

Har yili

Tavsiyalarni ishlab chiqqan holda ijtimoiy-mehnat sohasidagi muammolarni muhokama qilish

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,

Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

40.

Jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirokida Jahon munosib mehnat kuniga bag‘ishlangan “davra suhbati” tashkil etish va o‘tkazish.

Har yili

“Davra suhbati” dasturi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi