“Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sarf-xarajatlarni to‘lashni va talablarni qondirishni va ish haqi bo‘yicha qarzlarni to‘lashni;
Tijorat banki tomonidan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sarf-xarajatlar va talablarni qondirish va ish haqi bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash xo‘jalik sudi tomonidan kreditorlik qarzi tarkibida bank kreditlari bo‘yicha 70 va undan ko‘p foiz qarzdorlikka ega bo‘lgan bankrot korxonaning mol-mulkini kreditor bankning mulkiga tugatish qiymati bo‘yicha berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan paytdan boshlab bir oydan oshmasligi kerak.
Mazkur bandning uchinchi — oltinchi xatboshida ko‘rsatilgan tartib 2005 — 2007-yillarda amal qiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
31. Mol-mulkning qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan boshlab tugatuvchi boshqaruvchining kreditorlar bilan o‘zaro munosabatlari, ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan hollarda alohida shartnoma bilan rasmiylashtiriladi, unda kelgusidagi xarajatlar (shu jumladan tugatuvchi boshqaruvchining haqi) miqdori, ularni to‘lash tartibi va muddatlari ko‘rsatiladi, keyinchalik u xo‘jalik sudi tomonidan tasdiqlanadi.