Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
VETERINARIYADA GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARDAN FOYDALANISh TARTIBINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA

Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibi

I. Umumiy qoidalar

II. Giyohvandlik vositalarini saqlash, berish, sotish, taqsimlash va hisobga olish tartibi

Giyohvandlik vositalarini veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida) saqlash, berish, hisobga olish

Veterinariya dorixonalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, berish, sotish va hisobga olish

Veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, hisobga olish, berish va qo‘llanish

Giyohvandlik vositalari uchun retsept yozish qoidalari

Veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, berish va hisobga olish

Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida giyohvandlik vositalarini saqlash, berish, hisobga olish va sotish

III. Psixotrop moddalarni saqlash, berish, sotish va hisobga olish tartibi

Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida), veterinariya dorixonalarida, veterinariya davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalarida, veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida psixotrop moddalarni saqlash, hisobga olish va berish

O‘zbekiston Respublikasida nazoratda bo‘lgan psixotrop moddalarni veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida saqlash, hisobga olish, berish va sotish

IV. Prekursorlarni saqlash, berish, hisobga olish va sotish tartibi

Veterinariya preparatlari omborlarida (bazalarida), veterinariya dorixonalarida, laboratoriyalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida, davolash-profilaktika muassasalarida, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalarida prekursorlarni saqlash, berish, hisobga olish va sotish

Veterinariya farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarida prekursorlarni saqlash, hisobga olish va berish

V. Maxsus daftarlarni yuritish va saqlash tartibi

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq operatsiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish maxsus daftarlarini yuritish va saqlash

Veterinariya preparatlari omborlari (bazalari)dagi giyohvandlik vositalarini hisobga olish daftari

Veterinariya preparatlari omborlari (bazalari)dagi giyohvandlik vositalariga maxsus dorinoma blankalarini hisobga olish jurnali

Veterinariya dorixonalarida giyohvandlik vositalarini hisobga olish daftari

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasiga taqdim etiladigan veterinariya preparatlari omborlari (bazalari)dan, veterinariya dorixonalaridan, davolash-profilaktika veterinariya muassasalaridan, xo‘jaliklar va korxonalardan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning talon-toroj qilinishi va o‘g‘irlanishi to‘g‘risidagi navbatdan tashqari ma’lumot

Veterinariya maqsadlari uchun dorivor giyohvandlik vositalariga maxsus dorinoma blankasi shakli

Davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik fermalari hamda xo‘jaliklar va korxonalar bo‘limlarining davolovchi veterinariya vrachlari va feldshyerlaridagi giyohvandlik vositalarini hisobga olish daftari

Giyohvandlik vositalariga maxsus dorinoma blankalarini hisobga olish jurnali

Tekshirish uchun qabul qilinayotgan giyohvandlik vositalarini hisobga olish daftari

Veterinariya ilmiy-tekshirish muassasalari, oliy o‘quv yurtlari va sinov laboratoriyalarida giyohvandlik vositalarini hisobga olish daftari

Veterinariya dorixonalarida psixotrop moddalarni hisobga olish daftari

Veterinariya preparatlari va farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalarining omborlari (bazalari)dagi psixotrop moddalarni hisobga olish daftari

Veterinariya dorixonalarida prekursorlarni hisobga olish daftari

Ilmiy, tahlil va tashxis laboratoriyalarida qo‘llaniladigan prekursorlarni hisobga olish daftari

Hujjat 12.09.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish tartibi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi, “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
3. Veterinariya maqsadlari uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning II, III va IV ro‘yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar qo‘llanishi mumkin.
14. Giyohvandlik vositalari va maxsus retseptura blankalari omborlarda (bazalarda) mazkur Tartibga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha raqamlangan va ip o‘tkazib tikilgan, veterinariya muassasasi rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan maxsus daftarlarda hisobga olinadi.
17. O‘ziga xizmat vazifalariga ko‘ra giyohvandlik vositalari bo‘yicha bevosita ruxsati bo‘ladigan shaxslarni ishga qabul qilishda ushbu shaxslarni “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tanishtirish, shuningdek u bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga (kontraktga) mazkur Tartibga rioya etmaganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qoidalar kiritilishi zarur.
20. Giyohvandlik vositalari mazkur Tartibga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va muassasa yoki yuqori tashkilot rahbarining imzosi hamda muhr bilan tasdiqlangan maxsus daftarda ashyoviy-miqdoriy hisobda turishi kerak.
Giyohvandlik vositalari talon-toroj qilingan va o‘g‘irlangan taqdirda mazkur Tartibga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha dorixona mudiri zudlik bilan bu to‘g‘rida ichki ishlar organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya davlat bosh boshqarmasiga bu to‘g‘rida xabar beradigan, davlat veterinariya xizmati yuqori organiga xabar qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Veterinariya dorixonalari uchun (2-band) nazarda tutilgan giyohvandlik dorivor vositalarni hisobga olish va berish tartibi veterinariya davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik xo‘jaliklari va korxonalari dorixonalariga ham joriy etiladi.
35. Davolash-profilaktika muassasalari, chorvachilik firmalari va xo‘jaliklari bo‘limlari hamda korxonalarining davolovchi vrachlari va feldshyerlaridagi giyohvandlik vositalari mazkur Tartibga 8-ilovada ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha ip bilan tikilgan, nomerlangan va veterinariya davolash-profilaktika muassasasi, xo‘jalik yoki korxona veterinariya xizmati rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan holda maxsus daftarda ashyoviy-miqdor bo‘yicha hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Giyohvandlik vositalari veterinariya ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida va sinov laboratoriyalarida mazkur Tartibga 10 va 11-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha, alohida, nomerlangan va ip o‘tkazib tikilgan daftarda tashkilot rahbarining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan ashyoviy-miqdor bo‘yicha hisobga olinishi kerak.
78. O‘zbekiston Respublikasida nazoratda bo‘lgan psixotrop moddalar nomerlangan, ip o‘tkazib tikilgan, rahbarning imzosi va muassasa yoki yuqori tashkilot muhri bilan tasdiqlangan (mazkur Tartibga 12-ilova) maxsus daftarda ashyoviy-miqdor bo‘yicha hisobda turishi kerak. Har oyning 1-kunida ularning ixtiyoridagi mavjud psixotrop moddalar belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkaziladi va balans tuziladi. Balansdagi ma’lumotlarda normadan ortiqcha sarflashlar yoki o‘tkazilgan xatlov natijasi bilan balans ma’lumotlarida nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, dorixona mudiri uch kun muddatda bu to‘g‘rida yuqori tashkilotga va ichki ishlar organlariga xabar beradi.
120. Ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishdagi har qanday operatsiyalar ro‘yxatdan o‘tkazish daftarida qayd etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi