Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

1991-yilning 15-fevralida respublikada qabul qilingan «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi Qonun haqiqiy mustaqillikka erishish, respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish yo‘lida jamiyatni jipslashtirishga umuman ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasida ko‘zda tutilgan jamoat birlashmalarining ustavlarini ular o‘z faoliyatlarini, shu jumladan noshirlik faoliyatlarini, matbaa nashrlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbaalari xususidagi dalolatnoma (deklaratsiya) taqdim etganlaridan keyingina ro‘yxatdan o‘tkazsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Prokuraturasi, Davlat soliq bosh boshqarmasi yuqorida qayd etib o‘tilgan Qonunga muvofiq tarzda ro‘yxatdan o‘tgan jamoat birlashmalari faoliyatining mablag‘ bilan ta’minlanishining qonunda ko‘zda tutilgan tartibi va manbalari to‘g‘risidagi qoidalariga qat’iy rioya etsin.
4. Qonunchilik, qonuniylik va huquq-tartibot masalalari qo‘mitasi jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi Qonunga tegishli qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish xususida takliflar tayyorlasin va uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi