Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 18.09.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasiga muvofiq, har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Psixiatriya yordami ruhiy holati buzilgan shaxslarning ruhiy sog‘lig‘ini 2000-yil 31-avgustdagi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibda tekshiruvdan o‘tkazishni, ularni profilaktika qilishni, ularga tashxis qo‘yish, ularni davolash, parvarishlash va tibbiy-ijtimoiy jihatdan tiklashni o‘z ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Shuningdek, 2001-yil 11-maydagi “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida sil kasalligining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, sanitariya- gigiyenaga oid, epidemiyaga qarshi va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishning, shuningdek sil kasalligiga chalingan bemorlarni aniqlash, davolash, dispanser ko‘rigidan o‘tkazish va reabilitatsiya qilishning huquqiy asoslari belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuqorida qayd etilgan qonunlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga 331 va 332-boblari kiritilgan bo‘lib, tegishincha shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish hamda shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi fuqarolik ishlarini alohida ish yuritish tartibida ko‘rish belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
2. “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 27, 29-moddalariga muvofiq, agar ruhiy holati buzilgan shaxsni faqat statsionar sharoitida tekshiruvdan o‘tkazish yoki davolash mumkin bo‘lsa, ruhiy holatning buzilishi esa og‘ir va uning o‘zi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tug‘dirishi, uning nochorligi, ya’ni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi, agar shaxs psixiatriya yordamisiz qoldirilgudek bo‘lsa, ruhiy holati yomonlashuvi oqibatida uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, uni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya muassasasiga yotqizish masalasi sudlar tomonidan hal qilinishi tushuntirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Sudlarning e’tibori FPK 160-moddasida nazarda tutilgan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bo‘yicha harakatlar bilan birgalikda ushbu kodeksning 2971-moddasida nazarda tutilgan arizani sudda ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida bo‘lib turishi masalasini hal etishlari lozimligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
FPK 2972-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sud majlisiga muassasa vakilining uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi arizani ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud uning kelishini shart deb topishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda, Qonunning 9-moddasiga muvofiq, fuqaro o‘ziga psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun o‘zi xohlagan vakilni taklif etishga haqli. Vakillikni rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasida, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, dispanser hisobida turgan hamda tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo‘yin tovlayotgan shaxs sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga sudning hal qiluv qarori asosida g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizilishi belgilanganligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
8. Qonunning 122-moddasida, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lishining davomiylik muddati olti oygacha etib belgilanganligiga, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda davolanishda bo‘lishi muddati ushbu muassasa tibbiy komissiyasining xulosasi asosida sud tomonidan olti oygacha uzaytirilishi mumkinligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
FPK 2976-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, sud majlisiga muassasa vakilining — tibbiy komissiya a’zosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining uzrsiz sababga ko‘ra kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud ularning kelishini shart deb topishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan bemorning huquqlaridan kelib chiqib, shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarida yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari yopiq sud majlisida ko‘rilishi tushuntirilsin.
FPKning 219-moddasiga asosan sudlar tomonidan shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarori darhol ijroga qaratilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Sudlar shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlarini ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni 28-moddasida va “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 122-moddasida belgilangan muddatlarga qanchalik rioya qilinganligiga alohida e’tibor qaratishlari, bu borada aniqlangan qonun buzilishi holatlariga har doim ham FPKning 19-moddasiga asosan munosabat bildirib borish chorasini ko‘rishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi