Ushbu Qonunning 9 va
12-moddalarida nazarda tutilgan tekshirishni o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirishni o‘tkazish boshlangan payt hisoblanadi. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan uning o‘zi va tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt mazkur dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni o‘tkazish boshlangan payt hisoblanadi.