Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
“Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

ILOVA
“Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Hujjat 11.01.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi 200-son “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 407-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. Buyruq muqaddimasidagi “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 355-modda)” degan so‘zlar “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Nizom muqaddimasidagi “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 355-modda)” degan so‘zlar “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi