Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017
Hujjat 29.02.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 28-fevraldagi PQ-804-son qarori bilan tashkil etilgan “Transyo‘lqurilish kompaniyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Kompaniya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Kompaniya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga amal qiladi.
Amalga oshirilishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab etiladigan faoliyat turlari, ushbu Ustavning 14-bandida ko‘rsatilgan faoliyat turlari bundan mustasno, Kompaniya tomonidan belgilangan tartibda tegishli litsenziya olingandan keyin amalga oshiriladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi