Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish to‘g‘risidagi namunaviy bitimni tasdiqlash haqida

ILOVA
Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish to‘g‘risida NAMUNAVIY BITIM

Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.09.2021
Hujjat 10.09.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi

20___ y. “___” ________________

____________-son

___________ tumani (shahri)
______________________________________________ tumani (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini

(tuman (shahar) nomi)

metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi nomidan nizom asosida faoliyat yurituvchi bo‘lim mudiri _________________________________________________________________________ (bundan buyon matnda

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Vasiylik va homiylik organi deb yuritiladi) bir tomondan, fuqaro(lar)________________________________
___________________________________________________________________________________________

(er-xotin yoki alohida fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi)

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(yashash manzili)

___________________________________________________________________________________________
(pasport seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilgan)

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
(oilaviy sharoitining qisqacha tavsifi)

(bundan buyon matnda Tutingan ota-onalar deb yuritiladi) ikkinchi tomondan, birgalikda Tomonlar deb yuritiladi, mazkur Bitimni quyidagilar haqida tuzdilar:

1-bob. Bitim predmeti

1. Vasiylik va homiylik organi ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan 20__ yil “___” ________ da tug‘ilgan____________________________________________________________________________________

(voyaga yetmaganning familiyasi, ismi va otasining ismi)

___________________________________________________________________________ ning (bundan buyon matnda Tutingan bola deb yuritiladi) huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlagan holda Tutingan o�a-onalarga tarbiyalash uchun topshirish majburiyatini, Tutingan ota-onalar esa mazkur Bitim shartlariga asosan Tutingan bolaning barcha huquqlarini ta’minlagan holda tarbiyalash uchun oilaga qabul qilib olish majburiyatini oladi.

2-bob. Umumiy shartlar

2. Tutingan bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat) O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Tutingan ota-onalar tomonidan Tutingan bolani oilaga tarbiyaga olish ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllaridan biri hisoblanadi.

3-bob. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari

4. Vasiylik va homiylik organi quyidagi huquqlarga ega:
a) mazkur Bitimning 16-bandida belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda uni muddatidan oldin bekor qilish;
b) Tutingan bolaning manfaatlari yo‘lida istalgan vaqtda bolaning sog‘lig‘i, ta’lim-tarbiyasi va turmush sharoitini borib o‘rganish;
v) Tutingan ota-onalardan o‘z majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risida hamda Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal bo‘yicha hisobotlarni qabul qilish;
g) Tutingan ota-onalar o‘z huquqlaridan g‘arazgo‘ylik yoki boshqa niyatlarda, Tutingan bolaga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek uni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, ularni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qo‘zg‘atish;
d) mazkur Bitim bo‘yicha kelib chiqadigan nizolar yuzasidan sudda ishtirok etish.
5. Vasiylik va homiylik organining majburiyatlari:
a) bir yilda kamida ikki marotaba Tutingan bolaning turmush sharoitlarini va tarbiyalanishini borib o‘rganish;
b) Tutingan ota-onalarni sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yangilash lozimligi haqida joriy yil tugashidan bir oy oldin ogohlantirish;
v) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Tutingan bolani har yili bir marta kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash va Tutingan ota-onalarga har oyda nafaqa to‘lab borish choralarini ko‘rish;
g) mazkur Bitim tuzilayotganda Tutingan ota-onalarga Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan ta’minlash hamda bolani o‘z tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1189, 2002-yil 18-noyabr) talablarini tushuntirish.

6. Tutingan ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:

a) mazkur Bitimning 15-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollarda uni muddatidan oldin bekor qilish yuzasidan Vasiylik va homiylik organiga murojaat qilish;
b) Tutingan bolaga nisbatan vasiy (homiy) huquqlariga ega bo‘lish;
v) Tutingan bola nomidan hamda uning manfaatlarini ko‘zlab qonun hujjatlari talablariga zid bo‘lmagan barcha zarur bitimlarni tuzish;
g) Tutingan bolaga kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun ajratilgan mablag‘larni naqd pul shaklida yoki bank plastik kartasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan olish;
d) Tutingan bolaning manfaatlari yo‘lida sarflash uchun eng kam ish haqining uch baravari miqdorida har oylik nafaqa olish.
7. Tutingan ota-onalarning majburiyatlari:
a) Tutingan bolaga nisbatan vasiy (homiy) majburiyatlarini bajarish;
b) qonuniy vakil sifatida Tutingan bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, unga o‘z huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashish va shart-sharoitlar yaratib berish;
v) Tutingan bolani keyingi yil uchun zarur bo‘lgan kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-dekabrigacha Vasiylik va homiylik organiga buyurtma taqdim etish;
g) o‘z majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risida hamda Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal bo‘yicha hisobotlarni har yili 10-yanvargacha Vasiylik va homiylik organiga taqdim etish;
d) Tutingan bola uchun sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal bo‘yicha hisobot bilan birga, mazkur mahsulotlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (kassa cheki yoxud tovarga haq to‘langanligini tasdiqlaydigan chekka tenglashtirilgan hujjat) taqdim etish;
e) o‘zining sog‘lig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili 10-yanvargacha Vasiylik va homiylik organiga taqdim etish.
8. Tomonlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

4-bob. Tutingan bolani ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berish

9. Tutingan bolani ta’minlash, tarbiyalash va uning ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish Tutingan ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi.
10. Tutingan bola tarbiyalanayotgan oiladagi bolalarning umumiy soni, o‘z bolalari va Tutingan bolalar bilan birgalikda, qoida tariqasida, 8 nafardan oshmasligi kerak.
11. Tutingan bolalar Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan ta’minlash hamda bolani o‘z tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1189, 2002-yil 18-noyabr) muvofiq zarur kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlanadi. Tutingan ota-onalarga Tutingan bolaning manfaatlari yo‘lida sarflash uchun eng kam ish haqining uch baravari miqdorida har oylik nafaqa to‘lanadi.
12. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning ta’minoti, unga ta’lim-tarbiya berish va uning sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha tegishli davlat organlari va mu�ssasalaridan huquqiy, uslubiy, diagnostika va maslahat yordami olishi mumkin.
13. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning maktabgacha ta’lim (ixtiyoriy), umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishi uchun barcha sharoitlarni ta’minlaydi.
14. Tutingan ota-onalar Tutingan bolaning sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qiladi.

5-bob. Bitimni bekor qilish asoslari va oqibatlari

15. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 196-moddasiga muvofiq, mazkur Bitim quyidagi hollarda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin:
uzrli sabablar (kasalligi, oilaviy yoki mulkiy mavqeyining o‘zgarishi, Tutingan bola bilan o‘zaro bir-birini tushunmaslik va boshqa sabablar) mavjud bo‘lsa, Tutingan ota-ona tashabbusi bilan;
Vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan;
Tutingan bola ota-onasiga qaytarilganda;
Tutingan bola farzandlikka olinganda.
16. Mazkur Bitim quyidagi hollarda Vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin:
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi nizomning ikkinchi bo‘limi 4-bandiga muvofiq, Tutingan ota-ona bundan keyin Tutingan ota-ona vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar paydo bo‘lsa;
Tutingan bolaning turmush sharoitlarini va tarbiyalanishini kuzatib borish jarayonida Tutingan ota-ona mazkur Bitim shartlariga rioya qilmayotganligi aniqlansa.
17. Mazkur Bitimni Tutingan ota-ona tashabbusi bilan bekor qilish ularning arizasi asosida uch kun ichida Vasiylik va homiylik organi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
18. Mazkur Bitimning 15-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda Bitimni bekor qilish Tutingan ota-onalarni kamida bir hafta oldin yozma ravishda ogohlantirgan holda Vasiylik va homiylik organi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
19. Mazkur Bitim bekor qilingan kundan boshlab Tutingan ota-ona Tutingan bolaga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini yo‘qotadi, Tutingan ota-ona orqali Tutingan bolani zarur kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash hamda uning manfaatlari yo‘lida sarflash uchun har oylik nafaqa to‘lash to‘xtatiladi. Bunda Tutingan bola uchun kiyim-bosh va poyabzal sotib olishga ajratilgan mablag‘lar hisobidan xarid qilingan ashyolar Tutingan bolaning o‘zida qoldiriladi.
20. Mazkur Bitim uning 15-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilingan hollarda Vasiylik va homiylik organi Tutingan bolaning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda uni joylashtirish choralarini ko‘radi.

6-bob. Nizolarni hal qilish

21. Tutingan ota-ona Vasiylik va homiylik organining mazkur Bitimni tuzish, ijro etish, o‘zgartirish va bekor qilish bo‘yicha xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
22. Vasiylik va homiylik organi Tutingan bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

7-bob. Yakuniy qoidalar

23. Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Tutingan bola o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.
24. Mazkur Bitimga qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish kiritilishi munosabati bilan va/yoki Tomonlarning kelishuviga muvofiq yozma shaklda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bitimning qonun hujjatlari asosida belgilangan shartlari o‘zgartirilishi mumkin emas.
25. Mazkur Bitimda ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
26. Mazkur Bitim ikki nusxada tuzildi, Vasiylik va homiylik organi hamda Tutingan ota-onalarda bir nusxadan saqlanadi.

8-bob. Tomonlarning yuridik manzillari va boshqa rekvizitlari

Tutingan ota-onalarVasiylik va homiylik organi
Yashash manzili:____________________________
__________________________________________________________________________________
Yuridik manzili:__________________________
__________________________________________________________________________________

Pasport ma’lumotlari: _____________________
_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________(F.I.O.)

Bank rekvizitlari:_________________________
_________________________________________
MFO: ___________________________________
STIR: ___________________________________
__________________________________________________________________________________
(rahbarning F.I.O.)

_________________________________________
(imzo)

_________________________________________
(imzo, muhr)

(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi