Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 20.02.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 2017-yilning 25-sentabridan boshlab o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda) 1-bandining yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da” so‘zlaridan keyin “va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida” so‘zlari qo‘shilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 19-maydagi 197-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 26-modda) 1-bandining uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da” so‘zlaridan keyin “va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida” so‘zlari qo‘shilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 8-modda) 75-bandidagi “va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plamida” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plamida va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi