Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 10.10.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 12-iyuldagi 247-son va “Litsenziyalashni bekor qilish hamda iste’mol tovarlarini olib kelish va O‘zbekiston Respublikasining ichki bozorida sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 20-avgustdagi 295-son qarorlarini bajarish yuzasidan hamda iste’mol tovarlari olib keluvchi korxonalarning so‘mlardagi mablag‘larini konvertatsiya qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin hamda ularning ba’zilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 14-yanvardagi 19-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 4-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshidan “(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyalariga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan import bo‘yicha olib kelinayotganlardan tashqari)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “1999-yil uchun naqd pul emissiyasi darajasi va kassa rejasi parametrlari to‘g‘risida” 1999-yil 14-yanvardagi 22-son qarorining 6-bandidan “Markaziy bank litsenziyalariga ega bo‘lgan ulgurji savdo korxonalari” so‘zlari “iste’mol tovarlarini import qiluvchi ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Import iste’mol tovarlari olib kelish va sotishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 24-iyundagi 242-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 31-modda)ning 2-bandidan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyalariga ega bo‘lgan iste’mol tovarlari import qiluvchi korxonalardan xorijiy valyuta xarid qilinganligi, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bandning ikkinchi xatboshidan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining litsenziyalariga ega bo‘lgan korxonalar tomonidan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3-banddan “Markaziy bank litsenziyalariga ega bo‘lgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7-banddagi “ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xalq iste’mol tovarlari va dori-darmonlar” so‘zlari “iste’mol tovarlari, shu jumladan dori-darmonlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
32-banddan so‘ng quyidagi mazmundagi band qo‘shilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
35-band va 37-bandning to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
33 va 34-bandlar tegishli ravishda 34 va 35-bandlar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi