Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.07.2021
Hujjat 29.07.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan 927–XII-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sud va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi nizomga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan 164–II-sonli Qarori tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 12-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 134-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 1 va 2-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3) 3-modda “oliy yuridik ma’lumoti” degan so‘zlardan keyin “yoki boshqa oliy ma’lumoti” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 4, 5 va 6-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

1-darajali Davlat

adliya maslahatchisi

Kengash raisiga;


2-darajali Davlat

adliya maslahatchisi

Markaz direktoriga;


3-darajali Davlat

adliya maslahatchisi

Markaz direktorining o‘rinbosariga;


1-darajali adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Kotibiyati mudiriga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi boshqarmalari boshliqlariga, Kengash kotibiga, Departament direktoriga;


2-darajali adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining katta ekspertlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining bo‘lim boshliqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining, Oliy sudi raisining yordamchilariga, Kengashning yetakchi inspektorlariga va birinchi bo‘limi mudiriga, Markazning bo‘lim boshliqlariga, Departament direktorining o‘rinbosariga;


3-darajali adliya maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ekspertlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati kotibiyatining boshlig‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining bosh va katta konsultantlariga, Kengashning arxiv mudiriga va devonxona mudiriga, Markazning bosh va yetakchi konsultantlariga, Departamentning bo‘lim boshliqlariga, Departamentning hududiy bo‘limlari boshliqlariga;


1-darajali yurist

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining, iqtisodiy sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining bo‘lim boshliqlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining, iqtisodiy sudlarining bosh mutaxassislariga (bosh konsultantlariga), sudya katta yordamchilariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyasining katta yordamchilariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasining yordamchilariga, Markazning kadrlar bo‘yicha katta inspektoriga, Departamentning bosh mutaxassislariga, kadrlar bo‘yicha bosh inspektoriga
va yuriskonsultiga;


2-darajali yurist

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining, iqtisodiy sudlarining katta mutaxassislariga (katta konsultantlariga), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining, iqtisodiy va ma’muriy sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining devonxona mudirlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining malaka hay’atlari kotiblariga, Departament hududiy bo‘limlarining bosh mutaxassislariga;


3-darajali yurist

fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining sudya yordamchilariga, devonxona mudirlariga, tuman (shahar) ma’muriy sudlarining sudya yordamchilariga, hududiy harbiy sudlarning sudya yordamchilariga beriladi.

6) 7-moddadagi “Sudlarga va Markazga” degan so‘zlar “Sudlarga, Kengashga, Markazga, Departamentga va uning hududiy bo‘limlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 8-moddaning birinchi xatboshisidagi “Oliy xo‘jalik sudi raisi” degan so‘zlar “Kengash raisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 10-moddadagi “sud va Markaz” degan so‘zlar “sud, Kengash, Markaz, Departament va uning hududiy bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 11-moddadagi “sudlarda hamda Markazda” degan so‘zlar “sudlarda, Kengashda, Markazda, Departamentda va uning hududiy bo‘limlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 12-moddadagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Oliy sudi raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi tomonidan” degan so‘zlar “mansab darajasi berish huquqiga ega bo‘lgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 13-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
12) 14-moddadagi “sud va Markaz” degan so‘zlar “sud, Kengash, Markaz, Departament va uning hududiy bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi