Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 27.06.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 1551-moddasiga muvofiq aksiyalar O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlarining birja bozori (bundan fond birjasida aksiyalarni realizatsiya qilish mustasno) va uyushgan birjadan tashqari bozorida (bundan buyon matnda qimmatli qog‘ozlar bozori deb yuritiladi) realizatsiya qilinganda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining (bundan buyon matnda soliq deb yuritiladi) ortiqcha to‘langan summasini qaytarish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Soliqning ortiqcha to‘langan summasini qaytarish uchun aksiyalar sotuvchisi soliq agentining soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Soliqning ortiqcha to‘langan summasini qaytarish to‘g‘risidagi arizani (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) taqdim etadi.
9. Ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar, aksiyalar sotuvchisi tomonidan shaxsan yoki uning vakolatli shaxsi tomonidan taqdim etiladi. Ariza vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilganda, ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda ushbu vakolatli shaxs arizani taqdim etish uchun asos bo‘lgan ishonchnomani ham taqdim etadi.
10. Davlat soliq xizmati organi xodimi ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni ro‘yxat bo‘yicha qabul qiladi va hujjatlarni qabul qilib olish sanasi va ro‘yxati ko‘rsatilgan tilxatni topshiradi. Tilxat hujjatlar berilgan kunda topshirilishi kerak.
11. Agar arizaga ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan, shuningdek ariza tegishli tartibda to‘ldirilmagan bo‘lsa davlat soliq xizmati organi xodimi arizani qabul qilishni rad etadi.
17. Soliqning ortiqcha to‘langan summasi mazkur Nizomning 2-bobiga asosan soliq agenti tomondan hisoblangan va ushlab qolingan soliq summasi bilan mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq davlat soliq xizmati organi tomonidan hisoblangan soliq summasi o‘rtasidagi ijobiy farq asosida aniqlanadi.
arizada ko‘rsatilgan valyutada ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Soliqning ortiqcha to‘langan summasini qaytarish to‘g‘risidagi xulosani (bundan buyon matnda xulosa deb yuritiladi) rasmiylashtiradi va uni yuqori turuvchi soliq boshqarmasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan hollarda ham soliqning ortiqcha to‘langan summasini qaytarish milliy valyutada amalga oshiriladi. Bunda, soliqning ortiqcha to‘langan summasi ushlab qolingan soliqni vakolatli bankka realizatsiya qilish kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi