Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 27.06.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Ushbu Nizom “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni (keyingi o‘rinlarda terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslar deb ataladi) ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxslarga bir vaqtning o‘zida ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha yordamning ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan bir nechta turi (keyingi o‘rinlarda ijtimoiy reabilitatsiya bo‘yicha yordam berish deb ataladi) ko‘rsatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning yoki uning vakilining, shuningdek ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarning murojaati Idoralararo komissiya tomonidan besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilishi kerak.
13. Ushbu Nizomning 10 va 11-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilgan, shuningdek hujjatlarni rasmiylashtirishda noaniqliklar aniqlangan taqdirda Idoralararo komissiya ikki kun mobaynida murojaat qilgan shaxslardan yoki davlat organlari va boshqa tashkilotlardan yetishmayotgan hujjatlarni yoki aniqlangan noaniqliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab oladi.
Bunda Idoralararo komissiya terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsni yoki uning vakilini, shuningdek ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatda tegishli davlat organi va boshqa tashkilotni ham qabul qilingan qaror to‘g‘risida u qabul qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda Idoralararo komissiya tomonidan terrorchilik harakati oqibatida zarar ko‘rgan shaxsning yoki uning vakilining asoslangan va qonuniy talablarini qondirish yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi