Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida

ILOVA
Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi UMUMIY TEXNIK REGLAMENT

1-bob. Umumiy qoidalar

1-§. Maqsadlari va qo‘llanish sohasi

2-§. Terminlar va ta’riflar

2-bob. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar

1-§. Umumiy talablar

2-§. O‘ralgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar

3-§. Transport o‘ramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar

4-§. Oziq-ovqat mahsulotining nomini shakllantirishga qo‘yiladigan umumiy talablar

5-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotining tarkibini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar

6-§. Tamg‘alashda o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori ko‘rsatilishiga qo‘yiladigan umumiy talablar

7-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sanani ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar

8-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqliligi muddatini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar

9-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning, tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakolat berilgan shaxsning, import qiluvchining nomi va joylashgan joyini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar

10-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmatini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar

11-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotining farqlanuvchi belgilari to‘g‘risidagi axborotni ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar

12-§. Tamg‘alashni yetkazish usullariga qo‘yiladigan talablar

3-bob. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan unga qo‘yiladigan talablarning muvofiqligini ta’minlash

4-bob. O‘tish davri

5-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati

6-bob. Texnik reglament talablari buzilganligi uchun javobgarlik

Hujjat 19.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n ikki oy o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash choralarini ko‘rsin.
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlari keng xabardor qilinishini va tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasin.
21. Oziq-ovqat mahsulotida tarkibli komponent (2 va undan ortiq komponentlardan iborat) mavjud bo‘lganda oziq-ovqat mahsuloti tarkibidan Texnik reglamentning 20-bandi talablariga rioya qilingan holda bunday tarkibli komponent tarkibiga kiradigan barcha komponentlar ro‘yxati yoki tarkibli komponentga qavslarda kamayib borish tartibida ularning massa ulushi qo‘shimcha qilingan holda tarkibli komponent ko‘rsatiladi.
23. O‘zida oziq-ovqat mahsulotini ifodalaydigan komponentning nomi Texnik reglamentning 4-paragrafi talablariga muvofiq oziq-ovqat mahsuloti tarkibida ko‘rsatiladi.
Texnik reglamentga 1-ilovada* nazarda tutilgan komponentlarning nomlari oziq-ovqat mahsuloti tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari tegishli turlarining nomi ostida ko‘rsatilishi mumkin, agar bunday komponentlar nomi oziq-ovqat mahsulotining nomida foydalanilgan hollar bundan mustasno.
27. Texnik reglamentning 32-bandida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari quyidagilar komponentlarga tegishli bo‘lmaydi va oziq-ovqat mahsulotining tarkibida ko‘rsatilmaydi:
31. Iste’mol qilinishi allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki Texnik reglamentning 32-bandida ko‘rsatilgan kasalliklarning ayrim turlarida iste’mol qilish nojoiz bo‘lgan komponentlar (shu jumladan oziq-ovqat qo‘shimchalari, xushbo‘y hid beruvchilar), biologik faol qo‘shimchalar ularning miqdoridan qat’i nazar, oziq-ovqat mahsuloti tarkibida ko‘rsatiladi.
35. Agar Texnik reglamentning 32-bandida belgilangan komponentlardan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanilmagan, biroq ularning oziq-ovqat mahsulotida mavjudligi to‘liq istisno etilmagan hollarda bunday komponentlar mavjud bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumot bevosita oziq-ovqat mahsulotining tarkibi ko‘rsatilgandan keyin joylashtiriladi.
56. Tayyorlangan joyida o‘ralmagan oziq-ovqat mahsulotlari (chakana savdo tashkilotlari tomonidan iste’mol o‘ramiga o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotlari bundan mustasno) Texnik reglamentning 52-moddasida nazarda tutilgan tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) va yuridik shaxs yoki oziq-ovqat mahsulotlarini o‘rashni keyinchalik realizatsiya qilish yoki tadbirkorlikning boshqa subyekti buyurtmasi bo‘yicha u tayyorlangan joydan boshqa joyda o‘rashni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud bo‘lishi kerak.
68. Texnik reglamentning 65 — 67-bandlarida ko‘rsatilgan va iste’molchilarning ayrim toifalari uchun mo‘ljallangan o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda oziqlik qimmati ko‘rsatkichlarini ko‘rsatish uchun hisob-kitob iste’molchilarning ushbu toifasi uchun o‘rtacha sutkalik ehtiyoj bo‘yicha yuritiladi.
Qayd etilishi zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotining energetika qiymati (kaloriyaliligi) 3-jadvalga muvofiq asosiy oziq moddalarni oziq-ovqat mahsulotining energetika qiymatiga (kaloriyaliligiga) qayta hisoblab chiqish koeffitsiyentlaridan foydalangan holda aniqlanadi.
* Ilovaga 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
79. Texnik reglamentning 8-bandi a) — e)-kichik bandlarida va 31-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar ularni iste’mol o‘ramidan chiqarib tashlash qiyin bo‘lgan iste’mol o‘ramiga va (yoki) etiketkaga bosilishi kerak.
80. Texnik reglamentning 8-bandi j), z), i), k), l)-kichik bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar iste’mol o‘ramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) suqma varaqqa, va (yoki) har bir o‘rash birligiga joylashtiriladigan yoxud har bir o‘rash birligiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosilishi kerak.
81. Agar oziq-ovqat mahsuloti iste’mol o‘ramining katta yuzasi maydoni 10 kvadrat santimetrdan ortiq bo‘lmasa, Texnik reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar iste’mol o‘ramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) har bir iste’mol o‘ramiga, yoki har bir transport o‘ramiga joylashtiriladigan, yoxud har bir iste’mol o‘ramiga yoki har bir transport o‘ramiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosilishi kerak.
Texnik reglamentning 8 va 31-bandlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar iste’molchiga ushbu oziq-ovqat mahsulotini asosli tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan istalgan usul bilan (shu jumladan iste’mol o‘ramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) har bir o‘ralgan birlikka joylashtiriladigan yoki mahsulotning har bir o‘ram birligiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosish yo‘li bilan) iste’molchiga yetkaziladi.
83. Texnik reglamentning 8 va 31-bandlarida bevosita transport o‘ramiga joylashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek qadoqlash iste’molchi ishtirokida chakana savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan nazarda tutilgan ma’lumotlar iste’molchiga ushbu oziq-ovqat mahsulotini asosli tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan istalgan usul bilan yetkaziladi.
84. Texnik reglamentning 2-paragrafida nazarda tutilgan bevosita transport o‘ramiga joylashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash transport o‘ramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) har bir transport o‘ramiga joylashtiriladigan yoki har bir transport o‘ramiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosilishi, yoxud oziq-ovqat mahsulotiga ilova qilinadigan hujjatlarda mavjud bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi