Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Davlat soliq qo‘mitasining asosiy vazifalari

3-bob. Davlat soliq qo‘mitasining funksiyalari

4-bob. Davlat soliq qo‘mitasining huquqlari

5-bob. Davlat soliq qo‘mitasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi

6-bob. Moddiy ta’minot

7-bob. Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish

8-bob. Yakunlovchi qoida

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash

3-bob. Xizmatni o‘tash

4-bob. Mansabdor shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi

5-bob. Mansabdor shaxslarga maxsus unvonlar berish va ularni maxsus unvonlardan mahrum qilish tartibi

6 bob. Xizmatdan bo‘shatish

1-ILOVA
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining lavozim maoshlariga maxsus unvon uchun har oylik ustama haq MIQDORLARI

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining lavozim maoshlariga ko‘p yil xizmat qilganlik uchun har oylik ustama haq MIQDORLARI

3-ILOVA
2017-2021-yillarda davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ChORA-TADBIRLARI DASTURI

4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI

Hujjat 04.09.2017 05 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qarorini bajarish yuzasidan va davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Ushbu Nizom “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son va “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-avgustdagi PQ-3168-son qarorlariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat soliq qo‘mitasi deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
4. Davlat soliq qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzini undirishni belgilaydigan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning tashkillashtirilishini va qo‘llanishini ta’minlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
16) O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan holatlarda hujjatlarni, agar ular chet tilda tuzilgan bo‘lsa, notarial tasdiqlagan holda davlat tiliga tarjima qilishni talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan huquqlar belgilangan vakolatlar doirasida:
1 — 9, 17 — 19-kichik bandlari — davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga beriladi;
10 — 16-kichik bandlari — davlat soliq xizmati organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga beriladi.
13. Davlat soliq qo‘mitasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Nizom, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
inspektorlar tarkibi lavozimlari mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan vakolatlar berilmagan holda davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajaruvchi soliq xizmati xodimlari lavozimlari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida sanab o‘tilmagan mansabdor shaxslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari bo‘limlari boshliqlari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadilar.
Ushbu bandning birinchi — uchinchi xatboshilarda sanab o‘tilmagan mansabdor shaxslar tegishli davlat soliq xizmati organi rahbari tomonidan tayinlanadilar.
mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan bo‘shatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 1, 2 va 5-bandlari bo‘yicha bo‘shatilgan hollar bundan mustasno), shuningdek boshqa organ va tashkilotlardan obro‘sini to‘kadigan xatti-harakat sodir etganlik uchun bo‘shatilgan shaxslar davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar.
9. Davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinayotgan shaxslar shtatdagi lavozimga mehnat shartnomasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasi talablariga muvofiq uch oy sinov muddati bilan tayinlanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan shaxslar bundan mustasno.

Shtatdagi lavozim*

Maxsus unvon

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

Soliq xizmatining

bosh davlat maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

Soliq xizmatining

I darajali davlat

maslahatchisi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Soliq xizmatining

II darajali davlat

maslahatchisi

Bosh boshqarma boshlig‘i, mustaqil boshqarma boshlig‘i, ishlar boshqaruvchisi, Soliq akademiyasi prorektorlari, soliq kollejlari direktorlari

Soliq xizmatining

III darajali davlat

maslahatchisi

Soliq akademiyasi fakultetlari dekanlari, soliq kollejlari direktorlarining o‘rinbosarlari, bosh boshqarmada boshqarma boshlig‘i, mustaqil bo‘lim boshlig‘i, rais kotibiyati mudiri, rais yordamchisi, rais huzuridagi kotibiyat katta referenti, navbatchi qism boshlig‘i

Soliq xizmatining

I darajali maslahatchisi

Bosh boshqarma yoki boshqarma bo‘limi boshlig‘i, boshqarmada bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, raisning birinchi o‘rinbosari yordamchisi, Soliq akademiyasi fakulteti dekanining o‘rinbosari, davlat soliq bosh inspektori, bosh surishtiruvchi, tezkor xodim, shu’ba boshliqlari, bosh yuriskonsult, bosh iqtisodchi, bosh mutaxassis

Soliq xizmatining

II darajali maslahatchisi

Yetakchi mutaxassis, davlat soliq katta inspektori, navbatchi qism navbatchisi, katta surishtiruvchi, yetakchi buxgalter, Soliq akademiyasining kafedra mudirlari, professor va dotsentlari, Soliq akademiyasining axborot-resurs markazi direktori

Soliq xizmatining

III darajali maslahatchisi

Davlat soliq inspektori, I toifali mutaxassis, I toifali buxgalter, Soliq akademiyasi va soliq kollejlarining o‘qituvchilari, Soliq akademiyasining ilmiy kengashi kotibi

Soliq xizmatining

I darajali inspektori

Keyingi tahrirga qarang.

Shtatdagi lavozim*

Maxsus unvon

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari

Soliq xizmatining

III darajali davlat

maslahatchisi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshliqlari, viloyatlar markazlari shaharlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, 200 ming kishidan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, Toshkent shahridagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari

Soliq xizmatining

I darajali maslahatchisi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshliqlarining o‘rinbosarlari va mustaqil shu’balarning boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari mustaqil bo‘limlari va shu’balari boshli�lari, Toshkent shahridagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, viloyatlar markazlaridagi shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari o‘rinbosarlari,
200 ming kishidan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining bosh buxgalterlari, navbatchi qismlari boshliqlari

Soliq xizmatining

II darajali maslahatchisi

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshqarmalarining bo‘limdagi shu’ba boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq bosh inspektorlari, tezkor xodimlari, bosh mutaxassislari, bosh yuriskonsultlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari o‘rinbosarlari, davlat soliq inspeksiyalari bo‘limlari boshliqlari, bosh surishtiruvchilar

Soliq xizmatining

III darajali maslahatchisi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq katta inspektorlari, yetakchi mutaxassislari, navbatchi qism navbatchilari, davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq bosh inspektorlari, tezkor xodimlari, bosh mutaxassislari, bosh yuriskonsultlari, uchastka davlat soliq bosh inspektorlari, katta surishtiruvchilar

Soliq xizmatining

I darajali inspektori

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq inspektorlari, mutaxassislari, davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq katta inspektorlari, uchastka davlat soliq katta inspektorlari, surishtiruvchilar

Soliq xizmatining

II darajali inspektori

Davlat soliq inspeksiyalarining uchastka davlat soliq inspektorlari, yetakchi mutaxassislar

Soliq xizmatining

III darajali inspektori

Davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq inspektorlari, I darajali mutaxassislar

Soliq xizmatining

inspektori

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Sarf-xarajatlarning hisoblangan

summasi*
(mlrd so‘m)

Ajratiladigan mablag‘larni o‘zlashtirish hajmi va muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

Kapital qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash

1.

Davlat soliq xizmati hududiy organlarining ma’muriy binolarini rekonstruksiya qilish.**

(jami 11 ta obyekt, yiliga 2 ta obyektdan, shu jumladan 2017-yilda — Sirdaryo viloyati DSB va
Qo‘shrabod tumani DSI)

40,1

2017-yilda — 7,4 mlrd so‘m,

2018-yilda — 8,0 mlrd so‘m,

2019-yilda — 8,0 mlrd so‘m,

2020-yilda — 8,2 mlrd so‘m,

2021-yilda — 8,5 mlrd so‘m

Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari deb ataladi)

DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Davlat soliq qo‘mitasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish.**

(xodimlar uchun xizmat turar joyi sifatida yotoqxona binosi, fuqarolarni qabul qilish binosi va isitish qozonxonasi)

4,0

2017-yil oxirigacha

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, manfaatdor vazirlikla� va idoralar

3.

Davlat soliq xizmati hududiy organlarining ma’muriy binolarini kapital ta’mirlash.**

(Jami 68 ta obyekt, har yili 13 tadan obyekt
hisobida)

49,7

2017-yilda — 9,2 mlrd so‘m,

2018-yilda — 9,5 mlrd.so‘m,

2019-yilda — 10,5 mlrd so‘m,

2020-yilda — 10,0 mlrd so‘m,

2021-yilda — 10,5 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Hududiy davlat soliq boshqarmalari va tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari uchun xizmat uy-joylari qurish.

(DSB uchun 13 ta uy;

DSI uchun 182 ta uy)

35,6

2017-yilda — 18,0 mlrd so‘m,

2018-yilda — 17,6 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash

5.

Formali kiyim-bosh tikish.

(davlat soliq xizmati organlari asosiy xodimlarining 12131 shtat birliklari uchun),

(50 foiz Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan
va 50 foiz DSQning budjetdan tashqari maxsus
jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan)

15,7

2017-yilda — 5,0 mlrd so‘m,

2018-yilda — 2,8 mlrd so‘m,

2018-yilda — 7,9 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

Respublika budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi, DSQ, manfaatdor vazirliklar va idoralar

6.

Hududiy soliq organlari uchun mebel sotib olish.

(yiliga 3 ta DSB va 36 ta DSI uchun)

12,9

2017-yilda — 1,2 mlrd so‘m,

2018-yilda — 2,4 mlrd so‘m,

2019-yilda — 3,0 mlrd so‘m,

2020-yilda — 3,0 mlrd so‘m,

2021-yilda — 3,3 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, SSP,

O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi

7.

Xizmat avtomashinalarini xarid qilish.

(jami 69 ta avtomashina)

5,5

2017-yilda — 0,3 mlrd so‘m,

2018-yilda — 0,3 mlrd so‘m,

2019-yilda — 0,3 mlrd so‘m,

2020-yilda — 4,3 mlrd so‘m,

2021-yilda — 0,3 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, Moliya vazirligi, “O‘zavtosanoat” AK

8.

Muqobil energiya manbalari — quyosh batareyalarini va energiya tejaydigan zamonaviy qozonxonalar o‘rnatish.

13,2

2017-yilda — 1,1 mlrd so‘m,

2018-yilda — 0,2 mlrd so‘m,

2019-yilda — 0,3 mlrd so‘m,

2020-yilda — 11,6 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish

9.

Axborot tizimlari va axborot resurslarini takomillashtirish.

(10 dasturiy mahsulot va 34 avtomatlashtirilgan axborot tizimi)

5,1

2018-yilda — 1,2 mlrd so‘m,

2019-yilda — 1,3 mlrd so‘m,

2020-yilda — 1,3 mlrd so‘m,

2021-yilda — 1,3 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasining uskunalari va serverlarini yangilash va ularning hisoblash quvvatini oshirish.

(server va boshqa hisoblash uskunalari majmuasi)

26,5

2019-yilda — 26,5 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.

Kompyuterlar va kommunikatsiya uskunalarini yangilash.

(2018-yilda 1176 ta kompyuter, 210 ta skaner va 1000 ta printer.

2020-yilda 1562 ta kompyuter.

2021-yilda 1562 ta kompyuter va 220 kommunikatsiya uskunalari to‘plami)

37,5

2018-yilda — 10,5 mlrd so‘m,

2020-yilda — 10,0 mlrd so‘m,

2021-yilda — 17,0 mlrd so‘m

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

12.

Davlat soliq qo‘mitasi o‘quv muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiya va AKTni joriy qilish.

30,0

har yili 6,0 mlrd. so‘mdan

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari

DSQ, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Soliq akademiyasi, Toshkent, Buxoro va Farg‘ona soliq kollejlari

Jami:

275,8

2017-yilda — 52,2 mlrd so‘m,

2018-yilda — 66,4 mlrd so‘m,

2019-yilda — 55,9 mlrd so‘m,

2020-yilda — 54,4 mlrd so‘m,

2021-yilda — 46,9 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari — 7,9 mlrd so‘m,

DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi mablag‘lari — 267,9 mlrd so‘m

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi va ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi