Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 28.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
yong‘in xavfsizligi inspektorlari — ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga binoan har chorak yakuni bo‘yicha bir lavozim maoshi miqdorigacha miqdorda bir yo‘la pul mukofoti bilan;
yong‘inlarni o‘chirish bo‘linmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilari — ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga binoan yil yakunlari bo‘yicha bir lavozim maoshigacha miqdorda bir yo‘la pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladilar.
3. Pul mukofoti bilan taqdirlash ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shartlar va mezonlarga muvofiq Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining yong‘in xavfsizligi inspektorlarini, shuningdek, yong‘inlarni o‘chirish bo‘linmalarining safdorlar tarkibi va xizmatchilarini baholash natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Faoliyatni baholash mezoni

Pul mukofoti bilan taqdirlash shartlari va toifalari

Buyruq qabul qilish
uchun asos

Yong‘in xavfsizligi inspektori

1.

Yil choragi yakunlari bo‘yicha xizmat faoliyatidagi yuqori natijalari, maxsus bilimlar va ko‘nikmalarni muntazam ravishda takomillashtirib borganligi uchun

Yil choragi yakuni bo‘yicha reyting ballari asosida1 va 2-toifa

Shahar, tuman va obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ining bildirgisi

2.

Biriktirilgan va boshqa xududlarda, obyektlarda, qurilmalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olganligi uchun

Sodir bo‘lganhar bir holat bo‘yicha — 1-toifa

Shahar, tuman va obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ining bildirgisi

3.

Sport musobaqalari va tanlovlarda yuqori natijalar ko‘rsatganligi uchun

Tadbirlar natijalari
bo‘yicha —
2-toifa

Shahar, tuman va obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ining bildirgisi

4.

Jinoyatchilarni ushlashda ishtirok etganligi, jinoyatlarning oldini olganligi uchun

Sodir bo‘lgan har bir holat bo‘yicha — 2-toifa

Shahar, tuman va obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ining bildirgisi

5.

Ommaviy tartibsizliklarning oldini olish va to‘xtatish bo‘yicha maxsus tadbirlarda faol ishtirok etganligi uchun

O‘tkaziladigan maxsus tadbirlar natijalari
bo‘yicha — 1-toifa

Shahar, tuman va obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ining bildirgisi

6.

Muhofaza qilinayotgan obyektlarda yong‘inlarning oldini olish va tugatish bo‘yicha ko‘ngilli yong‘in muhofazasi a’zolarini hamda ishchilar va xizmatchilarni o‘qitganlik (tayyorlaganlik) uchun

Mashg‘ulotlar va mashqlar natijalari
bo‘yicha — 2-toifa

Shahar, tuman va obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ining bildirgisi

Yong‘inlarni o‘chirish bo‘linmalarning safdorlar tarkibi va xizmatchilari

7.

Odamlarning sog‘lig‘i va xayotiga xavf solayotgan yong‘inlarda, tabiiy ofatlarda, favqulodda holatlarda va boshqa vaziyatlarda professionallikni, qahramonlik va mardlikni namoyon etganligi va odamlarni qutqarganligi uchun

Sodir bo‘lgan har bir holat bo‘yicha — 1-toifa

Shahar, tuman va obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ining bildirgisi

8.

Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini yong‘inlardan asrab qolish jarayonida jonbozlik ko‘rsatganligi uchun

Sodir bo‘lgan yong‘in natijalari
bo‘yicha —
2-toifa

Shahar, tuman va obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ining bildirgisi

9.

O‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirishda jonbozlik ko‘rsatganligi uchun

Sodir bo‘lgan yong‘in natijalari bo‘yicha —1-toifa

Shahar, tuman va obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ining bildirgisi

10.

O‘tkazilgan sport musobaqalarida, tanlovlarda, yong‘in-texnik amaliy mashg‘ulotlar va mashqlarda yuqori professionallik va malakaga ega ekanligini ko‘rsatganligi uchun

O‘tkazilgan tadbirlaryakuni bo‘yicha — 2-toifa

Shahar, tuman va obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ining bildirgisi

11.

Jinoyatchilarni ushlashda ishtirok etganligi, jinoyatlarning oldini olganligi uchun

Sodir bo‘lganhar bir holat bo‘yicha —2-toifa

Shahar, tuman va obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ining bildirgisi

12.

Ommaviy tartibsizliklarning oldini olish va to‘xtatish bo‘yicha maxsus tadbirlarida faol ishtirok etganligi uchun

O‘tkazilgan maxsus tadbirlar natijalari bo‘yicha — 1-toifa

Shahar, tuman va obyektlardagi yong‘in xavfsizligi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘ining bildirgisi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi