Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 28.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ichki ishlar organlarida harbiy-tibbiy ekspertiza va tibbiy guvohlantirish masalalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi hamda “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ushbu Nizomning 4-bandi “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish tegishli HTKlar tomonidan ushbu shaxslarda ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashga (xizmatni o‘tashni davom ettirishga) yoki ta’lim muassasalarida tahsil olishga (tahsil olishni davom ettirishga) to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlarning bor yoki yo‘qligini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
9. Ushbu Nizomning 4-bandi “d” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish ushbu shaxslarning kasallanishi, yaradorligi, kontuziyalari, jarohatlanishini urush harakatlarida ishtirok etishi natijasida orttirilganligi, ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashi, xizmat vazifasini bajarishi bilan bog‘liqligi yoki bog‘liq emasligi sabablarini aniqlash, shuningdek ulardagi tan jarohatlarining og‘irlik darajasini baholash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
10. Ushbu Nizomning 4-bandi “e” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish ichki ishlar organlari xodimlarining O‘zbekiston Respublikasining tabiiy iqlim sharoiti og‘ir va noqulay bo‘lgan hududlarida xizmatni o‘tashi munosabati bilan ushbu hududlarda ularning oila a’zolari yashashi uchun sog‘lig‘i bo‘yicha tibbiy zid ko‘rsatmalarning bor yoki yo‘qligi, shuningdek ushbu kichik bandda nazarda tutilgan shaxslarning uzoq muddat davolanishi hamda tibbiy kuzatuvda bo‘lishi zaruratini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
11. Ushbu Nizomning 4-bandi “a” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarning ambulator sharoitdagi tibbiy tekshiruvi tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda tibbiy tekshiruv natijalari rasmiylashtirilib, tegishli xulosa tibbiy tekshiruvdan o‘tgan shaxsga HTKga taqdim etish uchun beriladi.
12. Ushbu Nizomning 4-bandi “b” va “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarning statsionar yoki ambulator sharoitdagi tibbiy tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida yoki tegishli vazirlik va idoralarning davolash-profilaktika muassasalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
20. Ushbu Nizomning 4-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslarga rasmiylashtirilgan xizmatga yaroqlilik to‘g‘risidagi HTK dalolatnomasi, ular tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan kundan boshlab olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda, ushbu Nizomning 4-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslarga nisbatan esa bir yil muddatda amalda bo‘ladi.
Ushbu Nizomning 4-bandi “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarda HTK dalolatnomalarida belgilangan muddat ichida sog‘lig‘ida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berganligi aniqlanganda, ular takroriy harbiy-tibbiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.

1.

Yuqumli va parazitar kasalliklar.

2.

Nafas a’zolarining sil kasalligi.

3.

Boshqa a’zolar va tizimlarning sil kasalligi.

4.

Zaxm va asosan jinsiy yo‘l bilan yuqadigan, boshqa aniqlangan kasalliklar.

5.

Mikozlar.

6.

O‘smalar.

7.

Xavfli o‘smalar (limfa, qon yaratuvchi va ularga turdosh to‘qimalarning o‘smalari bundan istisno).

8.

Limfa, qon yaratuvchi va ularga turdosh to‘qimalarning xavfli o‘smalari.

9.

Xavfsiz o‘smalar (bosh va orqa miya o‘smalari bundan istisno), in situ o‘smalar.

10.

Qon, qon yaratuvchi a’zolarning kasalliklari va immun mexanizmini (tizimini) jalb qiluvchi alohida buzilishlar.

11.

Endokrin tizimining kasalliklari, oziqlanish va moddalar almashinuvining buzilishlari.

12.

Ruhiy va xulq-atvor buzilishlari.

13.

Organik ruhiy buzilishlar.

14.

Endogen psixozlar: shizofreniya, shizotipik buzilishlar, shizoaffektiv, vasvasali, o‘tkir va o‘tkinchi psixotik buzilishlar va affektiv buzilishlar (kayfiyat buzilishlari).

15.

Simptomatik va boshqa ekzogen etiologiyali ruhiy buzilishlar.

16.

Stress bilan bog‘liq nevrotik va somatik shakldagi buzilishlar.

17.

Shaxs buzilishlari.

18.

Ruhiyatga faol ta’sir etuvchi vositalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqqan ruhiy va xulq-atvor buzilishlari.

19.

Aqliy qoloqlik (zaiflik).

20.

Asab tizimi kasalliklari.

21.

Epilepsiya va epileptik tutqanoqlar.

22.

Markaziy asab tizimining yallig‘lanishlari, miyelinsizlantiruvchi kasalliklari va ularning asoratlari.

23.

Ko‘proq markaziy asab tizimini zararlovchi tizimli atrofiyalar, ekstrapiramidal, boshqa asab tizimining degenerativ kasalliklar, asab-mushak sinaps va mushak kasalliklari, bolalarning tserebral falaji, asab tizimining tug‘ma anomaliyalari (rivojlanishning nuqsonlari), bosh va orqa miya o‘smalari.

24.

Bosh va orqa miyalarning tomir kasalliklari.

25.

Bosh va orqa miya jarohatlanishlari va ularning asoratlari. Tashqi ta’sir omillaridan bo‘lgan markaziy asab tizimining zaralanishi asoratlari.

26.

Periferik nervlari kasalliklari.

27.

Periferik nervlar jarohati va asoratlari.

28.

O‘tkir kasallik, surunkali kasallikning hurujidan, jarohat va jarrohlik yo‘li bilan davolanishdan keyingi markaziy va periferik asab tizimlari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

29.

Qovoqlarning kasalliklari va shikastlanish oqibatlari.

30.

Kon’yunktiva, ko‘z yoshi yo‘llari, ko‘z kosasining kasalliklari, jarohatlar va kuyish oqibatlari.

31.

Ko‘zning sklerasi, shoh pardasi, tomirli pardasi, gavhari, shishasimon tanasi, to‘r pardasi, ko‘ruv nervining kasalliklari, jarohatlar va kuyishlarning asoratlari.

32.

Ko‘z to‘r pardasining ko‘chishi.

33.

Glaukoma.

34.

Ko‘z mushaklari kasalliklari, ikki ko‘zning hamkorlikda barobar ko‘rish faoliyatini buzilishi.

35.

Refraksiya va akkomodatsiyaning buzilishlari.

36.

Ko‘rlik, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, rang ajratish anomaliyalari.

37.

O‘tkir kasallik, surunkali kasallikning hurujlari, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi ko‘rish a’zolari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

38.

Quloq va so‘rg‘ichsimon o‘siqning kasalliklari.

39.

Tashqi quloq (shu jumladan tug‘ma) kasalliklari.

40.

O‘rta quloq va so‘rg‘ichsimon o‘siqning kasalliklari.

41.

Organizm vestibulyar qobiliyatining buzilishi.

42.

Karlik, karsoqovlik, eshitish qobiliyatining pasayishi.

43.

O‘tkir kasallik, surunkali kasallik hurujlari, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi qo‘loq va so‘rg‘ichsimon o‘siq faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

44.

Qon aylanish tizimi kasalliklari.

45.

Revmatizm, yurakning boshqa revmatik va revmatik bo‘lmagan (shu jumladan tug‘ma) kasalliklari.

46.

Gipertoniya (hafaqonlik) kasalligi.

47.

Yurakning ishemik kasalligi.

48.

Aorta, periferik yirik arteriya, vena va limfa tomirlari kasalliklari, rivojlanishning tug‘ma anomaliyalari va shikastlanishlar asoratlari.

49.

Gemorroy (bavosil).

50.

Neyrotsirkulyator asteniya.

51.

O‘tkir kasallik, surunkali kasallik huruji, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi qon aylanish tizimi faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

52.

Nafas a’zolari kasalliklari.

53.

Burun bo‘shlig‘i, burunniing yondosh bo‘shliqlari va hiqildoq kasalliklari.

54.

Hiqildoq va traxeyaning bo‘yin qismi kasalliklari va shikastlanishlari.

55.

Nafas olish a’zolarining boshqa kasalliklari (shu jumdan tug‘ma).

56.

Bronxial astma.

57.

O‘tkir kasallik, surunkali kasallik huruji, jarohat, jarrohlik amaliyotidan keyingi nafas a’zolari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

58.

Tishlarning rivojlanishi va chiqish ildizidagi buzilishlar, tishning qattiq to‘qimalari va yumshoq qismi kasalliklari.

59.

Periapikal to‘qimalar, milklar va parodont, so‘lak bezlari, og‘iz bo‘shlig‘i yumshoq to‘qimalari, tilning (shu jumladan tug‘ma) kasalliklari.

60.

Yuz-jag‘ anomaliyalari, nuqsonlari, shakl o‘zgarishlari, jarohat asoratlari, boshqa kasalliklar va tishlarning tayanch vositalaridagi o‘zgarishlar, jag‘larning kasalliklari.

61.

Qizilo‘ngach, ichaklarning (o‘n ikki barmoqli ichakdan tashqari)
va qorinpardaning (shu jumladan tug‘ma) kasalliklari.

62.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi.

63.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning boshqa kasalliklari, jigarning, o‘t qopining, o‘t ajratish yo‘llari va me’da osti bezining kasalliklari.

64.

Churralar.

65.

O‘tkir kasallik, surunkali kasalliklarining hurujlari yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

66.

Teri va teri osti qavati surunkali, tizimli kasalliklari.

67.

Terining va teri osti qavatining o‘tkir kasalliklari asoratlari
va surunkali kasalliklarining qaytalanishidan keyin faoliyatning buzilishi.

68.

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalarning kasalliklari.

69.

Yuqumli, yallig‘lanish, autoimmun va boshqa sabablardan kelib chiqqan artritlar va artropatiyalar, biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari.

70.

Suyaklar, yirik bo‘g‘imlar, tog‘aylarning jarrohlik kasalliklari
va zararlanishi.

71.

Umurtqaning kasalliklari va ularning asoratlari.

72.

Kaftning, barmoqlarning shakl o‘zgarishlari va umuman yo‘qligi.

73.

Yassioyoqlilik, oyoq panjasining boshqa shakl o‘zgarishlari
va barmoqlarining nuqsonlari.

74.

Oyoq-qo‘lning faoliyatini o‘zgartiruvchi va (yoki) xizmat kiyimlar,
oyoq kiyimlar kiyishni va kamarlar taqishni qiyinlashtiruvchi tug‘ma
va orttirilgan shakl o‘zgarishlari.

75.

Oyoq yoki qo‘lning yo‘qligi.

76.

Jinsiy va siydik chiqarish a’zolari kasalliklari.

77.

Buyraklarning surunkali kasalliklari.

78.

Buyrak va siydik toshi kasalligi.

79.

Siydik chiqarish yo‘llarida siydik chiqarishining buzilishi (gidronefroz), piyelonefrit (ikkilamchi), buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining boshqa kasalliklari, qovuqning yallig‘lanishi va boshqa kasalliklari, tanosil kasalliklariga aloqasi bo‘lmagan uretrit, siydik chiqarish yo‘lining torayishi va uning boshqa kasalliklari.

80.

Erkaklarning jinsiy a’zolari kasalliklari (shu jumladan tug‘ma bo‘lgan).

81.

Ayollarning jinsiy a’zolari surunkali yallig‘lanishlar bilan kechadigan kasalliklari.

82.

Endometrioz.

83.

Genital prolaps, siydikni tutaolmaslik, oqmalar, ayollar jinsiy a’zolarining boshqa yallig‘lanishsiz kechadigan kasalliklari (shu jumladan tug‘ma bo‘lgan).

84.

Hayz ko‘rish faoliyatining buzilishlari.

85.

O‘tkir kasallik, surunkali kasallikning huruji yoki jarrohlik ama�iyotidan keyingi siydik chiqarish va jinsiy a’zolarning faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

86.

Homiladorlik, tug‘ishdan keyingi davr va uning asoratlari.

87.

Jarohatlar, zaharlanishlar va boshqa tashqi omillar ta’siri oqibatlari.

88.

Bosh suyaklarining jarohat va jarrohlik amaliyotidan keyingi nuqsonlari.

89.

Umurtqa pog‘onasi, gavda, oyoq va qo‘llar suyaklari siniqlarining asoratlari (chanoq suyaklari, kurak, o‘mrov, to‘sh, qovurg‘alar, yelka, tirsak va bilak, son suyagi bo‘yinchasi va son, kichik va katta boldir, tizza qopqog‘i suyagi va boshqa suyaklarining siniqlari).

90.

Ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i, va chanoq ichki a’zolarining jarohatlari (jarohat tufayli yuzaga kelgan pnevmo- va gemotoraks, yurak, o‘pka, me’da ichak yo‘li, jigar, taloq, buyraklar, chanoq a’zolari, qorin bo‘shlig‘ining boshqa a’zolari jarohatlari, ko‘p tarmoqli og‘ir jarohatlar), yuqorida qayd etilgan a’zolarning kasalliklari tufayli o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlari asoratlari.

91.

Teri va teri osti qavati to‘qimalarining jarohatlari asoratlari.

92.

Dori, tibbiy va biologik vositalar bilan zaharlanish, tibbiyotga dahli bo‘lmagan moddalarning toksik ta’siri, tashqi omillarning ta’siri (radiatsiya, past yoki yuqori harorat va yorug‘lik, havoning yoki suvning ortiqcha bosimi va boshqalar).

93.

Suyak-mushak tizimining, biriktiruvchi to‘qimaning, teri va teri osti qavatining kasalliklaridan davolanishdan keyin, jarohatlar, zaharlanishlar va tashqi omillarning boshqa ta’sirlaridan keyingi faoliyatning vaqtincha buzilishlari.

94.

Jismoniy rivojlanish yetishmovchiligi.

95.

Siydik tutolmaslik (enurez).

96.

Nutqning buzilishi.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi