Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 08.06.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-sonli qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-sonli qarori bilan tasdiqlangan forma kiyimida yurish nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxati 4-bandining “Vazirlik, idora va tashkilot nomi” grafasidagi “Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi