Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 11.08.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat
xavfsizligini ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida
NAMUNAVIY ShARTNOMA

20____y. “___”___________

_____-son

_____________sh.

Ichki ishlar organining nomi _______________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________

(to‘liq nomi)

nomidan_________________________________________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

Nizom asosida faoliyat yurituvchi va keyingi o‘rinlarda Ijrochi deb ataladi, bir tomondan hamda _________________
________________________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________________________

(to‘liq nomi)

nomidan_________________________________________________________________________________________

(lavozimi, F.I.O.)

asosida faoliyat yurituvchi __________________________________________________________________________
(keyingi o‘rinlarda Buyurtmachi deb ataladi) ikkinchi tomondan, birgalikda Tomonlar deb ataladi, quyidagilar haqida ushbu Shartnomani tuzdi:

1. Shartnoma predmeti

1.1. Ijrochi javobgarlik hududlari va patrul yo‘nalishlarida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatadi, Buyurtmachi esa ushbu Shartnoma shartlariga asosan ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlaydi.

2. Umumiy shartlar

2.1. Buyurtmachi____________________________________________________________________________________

(xizmat turi, postlar soni, chegaralari, alohida xona, xizmat vaqti)

____________________________________________________________________________________

(obyektning to‘liq nomi, joylashgan manzili)

____________________________________________________________________________________

(keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) topshiradi, Ijrochi qabul qiladi.

2.2. Post va patrul yo‘nalishlari belgilangan holda, obyektning chegara hududlari (inshootlari, qurilmalari), javobgarlik hududlari ushbu shartnomaga ilova qilingan va uning ajralmas qismi hisoblangan reja-sxema va post hamda patrul yo‘nalishlari joylashgan joyda ko‘rsatiladi.
2.3. Obyektdagi o‘tkazish (kiritish) va ichki obyekt rejimi Tomonlar kelishuvi bo‘yicha ishlab chiqilgan va tasdiqlangan O‘tkazish (kiritish) va ichki obyekt rejimini tashkil etish va amalga oshirish yo‘riqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
2.4. Obyekt muhandislik-texnik va xavfsizlik tizimlari bilan Buyurtmachi tomonidan jihozlanadi.
2.5. Obyektda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun Buyurtmachi bilan kelishilgan holda, xizmat itlaridan foydalanish mumkin. Xizmat itlaridan foydalanish, ularni boqish, shu jumladan zarur oziq-ovqatlarni ajratish, veterinariya xizmatlari ko‘rsatish ichki ishlar organlarining normativ hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
2.6. Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati xodimlari ushbu Shartnoma imzolangandan so‘ng ____ ish kuni ichida obyektga jalb etiladi.

3. Narx va hisob-kitob tartibi

3.1. Ushbu Shartnoma bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi belgilangan tariflarga muvofiq quyidagicha hisoblanadi:
a) post-soat hisobida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash xizmati oyiga _______________ so‘m, 12 oyga ____________________ so‘m;
b) Ijrochi balansida turgan xizmat itini saqlash uchun oyiga______________ so‘m, 12 oyga ________________ so‘m.
3.2. Ijrochi xizmatlari narxi qonun hujjatlariga muvofiq ushbu xizmatlar turiga yangi tariflar tasdiqlangan hollarda qayta ko‘rib chiqiladi.
3.3. Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov Buyurtmachi tomonidan Ijrochining hisob raqamiga ushbu Shartnomada nazarda tutilgan oylik to‘lovning 100 foizini keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4.1. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
a) Ijrochidan O‘tkazish (kiritish) va ichki obyekt rejimini tashkil etish va amalga oshirish yo‘riqnomasiga rioya etishni talab qilish;
b) Ijrochi xodimlarining xizmatni o‘tashdagi kamchiliklar va qoidabuzarliklarini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishni talab qilish;
v) Ijrochi xizmatini tashkil qilish va amalga oshirilishini nazorat qilish;
g) Ijrochi tomonidan intizom buzilishining har bir holati bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish maqsadida Ijrochining vakili ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
d) Ijrochi tomonidan xizmatlar lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish.
4.2. Buyurtmachining majburiyatlari:
a) mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan 20___ yil “___” __________dagi ko‘zdan kechirish dalolatnomasiga asosan, obyektning muhandislik-texnik mustahkamligi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish va o‘z hisobidan PPX xodimlarining xizmat ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlash, shuningdek zaruratga qarab ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
b) Ijrochi bilan hamkorlikda har chorakda kamida bir marta obyektning muhandislik-texnik, yong‘inga qarshi, kommunikatsiya tizimlari va inshootlarining xavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechirish, zarur holatlarda aniqlangan kamchiliklarni Buyurtmachi tomonidan bartaraf etish muddatlari, Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibi ko‘rsatilgan holda Tomonlarning mas’ul vakillari imzosi bilan dalolatnoma tuzish;
v) obyektning muhandislik-texnik, yong‘inga qarshi, kommunikatsiya tizimlari va inshootlarining xavfsizlik talablariga javob berishiga rioya etish talablarini bajarish;
g) bino va inshootlarda rejalashtirilayotgan kapital ta’mirlash ishlari, obyektlarni qayta jihozlash, ularning ish rejimi va faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish, moddiy qimmatliklarni saqlash joyini o‘zgartirish yoki yangilarini tashkil etish, qo‘riqlanadigan joy yoki maydonlarni boshqa shaxslarga ijaraga berish, obyektni boshqa shaxsga mulk qilib berish, shuningdek tadbirlar o‘tkazish va buning natijasida xizmat o‘tash tartiblariga, post va patrul yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritish yoki xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha muhandislik-texnik vositalarni o‘rnatish talab etilishi haqida Ijrochini kamida ___________ kun oldin ogohlantirish;
d) Ijrochining obyektga xizmatga jalb etilgan x��dimlari soni, xizmatni tashkil etish tartibi, post va patrul yo‘nalishlari joylashgan joy, xavfsizlikni ta’minlovchi muhandislik-texnik vositalarni joylashtirish tizimlari, shuningdek obyektda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni begona shaxslarga oshkor qilmaslik;
e) Ijrochi vakillarini obyektda uning o‘z vazifalarini bajarishiga oid qismiga taalluqli ichki tartib va texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish.
4.3. Ijrochining huquqlari:
a) Buyurtmachidan obyektda o‘rnatilgan kirish-chiqish va ichki rejim tartibiga rioya qilinishini talab qilish;
b) obyektni ko‘zdan kechirish dalolatnomasi asosida, tatbiq etilishi zarur bo‘lgan xavfsizlikni ta’minlovchi muhandislik-texnik vositalar bilan obyektni jihozlash yuzasidan Buyurtmachiga tavsiyalar berish.
4.4. Ijrochining majburiyatlari:
a) shaxsiy tarkibning ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan zarur xodimlari sonini ajratish, post va patrul yo‘nalishlari joylashuviga muvofiq obyektga naryadlarni qo‘yish;
b) ushbu Shartnoma va uning ilovalariga muvofiq xodimlarning o‘z funksional vazifalarini lozim darajada bajarishlarini tashkil etish;
v) javobgarlik hududlarida patrullikni amalga oshirish, qo‘riqlanadigan obyektlarda jamoat tartibi va jamoat xavfsizligiga qarshi harakatlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni qo‘lga olishga qaratilgan choralarni amalga oshirish;
g) obyektni huquqbuzarliklardan himoya qilish, ushbu Shartnomaga muvofiq obyektda o‘rnatilgan kirish-chiqish va ichki rejim tartibini amalga oshirish, belgilangan tartibda obyektga tovar-moddiy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishini nazorat qilish;
d) obyekt hududiga fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi, muomalada bo‘lishi cheklangan (taqiqlangan) yoxud olib kirishga (chiqishga) Buyurtmachi ruxsati talab etiladigan predmet va buyumlarni ruxsatsiz olib kirish (chiqish)ning oldini olish va bartaraf etish;
e) obyektda yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalari va normalarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni olib borish;
j) favqulodda holatlar sodir bo‘lganda bu haqda zudlik bilan hududiy ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari hamda Buyurtmachi vakilini xabardor qilish, jinoiy harakatlarni bartaraf etishda ularga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish;
z) Buyurtmachi bilan hamkorlikda har chorakda kamida bir marotaba qo‘riqlanadigan obyektning muhandislik-texnik, yong‘inga qarshi, kommunikatsiya tizimlari va inshootlarining xavfsizlik hamda texnik mustahkamlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ularni ko‘zdan kechirish, zarur hollarda aniqlangan kamchiliklarni Buyurtmachi tomonidan bartaraf etish muddatlari, Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini ko‘rsatgan holda, Tomonlarning mas’ul vakillari imzosi bilan dalolatnoma tuzish;
i) Ijrochi tomonidan yo‘l qo‘yilgan majburiyatning har bir qoidabuzarlik holati yuzasidan Buyurtmachi va Ijrochining vakillari ishtirokida 2 nusxada dalolatnoma tuzish, bir nusxasini tegishli choralar ko‘rish uchun Ijrochi rahbariga taqdim etish;
k) favqulodda holatlar sodir bo‘lganda ichki ishlar organlarining maxsus bo‘linmalari va boshqa tegishli idoralar yetib kelguniga qadar jamoat tartibini saqlash, obyektni birlamchi to‘sib olish va qo‘riqlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
l) favqulodda holatlarda qo‘riqlanadigan obyektda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun evakuatsiya, qutqaruv va boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

5. Tomonlarning javobgarligi

5.1. Ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan summa Buyurtmachi tomonidan o‘z vaqtida to‘lanmaganda Buyurtmachi Ijrochiga har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lov summasining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi, bunda penyaning miqdori muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.
5.2. Ijrochining xodimi postlarda va patrul yo‘nalishlarida asossiz ravishda bo‘lmaganligi uchun Ijrochi Buyurtmachiga bir kunlik qo‘riqlash xizmati narxining 10 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
5.3. Ijrochi ushbu Shartnoma va uning ilovalarida ko‘rsatilgan majburiyatlarni tegishli darajada bajarmaganligi natijasida Buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
5.4. Mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilangan neustoykani (jarima, penya) to‘lash hamda zararni qoplash Tomonlarni Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.

6. Nizolarni hal etish

6.1. Ushbu Shartnomani tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishda yuzaga keladigan nizolar Buyurtmachi va Ijrochi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

7. Fors-major

7.1. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganligi uchun, agar bunday holat ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin va Tomonlar oqilona chora-tadbirlar bilan oldini ololmagan favqulodda tusdagi voqealar oqibatida paydo bo‘lgan bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchlar oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod etiladi.
7.2. Ushbu Shartnomada qayd etilgan vaziyatlar tufayli o‘z majburiyatini bajara olmaydigan Tomon mazkur bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchlar paydo bo‘lgan kundan boshlab ikki kun muddatda ikkinchi Tomonni bunday holat yuzaga kelgani, keyinchalik esa to‘xtatilgani haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
7.3. Fors-major holatlari va ularning oqibatlari uch oydan ortiq davom etsa, Ijrochi va Buyurtmachi Shartnomani davom ettirishning maqsadga muvofiqligini muhokama qiladi va agar bir oy muddat ichida o‘zaro kelishilgan qarorga kelmasa, har bir Tomonga hech qanday talablar qo‘ymasdan ushbu Shartnomani bekor qilish huquqi beriladi.

8. Yakunlovchi qoidalar

8.1. Ushbu Shartnoma qayd etilgan barcha kamchiliklar Buyurtmachi tomonidan bartaraf etilganligi to‘g‘risida ko‘zdan kechirish dalolatnomasi tuzilganidan so‘ng kuchga kiradi. Shartnoma tuzilgan vaqt uni Tomonlar imzolagan sana bilan belgilanadi.
8.2. Ushbu Shartnomaga kiritiladigan har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma shaklda tuzilib, Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi.
8.3. Shartnomaning amal qilish muddati Tomonlar uni imzolab, barcha majburiyatlarini to‘liq bajargandan so‘ng belgilanadi.
Agar Tomonlardan birortasi ushbu Shartnomaga amal qilish muddati tugagunga qadar 30 kun oldin uni to‘xtatish yoki bekor qilish haqida ma’lum qilmasa, Shartnoma shu muddat hamda shartlarga muvofiq uzaytiriladi.
8.4. Ushbu Shartnomani bekor qilishdan manfaatdor Tomon boshqa Tomonni istalgan muddatdan bir oy oldin bu haqda yozma ravishda xabardor qilishi shart.
8.5. Agar xavfsizlikni ta’minotining texnik vositalari Buyurtmachining aybi bilan ishdan chiqsa va zudlik bilan kapital ta’mirlashni talab qilsa, biroq Buyurtmachi mazkur kamchiliklarni bartaraf etishni rad etsa, Ijrochi 7 kun oldin Buyurtmachini yozma ravishda ogohlantirib, shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqlidir.
8.6. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan va bir xil yuridik kuchga ega.
8.7. Obyektning xususiyatidan kelib chiqib, Tomonlar ushbu Shartnomaga qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shimchalar kiritishga haqlidir.

9. Tomonlarning manzili va rekvizitlari

Ijrochi

Buyurtmachi

____________________________________
(to‘liq nomi)
Yuridik manzili:_____________________
___________________________________
Bank rekvizitlari: ___________________
___________________________________
MFO:______________________________
STIR:______________________________
XXTUT:_____________________________
___________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

____________________________________
(tashkilot nomi)
Yuridik manzili: _____________________
____________________________________
Bank rekvizitlari:_____________________
____________________________________
MFO: _______________________________
STIR: _______________________________
XXTUT:______________________________
____________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

_____________________________________
(imzo, muhr)

______________________________________
(imzo, muhr) (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi