Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 17.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-son qarorini bajarish yuzasidan, respublikaning ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyati tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy ustavga muvofiq ishlab chiqilgan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining yangilangan ustavlarini tasdiqlasin hamda vakolatli organlarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin;
2. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-son qarori asosida respublika davolash-profilaktika muassasasi negizida o‘z faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha davolash-profilaktika va ilmiy-uslubiy faoliyat olib boruvchi hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi mustaqil davlat tibbiyot tashkiloti sifatida tashkil etiladi.
5. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruqlariga, ushbu Namunaviy ustavga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (bundan ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslar mustasno), shuningdek chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga pulli asosda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (bundan ushbu bandning to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan shaxslar mustasno), shuningdek chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga pulli asosda;
ushbu Namunaviy ustavning 2-ilovasiga muvofiq poliklinikaning mavjud bemor o‘rinlari fondi va kontingentlarni qabul qilish quvvatining foiz nisbatida imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga bepul asosda, shu jumladan shoshilinch tartibda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Markaz tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga haq to‘lash;
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi