Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 23.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-12-son, 91-modda) 4-bandi birinchi va oltinchi xatboshilardagi “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi”, “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazining” va “Markazning” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori”, “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratorining” va “Yagona integratorning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28-dekabrdagi 282-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan “Axborot resurslarini yaratish, ekspertizadan o‘tkazish va “ZiyoNET” tarmog‘ining texnologik maydonchasida joylashtirish tartibi to‘g‘risida” nizomning 2-bandi ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish “O‘zinfokom” markazining” va “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish “O‘zinfokom” markazi” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratorining” va “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “O‘zinfokom” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “O‘zinfokom”” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ilovadagi “O‘zinfokom” markazi huzuridagi” so‘zlari “Yagona integrator” huzuridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga” so‘zlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamentiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-taxlil departamenti” va “Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga” so‘zlari tegishli ravishda “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamenti” va “Apparat boshqaruvchisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi” va “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga” so‘zlari tegishli ravishda “Apparat boshqaruvchisi” va “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamentiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi” va “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-taxlil departamenti” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” va “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13 va 14-bandlardagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
a) 4-bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
yigirmanchi xatboshidagi “5” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazining” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-taxlil departamenti” so‘zlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi va 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
nomidagi “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi 625-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 858-modda) bilan tasdiqlangan 2017-2019-yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur “Mas’ul ijrochilar” ustunining 1 va 35-pozitsiyalaridagi “Uzinfocom” Markazi” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi