Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 23.11.2017 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-son Farmonini hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek o‘simliklar karantini davlat xizmati tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 2-ilovaning 16-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
6-bandning yettinchi xatboshidagi “veterinariya, o‘simliklar karantini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi — yigirma yettinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — yigirma oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
20-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “naslchilik ishlari, veterinariya, o‘simliklar karantini sohasida” so‘zlari “naslchilik ishlari sohasida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori (QHT, 2011-y., 45-46-son, 478-modda) bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizom 6-bandi “v” kichik bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini davlat bosh inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi