Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 01.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
* 1 — 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 oktyarbdagi PQ-3345-sonli qarori bilan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi (Z.T. Mirzayev) — (keyingi o‘rinlarda — Respublika ishchi guruhi) ikki kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Hisob palatasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislaridan tarkib topgan, tasdiqlangan jadvallarga muvofiq 2017-2018-yillar qish-bahor davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini g‘amlash ishlarining borishini joylarga chiqib, tanqidiy o‘rganish bo‘yicha maxsus ishchi guruhini tashkil qilsin, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har o‘n kunda axborot taqdim etib tursin.
9. “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi (Z.O. Fayziyev), “O‘zbekoziqovqat-xolding” XK (T.A. Jalilov) aholini barqaror ta’minlash hamda ichki iste’mol bozorida narxlarning keskin o‘zgarib turishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-sonli qarori bilan tashkil qilingan Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga import qilish nazarda tutilgan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari (parranda go‘shti, kartoshka, shakar, o‘simlik moyi va hayvon yog‘i hamda boshqalar) o‘z vaqtida keltirilishi va sotilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3344-son qaroriga muvofiq, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tayyorlov korxonalari tomonidan dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish tartibini belgilab beradi.
4. Oldi-sotdi shartnomasi yetkazib beruvchi va tayyorlovchi o‘rtasida mazkur nizomga ilovadagi shaklga muvofiq shakldagi xarid dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi