Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2020
Hujjat 12.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari ajratish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-yanvardagi 16-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 4-son, 24-modda) 3-bandining birinchi xatboshidagi “Toshkent viloyatida yer uchastkalari ajratish belgilangan tartibda” so‘zlari “Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Toshkent, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida yer uchastkalari ajratish to‘g‘risidagi qaror” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-fevraldagi 45-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 8-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari ajratish amaliyotini o‘rganish komissiyasi tomonidan Toshkent viloyatida yer uchastkalari ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish haqidagi Nizom 1-bandining birinchi xatboshidagi “Toshkent viloyatida yer uchastkalari ajratish to‘g‘risidagi qaror” so‘zlari “Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Toshkent, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida yer uchastkalari ajratish to‘g‘risidagi qaror” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 22-bandidagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida” so‘zlari “Toshkent shahrida, shuningdek Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Toshkent, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun aholi punktlari tashqarisidan yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 20-bandining uchinchi xatboshidagi “Toshkent viloyatida yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar” so‘zlari “Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Toshkent, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 23-banddagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida” so‘zlari “Toshkent shahrida hamda Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Toshkent, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 48-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi