Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
2018-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida

ILOVA
2018-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish DASTURI

Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 22.02.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun ijodkorligi faoliyatini samarali rejalashtirish, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar Konsepsiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan qonun loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilishini ta’minlash, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Dastur ijrosining holati to‘g‘risidagi axborotning har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.

T/r

Qonun loyihasining ishchi nomi

Qonunni qabul qilish zarurligining asoslanishi va u qabul qilingan taqdirda kutiladigan natijalar

Qonun loyihasini

ishlab chiqish

bo‘yicha mas’ul

ijrochilar

Vazirlar

Mahkamasiga taqdim

etish muddatlari

Qonunchilik

palatasiga

kiritishning

taxminiy

muddati

Vazirlar

Mahkamasining mas’ul

ijrochilari

I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida nazarda tutilgan qonun loyihalari

1.

“Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining
168-bandida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 29-noyabrdagi
PF-5264-son Farmonining 7-bandida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmonining 31-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda unga investitsiyalarni keng jalb qilish, shu jumladan innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish, ularni yanada rivojlantirishni ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazani shakllantirishga qaratilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Fanlar akademiyasi

2018-yil

fevral

2018-yil

mart

Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy
va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti

2.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni bilan tasdiqlangan Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 11-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishga vakolatli muayyan organlarni nazarda tutuvchi, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlarini bajarish yuzasidan monitoring tartibi hamda jamoatchilik nazoratini takomillashtirishga qaratilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2018-yil

fevral

2018-yil

mart

Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya
va sport masalalari axborot-tahlil departamenti

3.

“Fan to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining
167-bandida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 29-noyabrdagi
PF-5264-son Farmonining 7-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi ilmiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qo‘llab-quvvatlash shakllarini belgilash, shuningdek ilmiy g‘oyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi

2018-yil

mart

2018-yil

aprel

Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti

4.

“O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning 1-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasida quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilgan:

arz qiluvchidan elektron hujjat, so‘rov, murojaatni qabul qilishni rad etganlik;

davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi hamda muddatlarini buzganlik;

arz qiluvchidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida nazarda tutilmagan hujjatlarni so‘rab olganlik;

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida vakolatli davlat organi va boshqa tashkilotning qonuniy talablarini (topshiriqlarini) bajarmaganlik.

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura, Oliy sud,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2018-yil

mart

2018-yil

aprel

Huquqiy
ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi

5.

“Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
10-oktabrdagi PQ–3318-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 4-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan qishloq xo‘jaligi m�hsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro kooperatsiya munosabatlarini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan.

Qishloq va
suv xo‘jaligi vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi

2018-yil

aprel

2018-yil

may

Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va
oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamenti

6.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”

Qonun loyihasini i�lab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 25-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

hokimning mahalliy hokimiyat vakillik organining rahbari sifatida maqomini bekor qilish va xalq deputatlari Kengashlarining kotibiyatini tuzish;

xalq deputatlari Kengashlarining ijro etuvchi hokimiyat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy bo‘linmalari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha roli va mas’uliyatini oshirish;

tegishli vakolatlarni hokimlarga bosqichma-bosqich o‘tkazish orqali hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kuchaytirish;

mahalliy vakillik organlarining nazorat borasidagi vakolatlarini yoritish.

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2018-yil

aprel

2018-yil

may

Hududlarni kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti

7.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 78-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

litsenziyalash talab qilinmaydigan tijorat tashkilotlari sifatida yuridik konsalting tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish;

soliq yukini maqbullashtirish maqsadida advokatlik tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov va advokatlardan undiriladigan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i stavkalarini kamaytirish;

advokatlarning davlat idoralari, korxona
va tashkilotlarda huquqiy maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga ruxsat berish.

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Advokatlar palatasi

2018-yil

aprel

2018-yil

may

Huquqiy
ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi

8.

“Davlat xizmati to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 10-bandida nazarda tutilgan.

�onun loyihasida davlat xizmati tizimini tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillari, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi, moddiy va ijtimoiy ta’minoti, davlat xizmatiga ishga o‘tish, xizmatni o‘tash va xizmatdan bo‘shash tartibi belgilanadi.

Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

2018-yil

iyun

2018-yil
iyul

Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti

9.

“Ta’lim to‘g‘risida”

(yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 172-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

ta’lim tizim���da amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari;

nodavlat ta’lim xizmatlarini tashkil etish
va faoliyatni litsenziyalash;

ta’lim tizimida davlat-xususiy sherikchilikning asosiy qoidalari va yo‘nalishlari;

ta’lim jarayonini zamonaviylashtirish.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi

2018-yil

iyul

2018-yil
avgust

Ta’lim, s�g‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya
va sport masalalari axborot-tahlil departamenti

10.

“Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 66-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

ma’muriy nazorat o‘rnatish zarurati jinoiy qilmishning va uni sodir etgan shaxsning real ijtimoiy xavfliligi mezonlariga asoslanishi;

qonun normalarini amaldagi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning tasnifiga moslashtirish nazarda tutiladi.

Ichki ishlar vazirligi,
Bosh prokuratura,
Adliya vazirligi

2018-yil

iyul

2018-yil
avgust

Huquqiy
ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi

11.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 143-bandida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni bilan tasdiqlangan Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish xamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 1-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari;

nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka tatbiq qilish;

davlat organlarining nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolatlari;

nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishi va ishga joylashishi tizimimni takomillashtirish;

nogironlikni belgilashda qo‘llanilayotgan usullarni tubdan takomillashtirish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi

2018-yil

iyul

2018-yil
avgust

Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya
va sport masalalari axborot-tahlil departamenti

12.

“Banklar va
bank faoliyati to‘g‘risida”

(yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 84-bandida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmo�ining 11-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi ilg‘or xorijiy tajriba, umume’tirof etilgan normalar va standartlarni chuqur o‘rganish, ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlarining tegishli ekspert xulosalari asosida banklar faoliyatini tartibga solishning amaldagi tizimini qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan.

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

tijorat banklari

2018-yil avgust

2018-yil
sentyabr

Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti

13.

“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”

(yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmonining 11-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi ilg‘or xorijiy tajriba, umume’tirof etilgan normalar va standartlarni chuqur o‘rganish, ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlarining tegishli ekspert xulosalari asosida Markaziy bank faoliyatini qayta ko‘rib chiqishga qaratilgan.

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi

2018-yil avgust

2018-yil
sentyabr

Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti

14.

“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”

(yangi tahrirda)

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 86-bandida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son Farmonining 8-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

havola qiluvchi me’yorlarni maksimal darajada qisqartirgan holda, valyuta operatsiyalarining amaliyotda uchraydigan barcha jihatlarini tartibga solish;

O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining barqarorligini ta’minlash;

yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqini to‘liq ro‘yobga chiqarish;

respublika iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish.

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Bosh prokuratura,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Adliya vazirligi

2018-yil sentyabr

2018-yil
oktyabr

Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti

15.

“Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 28-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi tijoratchi tashkilotlar — yuridik shaxslarni, banklarni, notijorat tashkilotlar — davlat organlari va muassasalarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yagona tartibini belgilashni nazarda tutiladi.

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi,
Davlat statistika qo‘mitasi,
Savdo-sanoat palatasi

2018-yil oktyabr

2018-yil
noyabr

Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti

16.

“Fuqarolik holati dalolatnomalari to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 67-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi er-xotinlar, bolalar, ota-onalar huquqlarini ta’minlash masalalari, fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatga olish tartibi va nikoh-oila munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2018-yil oktyabr

2018-yil
noyabr

Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi

17.

“Texnoparklar to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
1-noyabrdagi PQ–3365-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning 19-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi texnoparklarni tashkil etish va faoliyat yuritishning huquqiy asoslarini belgilash va takomillashtirishga qaratilgan.

Iqtisodiyot vazirligi,
Fanlar akademiyasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

2018-yil noyabr

2018-yil
dekabr

Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy
va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti

18.

“Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 57-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi shaxsiy va oilaviy sir daxlsizligiga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish, “Elektron hukumat” tizimi rivojlanishi munosabati bilan jismoniy shaxslarga oid ma’lumotlar bilan ishlash jarayonida ular oshkor qilinishining oldini olish choralarini belgilashga qaratilgan.

Davlat personallashtirish markazi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Adliya vazirligi

2018-yil noyabr

2018-yil
dekabr

Axborot
tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti

19.

“Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbe�iston Respublikasini riv��lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 180-bandida nazarda tutilgan.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

uy-joy mulkdorlari shirkatlari sohasidagi davlat boshqaruvini qayta ko‘rib chiqish;

uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish;

uy-joy mulkdorlari shirkatlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan mexanizmlari tatbiq etish.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,
Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank

2018-yil noyabr

2018-yil
dekabr

Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari
axborot-tahlil departamenti

II. Mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi organlarining tashabbuslari va takliflari asosida ishlab chiqiladigan qonun loyihalari

20.

“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”

Qonun loyihasi quyidagilarni nazard� tutadi:

elektron hujjatlar rekvizitlarining haqqoniyligini tasdiqlovchi uchinchi tomonning ishonchli xizmatini, jumladan, elektron raqamli imzo va uning sertifikatlarini elektron to‘lov varaqasi berish bilan kiritish;

elektron raqamli imzo egasi shuningdek yuridik shaxslarni aniqlash imkoniyatlarini kengaytirish;

elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini tashkil etish;

elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini qog‘oz shaklda berilishini bekor qilish;

elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarida jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlarini majburiy ko‘rsatish;

Qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasida elektron hujjatlar va elektron raqamli imzolardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarning tartibga solishdagi kamchiliklar va bo‘shliqlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

2018-yil aprel

2018-yil
may

Axborot
tizimlari v� telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti

21.

“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”

Qonun loyihasini ishlab chiqilishi aholini, xususan talabalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Loyiha fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarini oliy ta’lim muassasasida turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun to‘lovga yo‘naltirganda soliq imtiyozlari (soliq to‘lashdan ozod etish) berilishini nazarda tutadi.

Qonunning qabul qilinishi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash bilan to‘lovning qo‘shimcha manbalarini shakllantirishni ta’minlaydi, ta’lim olishda aholining imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Davlat soliq qo‘mitasi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

2018-yil

may

2018-yil
iyun

Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti

22.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining eng kam miqdoriga bo‘lgan talabni ekvivalentda
400 ming AQSh dollaridan 400 mln so‘mga kamaytirish;

aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida chet ellik investorlar ulushi kamida 15 foizni tashkil etishi lozim bo‘lgan tartibni bekor qilish;

aksiyadorlik jamiyatlariga aksiyalarni nominal qiymat bilan yoki nominal qiymatsiz chiqarishni mustaqil tanlash huquqini berish;

Qonunning qabul qilinishi respublikada tadbirkorlik muhitini yaxshilashga, milliy fond bozori raqobatbardoshligini oshirishga, keng ko‘lamda tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan loyihalarga aholi va institutsional (portfelli) investorlarning bo‘sh turgan mablag‘larini jalb etish imkonini yaratadi.

Davlat raqobat qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

2018-yil

iyun

2018-yil
avgust

Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy
va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti

23.

“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”

Qonun loyihasi uyushgan bozorlarda, ayniqsa fond birjasi va qimmatli qog‘ozlarning uyushgan birjadan tashqari bozorida emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishning eng kam miqdoriga bo‘lgan talabni bekor qilishga yo‘naltirilgan.

Aksiyalarning va boshqa emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini amalga oshgan deb e’tirof etish uchun ularni uyushgan bozorlarda joylashtirishning eng kam miqdoriga bo‘lgan talabni bekor qilinishi tashkilotlarga fond birjalari orqali investitsiyalarni erkin jalb qilishda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, qimmatli qog‘ozlarning ishonchliligi borasida investorlarning ishonchini oshiradi, shuningdek qimmatli qog‘ozni saqlovchilarning pul mablag‘larini yo‘qotishlaridan himoya qiladi.

Davlat raqobat qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi

Markaziy bank

2018-yil avgust

2018-yil
sentyabr

Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy
va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti

24.

“Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
15-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”

Qonun loyihasi mamlakatda ishbilarmonlik muhitini va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Qonun loyihasi yakka tartibdagi tadbirkorlarga moliyaviy iste’mol kreditlari hisobiga o‘z mahsulotlarini sotish imkoniyatini belgilashni nazarda tutadi.

Qonunning qabul qilinishi yakka tartibdagi tadbirkorlarga teng sharoitlar yaratish, shuningdek, xo‘jalik munosabatlarida ularning ishtiroki uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.

Markaziy bank,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat bojxona qo‘mitasi

2018-yil sentyabr

2018-yil
oktyabr

Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi