T/r | Tadbirning nomi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbasi | Mas’ul ijrochilar |
I. Futbol sohasida iste’dodli sportchi yoshlarni tanlab olish (seleksiya) faoliyati samaradorligini oshirish va o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonini sifatli tashkil qilish |
1. | Mahallada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasidagi faoliyat natijasiga ko‘ra, fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari –yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarni moddiy rag‘batlantirish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish | 2018-yil may | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi (Sh. Javlonov), Yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (U. Axmatdjanov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
2. | Har bir hududda futbol bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari negizida bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalarini, shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida “Bunyodkor” stadioniga joylashtiriladigan Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini tashkil qilish | 2018-yil iyul | ijrochilar mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), Xalq ta’limi vazirligi (U. Inoyatov), “O‘zbekneftgaz” AJ (A. Sultanov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
3. | Futbol bo‘linmalari bo‘lgan bolalar va o‘smirlar sport maktablariga ishga qabul qilinadigan futbol bo‘yicha trenerlar nomzodlarini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan majburiy kelishish tartibini ishlab chiqish va joriy etish | 2018-yil iyul | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
4. | Innovatsion ilmiy-metodik ishlanmalar va ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olgan holda ayollar futboli, plyaj futboli va futzal (mini-futbol) bo‘yicha tayyorgarlik dasturini ishlab chiqish | 2018-yil iyul | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
5. | Innovatsion ilmiy-metodik ishlanmalar va ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olgan holda futbol bo‘yicha seleksionerlarni tayyorlash va malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish | 2018-yil sentyabr | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti |
6. | Futbol bo‘yicha sport ta’lim muassasalarida o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tashkil qilishning samaradorligini monitoring qilish tizimini joriy etish | 2018-yil oktyabr | ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti |
7. | Futbol bo‘yicha seleksionerlarni moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish | 2018-yil noyabr | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
8. | Futbol bo‘yicha professional futbol klublari va milliy terma jamoalar uchun zaxirani samarali tayyorlashni ta’minlash maqsadida ilmiy-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash | 2019-yil fevral | ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti |
9. | Iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) maqsadida sport ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida futbol musobaqalarini tizimli tashkil qilish | taqvim rejaga muvofiq | mahalliy budjet, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
10 | Mashhur mahalliy va xorijiy futbolchilar, trenerlarni jalb qilgan holda yosh futbolchilar uchun futbol bo‘yicha festivallar va master-klasslar o‘tkazish | taqvim rejaga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
11. | Iqtidorli futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) maqsadida umum ta’lim maktablari o‘quvchilari, akademik litsey, professional ta’lim muassasasi o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida futbol musobaqalarini tashkil etish | taqvim rejaga muvofiq | mahalliy budjet, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
12. | Yoshlar, ayniqsa ularning uyushmagan qismi o‘rtasida tanlab olish (seleksiya)ni amalga oshirish maqsadida “Charm to‘p” turnirlari va boshqa musobaqalarni tizimli asosda o‘tkazish | taqvim rejaga muvofiq | mahalliy budjet, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) |
II. Trenerlar, hakamlar va futbol sohasidagi boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish |
14. | Futbol bo‘yicha hududiy texnik direktorlar lavozimlariga xorijiy mutaxassislarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish | 2018-yil iyul | — | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
15. | Futbol bo‘yicha hududiy texnik direktorlar lavozimlarini to‘ldirish uchun xorijiy mutaxassislardan nomzodlarni tanlab olishni tashkil etish | har yili | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
16. | O‘zbekiston Respublikasida futbol bo‘yicha trenerlik ta’limi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish | 2018-yil mart | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
17. | Malakali trener kadrlarni tayyorlash maqsadida futbol bo‘yicha trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan shaxslar uchun joylarda trenerlik kurslarini o‘tkazish | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalari talabnomalariga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
18. | Osiyo futbol konfederatsiyasining “V” va “A” diplomlari dasturi bo‘yicha xalqaro trenerlik kurslarini o‘tkazish | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalari talabnomalariga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
19. | FIFA va AFC instruktorlarini jalb qilgan holda Osiyo futbol konfederatsiyasining “PRO” dasturi bo‘yicha xalqaro trenerlik kurslarini o‘tkazish | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalari talabnomalariga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
20. | FIFA va AFC instruktorlarini jalb qilgan holda Osiyo futbol konfederatsiyasining boshqa dasturlari bo‘yicha (ayollar futboli, futzal (mini futbol), plyaj futboli, darvozabonlar va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha trenerlar) xalqaro trenerlik kurslarini o‘tkazish. | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalari talabnomalariga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
21. | FIFA, UEFA va OFK mutaxassislarini jalb qilgan holda trenerlik ta’limi bo‘yicha instruktorlarni tayyorlash yuzasidan ixtisos�ashtirilgan kurslarni o‘tkazish | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ish rejalari doirasida | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov) |
22. | Futbolning turli yo‘nalishlari (futzal (mini futbol) va plyaj futboli) bo‘yicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislar uchun FIFAning ixtisoslashtirilgan seminarlarini tashkil etish va o‘tkazish | har yili | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
23. | Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini (stajirovkasini) tashkil etish | reja-jadvalga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
24. | Yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda futbol bo‘yicha fao�iyat yuritayotgan trenerlar va hakamlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish | reja-jadvalga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
25. | O‘zbekiston Respublikasida futbol bo‘yicha hakamlarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish | 2018-yil mart | – | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
26. | Hakamlarni tayyorlash bo‘yicha instruktorlar uchun FIFAning ixtisoslashtirilgan kurslarini tashkil etish va o‘tkazish | har yili | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
27. | Har yili futbolchilar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb masalalari yuzasidan yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda futbol bo‘yicha ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferentsiyalar o‘tkazish | reja-jadvalga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
28. | FIFA, UEFA va AFCning trenerlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi xorijiy markazlarida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillarining stajirovkasini tashkil etish | reja-jadvalga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
III. 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasidagi saralash turnirlarida ishtirok etish uchun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining sifatli va samarali tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash |
29. | Istiqbolli futbolchilarni jalb qilgan holda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangilangan tarkibini shakllantirish va tasdiqlash | 2018-yil dekabr | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (U. Axmatdjanov) |
30. | Futbol bo‘yicha milliy terma jamoaning jahondagi yetakchi futbol jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini tizimli asosda tashkil etish | 2018 — 2022-yillar davomida | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
31. | Futbol infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda o‘quv-mashq yig‘inlarini tashkil etish | 2018 — 2022-yillar davomida | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
32. | Futbol bo‘yicha milliy terma jamoa futbolchilari uchun chet tillarni o‘rganish kurslarini tashkil etish | reja-jadvalga muvofiq | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
IV. Futbolni rivojlantirishning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini takomillashtirish |
33. | Mahallalarda futbol maydonlari qurilishini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida qurilishini nazarda tutuvchi “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturini ishlab chiqish | 2018-yil may | ijrochilar va homiylar mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Sh. Israilov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
34. | “Bunyodkor” stadionini barcha bino va inshootlari majmuasi bilan birga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining balansiga o‘tkazishni ta’minlash | 2018-yil may | — | Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (R. Gulyamov), Toshkent shahar hokimligi (R. Usmanov), “O‘zbekneftgaz” AJ (A. Sultanov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), vazirlik va idoralar |
35. | Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasini tashkil etish | 2019-yil iyun | ijrochilar va hom�ylar mablag‘lari | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (K. Akmalov), Toshkent viloyat hokimligi (G. Ibragimov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov), O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi (U. Axmatdjanov) |
37. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida sun’iy qoplamali zamonaviy futbol stadioni qurish | 2020-yil may | mahalliy budjet, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (K. Akmalov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
38. | Surxondaryo viloyati Termiz shahrida zamonaviy futbol stadioni qurish | 2021-yil mart | mahalliy budjet, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (K. Akmalov), Surxondaryo viloyati hokimligi (E. Turdimov), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
39. | Sirdaryo viloyati Guliston shahrida zamonaviy futbol stadioni qurish | 2022-yil fevral | mahalliy budjet, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi v� homiylar mablag‘lari | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (K. Akmalov), Sirdaryo viloyat hokimligi (G. Mirzayev), O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
40. | Futzal (mini-futbol) bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish uchun asbob-uskuna va texnologiyalar bilan jihozlangan zamonaviy sport zallari tarmog‘ini qurish | 2022-yil dekabr | mahalliy budjet, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
41. | Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati ishtirokchilari — professional futbol klublari stadionlarini zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq rekonstruksiya qilish | 2022-yil dekabr | mahalliy budjet, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |
42. | Har bir hududda plyaj futboli bilan shug‘ullanish uchun qumli maydonchalarni qurish | 2022-yil dekabr | mahalliy budjet, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiylar mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Ramatov) |