Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 26.03.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturini o‘z vaqtida va sifatli ijro etish, shuningdek, davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda shaffoflikni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, davlat mulki obyektlarini sotish tartibotlarini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Mas’ul bajaruvchilar

I. Normativ-huquqiy bazani ta’minlash

1.

Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish.

2018-yil 20-aprel

Davlat raqobat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

II. Elektron savdolarni o‘tkazish bo‘yicha dasturiy kompleksni joriy etish

2.

“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasining dasturiy kompleksi bilan uyg‘unlashtirilgan tegishli dasturiy modullarni yaratish yuzasidan texnik topshiriqni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2018-yil 15-aprel

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK,

Davlat raqobat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.

Ko‘chmas mulk davlat obyektlarini va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushlarini sotish, shuningdek, jismoniy shaxslar va nodavlat tashkilotlari tomonidan davlat mulki bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlarini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida sotish yuzasidan onlayn-auksionlar o‘tkazish uchun tegishli dasturiy modullarni ishlab chiqish.

2018-yil 10-may

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi

4.

Davlat mulkini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida ijaraga berish yuzasidan onlayn-auksionlar o‘tkazish uchun tegishli dasturiy modullarni ishlab chiqish.

2018-yil 1-iyun

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi

5.

Ko‘chmas mulk davlat obyektlarini va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushlarini sotish, shuningdek, Davlat mulkini “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida ijaraga berish yuzasidan onlayn-auksionlar o‘tkazish uchun dasturiy modullarni ularning axborot xavfsizligi talablariga va elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish.

Dasturiy modullarni ishlab chiqish yakunlari bo‘yicha bir oy muddatda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

6.

Elektron savdolar o‘tkazish yuzasidan elektron xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK bilan shartnoma tuzish.

2018-yil 15-aprel

Davlat raqobat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi

7.

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan elektron savdolar natijalari asosida hamda ularning samaradorligi tahlilini hisobga olgan holda butun respublika bo‘yicha davlat aktivlarini elektron savdolar orqali sotish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi takliflar kiritish.

2018-yil 1-oktabr

Davlat raqobat qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

III. Davlat mulki obyektlarini elektron savdolarga qo‘yish

8.

Ko‘chmas mulk obyektlarini, shu jumladan “nol” xarid qiymati bo‘yicha, shuningdek, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondidagi davlat ulushlarini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yish.

2018-yil 10-may

Davlat raqobat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

9.

Ijaraga beriladigan davlat mulkini “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yish.

2018-yil 1-iyul

Davlat raqobat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK

10.

Toshkent viloyatida davlat aktivlarini sotish va ijaraga berish yuzasidan onlayn-auksionlarda ishtirok etish imkoniyatlarini ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida yoritish.

2018-yil aprel — avgust

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Toshkent viloyati hokimligi

Keyingi tahrirga qarang.
1. 12-bandning sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi