Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 17.11.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xayriya hamda boshqa jamg‘armalar va jamiyatlarga* (bundan keyin notijorat tashkilotlar deb ataladi), shuningdek ular tomonidan tashkil qilingan korxonalar va boshqa shu’ba tuzilmalariga nisbatan “Davlat budjetiga soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berishni tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 26-iyuldagi PF-2343-son Farmonini amalga oshirish mexanizmini belgilaydi.
2. Yuqorida qayd etilgan Farmonning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq, Bojxona kodekslarida va “Boj tarifi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan soliqlar, yig‘imlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarga qo‘shimcha belgilangan imtiyozlar notijorat tashkilotlarga, ular tomonidan tashkil qilingan korxonalarga hamda boshqa tuzilmalarga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Olib kelingan tovarlardan mazkur Nizomning 3.1-kichik bandida nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanilganda, yoxud keyinchalik tovarlar besh yil mobaynida haqi to‘langan holda sotilganda O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishda bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilingan tovarlar qiymatidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan miqdorlarda penya qo‘shilgan va jazolar qo‘llanilgan holda, bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanada amalda bo‘lgan barcha bojxona to‘lovlari undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 32-moddasida nazarda tutilgan hollarda Prezidentning alohida farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan notijorat tashkilotlarning mulki bo‘lgan korxonalar uchun daromad (foyda)dan olinadigan soliq yuzasidan soliq solinadigan baza ushbu notijorat tashkilotlarning ustavda qayd etilgan faoliyatini amalga oshirishga yo‘naltiriladigan daromad (foyda)dan ajratmalar miqdoriga kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Notijorat tashkilotlar hamda ular tomonidan tashkil etilgan korxonalar va boshqa tuzilmalar tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Soliq, Bojxona kodekslarida va “Boj tarifi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan soliqlar, yig‘imlar va bojxona to‘lovlari undirish tartibi tatbiq etiladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi