Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

ILOVA
Baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish bo‘yicha 2018 — 2022-yillarga mo‘ljallangan “YO‘L XARITASI”

Hujjat 27.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun mas’ullar

1.

Mustaqillik bayramining 27 yilligi arafasida respublikada faoliyat yuritayotgan baxshilar ijodini tarannum etadigan “Mustaqillik baxshilari” kitob-albomini chop etish.

2018-yil avgust

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Matbuot va axborot agentligi

2.

Chekka, olis hududlardagi baxshi-shoir, oqin, jirovlardan doston, terma, aytimlarni yozib olish uchun Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markaziga zamonaviy raqamli audio va video uskunalar xarid qilish.

2018-yil dekabr

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

3.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo, viloyatlaridagi sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan maskanlarda doston va terma ijrochilik san’atini targ‘ib etishga qaratilgan 20 daqiqalik ko‘ngilochar tadbirlar hamda do‘mbira, chanqovuz, sibizg‘a, bo‘lamon, sopol nay, qo‘biz, qo‘shnay kabi o‘zbek milliy qadim cholg‘u asboblari va baxshichilik san’atiga oid adabiyotlar ko‘rgazmasini tashkil etish.

2018-yil maydan boshlab muntazam ravishda

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyat hokimliklari,

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

4.

Joylardagi mahallalar, madaniyat va aholi dam olish markazlari, istirohat bog‘lari, ta’lim muassasalari hamda san’at saroylarida “Doston” kechalari va taniqli baxshi-shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish.

2018 — 2022-yillar har oyda bir marta

Ijrochilarning madaniy tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari

5.

2018/2019 o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo, viloyatlaridagi ayrim bolalar musiqa va san’at maktablari qoshida baxshichilik va dostonchilik yo‘nalishi bo‘yicha ochiladigan sinflar uchun o‘quv reja va dasturlar asosida uslubiy qo‘llanmalar chop etish hamda media ilovalar va ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlash.

2019 — 2022-yillar

Madaniyat vazirligiga budjetdan ajratilgan mablag‘lar, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari, hududiy madaniyat hamda moliya boshqarmalari

6.

O‘zbekiston xalq baxshilari haqida qisqa va asosiy ma’lumotlarni to‘plab, ularning portretlarini tayyorlash va joylardagi 312 ta bolalar musiqa va san’at maktablariga yetkazish.

2019 — 2022-yillar

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Matbuot va axborot agentligi

7.

Taniqli baxshilar ishtirokida baxshichilik san’ati durdonasi hisoblangan “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Kuntug‘mish” “Avazxon”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Tohir va Zuhra” kabi dostonlar haqida teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni muntazam ravishda tayyorlab borish va efirga uzatish.

2018-yil may oyidan boshlab muntazam ravishda

Ijrochilar mablaѓlari

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

8.

Baxshichilik san’ati, dostonlar va xalq termalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalq og‘zaki ijodi yodgorliklarini to‘plash va nashr etish.

muntazam ravishda

Ijrochilar mablag‘lari

Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Madaniyat vazirligi, Matbuot va axborot agentligi

9.

O‘zbek baxshichilik san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli baxshi-shoirlarning xotira kechalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatlarini keng targ‘ib ќilish.

muntazam ravishda

Ijrochilar mablag‘lari hamda homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari

10.

Xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallar, davlat tadbirlari hamda xorij davlatlarida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyat kunlarida baxshi-shoirlarning ishtirokini ta’minlash.

2018 — 2022-yillar

Tadbirlar xarajatlari smetasi doirasida

Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

11.

Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining kutubxona fondini milliy-ma’naviy ќadriyatlarimiz, madaniyatimiz, folklor, an’anaviy ќo‘shiќchilik hamda baxshichilik san’ati yo‘nalishiga doir chop etilgan yangi adabiyotlar bilan boyitish.

muntazam ravishda

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamѓarmasi

12.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi baxshichilik yo‘nalishi mavjud bolalar musiqa va san’at maktablarining baxshichilik san’atidan saboq berayotgan mutaxassislari malakasini oshirib borish.

2019-yil oktyabrdan boshlab muntazam ravishda

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

13.

O‘zbek baxshichilik san’atining taniqli namoyandalari faoliyati va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film yaratish.

2019-yil noyabr

“O‘zbekkino” Milliy agentligiga budjetdan ajratilgan mablag‘lar

Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi