Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 11.08.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son qarorini bajarish, O‘zbekiston Respublikasi aholisini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat hamkori uch kun muddatda nomzodga ushbu nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi davlat-xususiy sheriklik shartnomasi loyihasini yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida
NAMUNAVIY ShARTNOMA

________________________________________________№ ____20___ y. “____ “ ______________.

(shartnoma tuzilgan joy)

Keyingi o‘rinlarda “Davlat tomonidan sherik” deb ataluvchi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi nomidan vazir ______________________

(F.I.O)

bir tomondan va keyingi o‘rinlarda “Xususiy sherik” deb ataluvchi ________________________________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning nomi)

nomidan ____________________________ ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:

(F.I.O)


I. Shartnoma predmeti

1.1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat-xususiy sherikchilik uchun nomzodni tanlash bo‘yicha komissiyasi 20 __ yil “____”__________dagi ___- son qaroriga asosan Xususiy sherikka tasdiqlangan dislokatsiyaga muvofiq, davlat mulki bo‘lgan bino (xonalar) beg‘araz foydalanish uchun topshiriladi.
Davlat tomonidan sherik ______________________________________da joylashgan

(bino joylashgan manzil)

foydali maydoni ____ kv.m. bo‘lgan bino (xonalar)ni 20 ___ yil “___”________dan boshlab ___ yil muddatga topshiradi, Xususiy sherik esa qabul qiladi.
1.2. Bino (xonalar) ijtimoiy dorixona (uning filiali) sifatida faoliyat yuritilishi uchun topshiriladi.
1.3. Topshirilayotgan bino (xona) tavsifi:
joylashgan joyi _______________________
xonalar soni _____________.
Sanitariya-texnik holati:
suv ta’minoti _____________;
elektr ta’minoti _______________;
havo almashinishi ______________;
yorug‘lik ta’minoti ______________;
issiqlik tizimi _______________;
kanalizatsiya tizimi ______________.


II. Binoni (xonalarni) foydalanishga berish va undan foydalanish shartlari

2.1. Binodan (xonadan) ushbu Shartnomaning 1.2.-bandida belgilangan maqsadlarda foydalanilishi kerak.
2.2. Bino (xonalar) qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida topshiriladi.
2.3 Bino (xonalar)ni topshirish va ulardan foydalanishning boshqa shartlari. ________________________________________________________________________________________________


III. Davlat tomonidan sherikning huquq va majburiyatlari

3.1. Davlat tomonidan sherik quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritish;
xususiy sherik tomonidan ushbu Shartnoma shartlari buzilgan holatlarda uni bekor qilishni talab etish;
xususiy sherik tomonidan ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
Davlat tomonidan sherik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
3.2. Davlat tomonidan sherik�ing majburiyatlari:
ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq holatdagi bino (xonalar)ning belgilangan muddatlarda topshirilishini ta’minlash;
davlat va ijtimoiy maqsadlarda bino (xonalar)ni qaytarib olishda xususiy sherik xarajatlarini, shu jumladan yo‘qotilgan foydani qoplash;
elektr energiyasi, suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiyadan foydalanish, texnik va maishiy chiqindilarni chiqarib tashlash bo‘yicha xarajatlar to‘lanishini ta’minlash;
ayrim toifadagi bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish bo‘yicha xarajatlarning qoplanishini ta’minlash.
Davlat tomonidan sherik qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga boshqa majburiyatlarni ham oladi.


IV. Xususiy sherikning huquq va majburiyatlari

4.1. Xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega:
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish orqali tijorat faoliyatini mustaqil ravishda yuritish;
qo‘llash va realizatsiya qilish uchun tegishli hujjatlari mavjud bo‘lgan holatlarda sanitariya-gigiyena buyumlari, dorivor ozuqalar, mineral suvlar, shuningdek, davolash-kosmetologiya mahsulotlari, biologik faol qo‘shimchalar realizatsiyasini amalga oshirish;
ta’mirlash va boshqa texnik ishlarni belgilangan tartibda o‘tkazish;
davlat tomonidan sherikning ushbu Shartnoma shartlari buzilgan holatlarda uni bekor qilishni talab etish.
Xususiy sherik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
4.2. Xususiy sherikning majburiyatlari:
dorixona assortimentiga kiruvchi, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlarning savdoda doimiy bo‘lishini ta’minlash;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan to‘liq narxdagi dori vositalarining retsept asosida berilishini, ayrim toifadagi bemorlarga esa — qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli asosda berilishini ta’minlash;
ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatiga kirmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni davlat-xususiy-sherik�ilik to‘g‘risidagi shartlarga muvofiq, davlat tomonidan sherik belgilagan savdo ustamasidan oshmagan ustama narxlarda realizatsiya qilishni amalga oshirish;
aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni ijtimoiy ?orixona va uning filiallari orqali, shuningdek, respublikaning qishloq vrachlik punktlari mavjud bo‘lmagan chekka, tog‘li hududlardagi aholisiga maxsus ixtisoslashtirilgan avtotransport orqali yetkazib berish yo‘li bilan realizatsiya qilish;
bino (xonalar)dan qat’iy maqsadli ravishda foydalanish;
binolarni (xonalarni) sanitariya-gigiyenik me’yorlarga mos ravishda saqlash;
muhandislik kommunikatsiyalarini ish holatida saqlash;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq saqlanishi bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
tovar-moddiy boyliklarning harakati bo‘yicha hisob va hisobot hujjatlarini, shu jumladan belgilangan tartibda, elektron ravishda yuritish hamda hisobotlarni belgilangan shaklda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish qoidalariga, shu jumladan dori vositalarining imtiyozli asosda berilishiga rioya etish;
sog‘liqni saqlash tashkilotlariga ijtimoiy dorixonada amalda mavjud bo‘lgan va vaqtincha mavjud bo‘lmagan, ambulatoriyada davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari haqida ma’lumot taqdim etish;
iste’molchilardan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori vositalarining nojo‘ya ta’siri yoki samarasizligi hamda qalbakilashtirilgan, sifatsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni aniqlash holatlari haqida Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qilish va ularning tarqalishiga chek qo‘yish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni qabul qilish va saqlash haqida aholiga bepul axborot berish va konsultativ yordam ko‘rsatish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni belgilangan tartibda saqlash va yo‘q qilishni amalga oshirish;
ijtimoiy dorixona mijozlariga dorixona assortimentiga kiruvchi ijtimoiy dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati va ularning narxi haqida axborot berish;
giyohvand vositalar va psixotrop moddalarning qonunda belgilangan tartibda saqlanishini va realizatsiya qilinishini ta’minlash;
ijtimoiy dorixonalarga qo‘yilgan sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya etish;
davlat tomonidan sherikka yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash.
Xususiy sherik qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga boshqa majburiyatlarni ham oladi.


V. Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda uni bekor qilish tartibi

5.1. Ushbu Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda uni bekor qilish tomonlar kelishuvi yoki sud qarori asosida amalga oshiriladi.
5.2. Ushbu Shartnoma quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:
Xususiy sherikning tugatilishi, shu jumladan bankrotlik haqidagi qonunchilikka muvofiq uning iqtisodiy jihatdan to‘lovga layoqatsizligi;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziya amal qilishining tugatilishi;
ushbu Shartnomaning 4.2- bandi talablariga rioya etmaslik;
bino (xonalar)dan foydalanishni ixtiyoriy ravishda rad etish;
bino (xonalar)dan boshqa maqsadlarda foydalanish;
belgilangan tartibda davlat va jamoat maqsadlari uchun bino(xonalar)ni qaytarib olish.
Shartnoma qonunchilikda belgilangan boshqa holatlarda ham bekor qilinishi mumkin.


VI. Tomonlarning mas’uliyati

6.1. Tomonlardan biri ushbu Shartnoma shartlarini bajarmagan yoki muntazam ravishda qonunchilik talablarini buzgan holatlarda ikkinchi tomon qonunchilikda belgilangan tartibda Shartnomani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.
6.2. Belgilangan muddatlarda bartaraf etilgan har qanday qoida buzilishi Shartnomaning bekor qilinishiga olib kelmaydi.
6.3. Ushbu Shartnomani bekor qilishda bir Tomon ikkinchi Tomonni bekor qilish mo‘ljallangan sanadan uch oy oldin, Shartnomani bekor qilish sabablarini asoslagan holda, yozma ravishda xabardor qiladi.


VII. Nizolarni hal etish

7.1. Ushbu Shartnomani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.


VIII. Shartnomaning alohida shartlari


8.1. Ushbu bo‘limda mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan va qonunchilikka zid bo‘lmagan shartlar ko‘rsatiladi.


IX.Yakunlovchi qoida

9.1. Ushbu shartnoma ikkala Tomon imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.


Tomonlarning rekvizitlari:

Davlat tomonidan sherik:
_______________________
_______________________
_______________________

Xususiy sherik:
_______________________
_______________________
_______________________


Tomonlarning imzolari

Davlat tomonidan sherik:
_______________________
_______________________
Imzo o‘rni
________________

Xususiy sherik:
_______________________
_______________________
Imzo o‘r�i
__________________

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi