Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 18.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining (keyingi o‘rinlarda Hisob palatasi deb ataladi) o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlari ma’lumotlar bazasidan foydalanishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Ushbu qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018 — 2020-yillar mobaynida o‘zlarining ma’lumotlar bazasini shakllantirsinlar, shuningdek, ularni Hisob palatasi real vaqt rejimida foydalanishi uchun Elektron hukumatning ma’lumotlar uzatish idoralararo tarmog‘iga ulasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Hisob palatasi bilan kelishgan holda, ushbu qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ularni Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulash jadvalini tasdiqlash uchun uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining, ularning ma’lumotlar bazasidan Hisob palatasi real vaqt rejimida foydalanishi uchun Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulanishini ikki hafta muddatda ta’minlasin;
2018-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda Hisob palatasi ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlaridan axborot olish maqsadida ma’lumotlar ayirboshlashning dasturiy ta’minotini ishlab chiqsin va foydalanishga topshirsin, shuningdek, zaruriyatga ko‘ra, elektron hisobot ma’lumotlari shakllanishini hisobga olgan holda uning yanada takomillashtirilishini ta’minlasin;
6. Ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga:
ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazasidan foydalanish tartibi Hisob palatasi tomonidan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

1.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

6.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

7.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi

8.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

9.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

10.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

11.

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

12.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmn� rivojlantirish davlat qo‘mitasi

13.

O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

14.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

15.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya davlat qo‘mitasi

16.

O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi

17.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi

18.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi

19.

“Toshkent” Respublika fond birjasi” AJ

20.

“O‘zbekkino” milliy agentligi

21.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

22.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK

23.

“O‘zbekneftgaz” AJ

24.

“Navoiy KMK” DK

25.

“Olmaliq KMK” AJ

26.

“O‘zavtosanoat” AJ

27.

“O‘zqurilishmateriallari” AJ

28.

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK

29.

“O‘zkimyosanoat” AJ

30.

“O‘zdonmahsulot” AJ

31.

“O‘zsharobsanoat” AJ

32.

“O‘zdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasi

33.

“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksini yaratishga doir tashkiliy tadbirlar

1.

Soliq solinadigan bazani, soliq to‘lovchilarning to‘liq qamrab olinishini baholash uchun tahliliy jadvallarni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksiga kiritish uchun Hisob palatasiga taqdim etish

Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining qo‘shma buyrug‘i

2018 yil may

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining soliq organlari va davlat boshqa organlari hamda tashkilotlarining ma’lumotlar bazasini taqqoslash yo‘li bilan soliq solinadigan bazani, soliq to‘lovchilarning to‘liq qamrab olinishini real vaqt rejimida baholashni ta’minlovchi dasturiy kompleksini yaratishga doir texnik topshiriqni tayyorlash

Texnik topshiriqni tasdiqlash

2018-yil may

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Hisob palatasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va davlat boshqa organlari

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksini ishlab chiqish va joriy etish

3.

O‘zbekiston �espublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksini ishlab chiqish va uning samarali ishlashini ta’minlash uchun moddiy-texnik ta’minot bo‘yicha ishlar (xizmatlar) qiymatini belgilash

Budjetni tasdiqlash

2018-yil iyun

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashuvchi dasturiy kompleksining asosiy vazifalarini ishlab chiqish

Texnik topshiriqni amalga oshirish

texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Hisob palatasi

5.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksini joriy etish va xodimlarini o‘qitish

Texnik topshiriqni amalga oshirish

texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Hisob palatasi

6.

Davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazasini O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksi bilan integratsiyalash

Hisob palatasining farmoyishi

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Hisob palatasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va davlat boshqa organlari


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi